2. Moliya organlarida davlat byudjeti ijrosi bo’yicha hisobotlar nazorati Moliya organlari belgilangan tartibda buxgalteriya hisobi ma’lumotlari asosida Davlat byudjeti ijrosi
to’g’risidagi hisobotlar tuziladi. Bunda O’zbekiston Respublikasi moliya vazirligi buyrug’i bilan tasdiqlangan
shakllarda va muddatlarda Davlat byudjeti ijrosi to’g’risidagi hisobotlar tuzadi va taqdim etadi.
Belgilangan tartibda moliya organlari byudjet ijrosi bo’yicha oylik, choraklik va yillik buxgalteriya
hisobotlarini tuzadi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi va mahalliy byudjetlar ijrosi bo’yicha oylik hisobot shaklida
byudjetning daromadlari va xarajatlari ijrosi to’g’risidagi asosiy ko’rsatkichlar beriladi. Oylik hisobotda
daromadlar byudjet tasnifi bo’yicha aks ettirilib, aniqlangan reja, bajarilishi, bajarilishi foizda va farqi aks
ettiriladi. Hisobotda byudjet xarajatlari ham byudjet tasnifi bo’yicha aks ettirilib, unda aniqlangan reja, kassa
xarajatlari, qabul qilingan yuridik majburiyatlar, moliyaviy majburiyatlar hamda bajarilishi foizda
ko’rsatiladi va farqi aks ettiriladi. Ushbu hisobotda byudjet Davlat maqsadli jamg’armalari, boshqa
byudjetdan tashqari jamg’armalar mablag’larning hududiy g’azna schyotlaridagi, g’azna tranzit
schyotlaridagi qoldiqlari aks ettiriladi.
Byudjet ijrosi to’g’risidagi yig’ma oylik hisobotlar tegishli moliya organlari tomonidan o’zlari ijro
etayotgan byudjet ijrosi to’g’risidagi hisobot ma’lumotlariga quyi byudjetlarning ijrosi to’g’risidagi
hisobot ma’lumotlarini ham qo’shish yo’li bilan tuziladi.
Moliya organlari choraklik hisobotni tegishli shakllarda o’sib boruvchi yakun bo’yicha tuzadi.
Moliya organlarida byudjet ijrosi to’g’risidagi choraklik hisoboti tarkibiga quyidagilar kiradi:
1. Byudjet ijrosi to’g’risidagi balans;
2. Daromadlar;
3. Xarajatlar;
4. O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti xarajatlarning byudjet tasnifi bo’yicha kassa va
xaqiqiy xarajatlarning taqsimlanishi;
5. Byudjet tashkilotlarining tarmoqlari bo’yicha shtatlar va kontingentlari rejasining bajarilishi
to’g’risida hisobot;
6. Maqsadli mablag’lar hisobidan amalga oshirilgan xarajatlar to’g’risida ma’lumot.
Moliya organlari choraklik hisobotlar tarkibida yuqoridagilardan tashqari tasarrufidagi byudjet
tashkilotlari bo’yicha quyidagi yig’ma hisobotlarni ham taqdim etadi:
1.
Balans;
2.
Xarajatldar smetasining ijrosi haqida hisobot;
3.
Debitorlik va kreditorlik qarzdorlik xaqida ma’lumot;
4.
Byudjetdan tashqari rivojlantirish jamg’armasi pul mablag’lari harakati to’g’risida hisobot;
5.
Tibbiyot muassasalarini moddiy rag’batlantirish va rivojlantirish jamg’armasi pul mablag’lari
harakati to’g’risida hisobot;
6.
Ta’lim muassasalarini o’qitishni to’lov-kontrakt shaklidan tushgan mablag’lari harakati
to’g’risida hisobot;
7.
Boshqa byudjetdan tashqari mablag’lar harakati to’g’risida hisobot.
Byudjet ijrosi to’g’risidagi balans moliya organlari tomonidan Bosh-jurnal daftari va aylanma
qaydnomalar asosida tuziladi. Byudjet ijrosi to’g’risidagi balansning aktiv qismi 5 - bo’limdan iborat bo’lib,
pul mablag’lari, xarajatlar, berilgan ssudalar, hisob-kitoblar va o’tkazilgan mablag’lar bo’limlari tashkil
etadi. Byudjet ijrosi to’g’risidagi balansning passiv qismi 5 - bo’limdan iborat bo’lib, daromadlar, olingan
ssudalar, hisob-kitoblar, olingan mablag’lar va natijalar bo’limlari tashkil etadi.
Bosh-jurnal daftaridagi sintetik schyotlar qoldig’i balansdagi ko’rsatkichlar bilan bir xil bo’ladi.
Byudjet ijrosi to’g’risidagi choraklik hisobotning Daromadlar qismida byudjet tasnifi bo’yicha
rejalashtirilgan daromadlar summalari hamda ularni bajarilishi aks ettiriladi.