ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
5
BUDJET TASHKILOTLARDA BUXGALTERIYA HISOBINI TASHKIL
ETISH VA FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH
Hamroyeva Sevinch Hamroyevna
Toshkent Davlat Iqtisodiyot universitetiMoliya va Buxgalteriya hisobi fakulteti
Buxgalteriya hisobi va audit yo’nalishi2-kurs talabasi
hamroyevasevinch1@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.7677002
Anotatsiya.Ushbu maqolada Byudjet tashkilotlari
buxgalteriya balansining
mazmuni, vazifalari va o’ziga xos xususiyatlari, buxgalteriya hisobi schyotlari,
ularning
tuzilishi va turkumlari,buxgalteriya tashkilotlarida buxgalteriya
hisobida qo’llaniladigan hujjatlar, buxgalteriya hisobining shakllari haqida tahlil
olib borilgan .Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini rivojlantirish va unda
raqamli iqtisodiyot tizimlaridan foydalangan holda amalga oshirish haqida
takliflar ishlab chiqilgan.
Kirish
so’zlar.Budjet
mablag’lari,buxgalteriya
hisobi,smeta
xarajatlari
,buxgalteriya
hisobining usullari,g’azna ijrosi,”Yo’riqnoma 2169”,xo’jalik
operatsiyalari
Abstract.
This article analyzes the content, functions and characteristics of the
balance sheet of budget organizations, accounting accounts, their structure and
categories, documents used in accounting in accounting organizations, forms of
accounting in budget organizations. Development
and accounting of budget
organizations. proposals for implementation using economic systems have been
developed.
Key words.
Budget funds, accounting, estimated costs,
methods of accounting,
treasury execution, "Instruction 2169", business operations
Kirish.Byudjet tizimi ko’p tarmoqli tizim hisoblanib, unda byudjet tashkilotlari
alohida ahamiyatga ega. Byudjet tashkilotlari davlatning
aniq bir funksiyasini
amalga oshirish maqsadida belgilangan tartibda byudjet mablag’lari hisobiga
saqlab turiladigan muassasadir.
Byudjet tashkilotlari davlat byudjetidan ajratiladigan mablag’lar va byudjetdan
tashqari mablag’lar tushumlari hisobiga mablag’ bilan ta’minlanadi
hamda
ushbu mablag’lar hisobiga belgilangan tartibda xarajatlarni amalga oshiradi.
Ushbu sohani istiqboli haqida mamlakatimiz prezidenti ta’kidlab o’tganlaridek
“Iqtisodiy islohotlar va ijtimoiy o’zgarishlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish
,eng avvalo ,iqtisodiy va moliyaviy organlarning faoliyati samaradorligiga
bog’liqdir” deb ta’kidlab o’tganlar.