17-Mavzu: Moliya organlari hamda g’aznachilik bo’linmalarida nazorat va
taftish natijalarini umumlashtirish hamda amalga oshirish
Reja:
1.
Nazorat taftish natijalarini umumlashtirish
2.
Davlat moliyaviy nazorati natijalarini rasmiylashtirish
3.
Moliyaviy nazorat ob’ekti mansabdor shaxslarining huquq va majburiyatlari
1.
Nazorat taftish natijalarini umumlashtirish
Moliya organlari hamda g’aznachilik bo’linmalarida tekshirish natijalarini
umumlashtirishda tekshirishni turi va xususiyati inobatga olinadi. Tekshirishni
turiga binoan uning natijalari quyidagi shakllarda umumlashtirilishi mumkin:
Umumuslubiy –
7.
taftish – dalolatnoma, axborotnoma;
8.
audit –auditorlik xulosasi va auditorlik hisoboti;
9.
tahlil – ma’umotnoma.
Xajmiga binoan –
9.
to’la yoki qisman tekshirilganda-dalolatnoma yoki ma’lumotnoma;
10.
kompleks tekshirilganda
dalolatnoma;
11.
aniq mavzu (ob’ekt) bo’yicha-ma’lumotnoma, xulosa yoki dalolatnoma;
12.
tanlov asosida – dalolatnoma yoki tahliliy xulosa;
Dalolatnoma.
Moliya organlari hamda g’aznachilik bo’linmalarida asosiy
tekshirish usuli – kompleks taftish hisoblanadi. Bunday tekshirish yuqori organ
tomonidan
rejalashtiriladi
va
uning
natijalari
dalolatnoma
yordamida
rasmiylashtiriladi. Dalolatnomalar boshqa umumlashtiruvchi xujjatlardan farq qilib
yuridik xujjat bo’lganligi
tufayli ikki tomonlama, ya’ni taftish guruhi raxbari va
tekshirilayotgan organ raxbari hamda bosh hisobchi tomonidan imzolanadi.
Tekshirilayotgan organ raxbari va bosh hisobchisi tekshirish dalolatnomasi
ma’lumotlariga e’tiroz bildirsa, u holda o’z e’tirozlarini
yozma ravishda
qonunchilikda belgilangan muddatda taqdim etib dalolatnomani imzolashi kerak.
Tekshiruv jarayonida katta miqdorda aniqlangan kamomadlar yoki boshqa
jinoiy xarakterga ega bo’lgan hato va kamchiliklar aniqlansa oraliq dalolatnomasi
tuziladi hamda tekshirish belgilagan tashkilot qaroriga asosan huquqni himoya
qilish organlariga oshiriladi.
Tekshirilayotgan organ raxbariyati aniqlangan hato va kamchiliklar bo’yicha
taftish yakunlanishiga qadar ularni bartaraf qilish yuzasidan chora-tadbirlar amalga
oshirishi kerak.
Tekshirish dalolatnomasi tuzilmasini shakllantirishda idoraviy yo’riqnomalar
va tashkilotni tarmoq xususiyatlari inobatga olinadi. Dalolatnoma kirish va asosiy
qismdan iborat bo’ladi. Dalolatnomaning kirish qismida taftishning xususiyati,
dalolatnoma
tuzilgan joy va sana, uni belgilagan tashkilot xaqida qisqacha izoh,
taftish guruhining tarkibi, taftish davri, tekshirish ob’ekti
xaqida qisqacha
ma’lumot, tekshirilayotgan tashkilotda birinchi va ikkinchi imzo huquqiga ega
bo’lgan shaxslar ko’rsatiladi. Bundan tashqari, kirish qismida kassa va bank
operatsiyalaridan tashqari operatsiyalarni tanlab olib
tekshirilganligi xaqidagi
ma’lumot kiritilishi kerak. Albatta, tanlab olish shartlari tekshiruv guruhining
raxbari tomonidan belgilanadi va amalga oshiriladi.
Tekshirish natijalari bo’yicha tahliliy jadvallar, bir xil turdagi kamchiliklar
bo’yicha jamlanma qaydnomalar,
tushuntirish xatlari, schyotlar bo’yicha qoldiq
qaydnomalari tuziladi va tekshirish dalolatnomasiga ilova qilinadi. Har bir ilova
bo’yicha tekshirish dalolatnomasida izohlar keltirilishi shart.
Tekshirish dalolatnomasiga barcha tushuntirishlar, schyotlar bo’yicha
qoldiqlar qaydnomasi ochilgan holda bosh hisobchi va
raxbar tomonidan
imzolanib ilova qilinadi. Moliya organlari hamda g’aznachilik bo’linmalarining
rahbarlari va bosh hisobchilari moliyaviy hisobot ma’lumotlarining to’liqligi,
to’g’riligi hamda o’z vaqtida taqdim qilinishi yuzasidan javobgardirlar.
Belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan taftish dalolatnomasi natijalari
barcha Mehnat jamoasi oldida muxokama qilinadi. Muxokama natijalari
protakollashtiriladi va dalolatnomaga ilova qilinadi. Bu tuzilgan dalolatnoma
realizatsiyasi jarayonining dastlabki qismi hisoblanadi.
Dalolatnoma realizatsiyasining asosiy qismi taftish belgilagan tashkilot
tomonidan amalga oshiriladi. Bunda, ko’p hollarda taftish natijalari vazirlik,
qo’mita va boshqarmalarning kollegiya majlislarida ko’rib chiqiladi va
ma’muriy chora tadbirlar belgilanadi.