To’yingan bug’ning temperaturasi u hosil bo’layotgan qaynayotgan suyuqlik temperaturasiga teng bo’ladi.
Qaynash sodir bo’ladigan temperatura bilan bosim bir-biriga bog’liqdir.
Ular to’yinish temperaturasi va bosimi deyiladi va tm, pm bilan belgilanadi.
Suyuqlik qaynaydigan bosim qanchalik yuqori bo’lsa, qaynash temperaturasi ham shuncha yuqori bo’ladi.
Temperaturasi va bosimi to’yinish bosimi bilan temperaturasiga teng, lekin tarkibida suv zarralari bo’lmagan bug’ quruq bug’ deyiladi.
Temperaturasi va bosimi to’yinish bosimi bilan temperaturasiga teng, lekin tarkibida suv zarralari bo’lmagan bug’ quruq bug’ deyiladi.
Suyuqlikka tegib turgan va uning ustidagi bo’shliqni to’yintiradigan bug’ to’yingan nam bug’ deyiladi. To’yingan nam bug’, bug’ bilan juda mayda suv tomchilari aralashmasidir. Bug’dagi suyuqlik zarralarining miqdori bug’ning quruq yoki namlik darajasini belgilaydi.
Quruq to’yingan bug’ massasini to’yingan nam bug’ massasi yig’indisiga (bug’ va suyuqlik aralashmasi) nisbati X bilan belgilanadi va bug’ saqlami yoki bug’ning quruqlik darajasi deyiladi.
Nam bug’dagi qaynayotgan suyuqlikning massasi ulushiga bug’ning namlik darajasi deyiladi va U bilan belgilanadi.
Nam bug’dagi qaynayotgan suyuqlikning massasi ulushiga bug’ning namlik darajasi deyiladi va U bilan belgilanadi.
u = 1 - x
Agar X = 0,6 bo’lsa, u holda U = 1 - 0,6 = 0,4 bo’ladi, to’yingan nam bug’ 60% quruq bug’ bilan 40 % suyuqlikdan (suvdan) iborat bo’ladi.
Agar to’yingan quruq bug’ga o’zgarmas bosimda issiqlik berilsa, uning temperaturasi ko’tarilib,hajmi ortadi va hosil bo’lgan bug’ o’ta qizigan bug’ deyiladi.
BUG’ HOSIL BO’LISH PROTSESSINING PJ - DIAGRAMMADA TASVIRLANISHI
Suyuqlik va bug’dan iborat sistemaning fazoviy PJ diagrammasi, suv va bug’ solishtirma hajmining bosimga bog’liqlik grafigidan iborat.