Suv temperaturasi 00 S va bosimi P bo’lganda solishtirma hajmi J bo’lsin (1- rasm), bu holat a1 nuqtaga mos keladi.
Agar o’zgarmas P1 bosimda suvga issiqlik bersak, suvning solishtirma hajmi va temperaturasi ortib boradi. Suvning temperaturasi P1 bosimga mos t = tm bo’lgan b1 nuqtada qaynash boshlanadi. Bu vaqtda suv J hajmni egallaydi. Issiqlik berishni davom ettirsak v1 – s1 chiziq bo’yicha bug’ hosil bo’lish protsessi amalga oshadi. Bu protsessda temperatura o’zgarmasdan qoladi(tm =const) chunki shu vaqtda keltirilgan issiqlik suv va bug’ temperaturasining ko’tarilishiga emas, balki faqat molekulalar orasidagi tortishish kuchlarini engishga va bug’ning kengayish ishiga sarflanadi. Bu protsessda ikki fazali muhit: suv Q bug’ bo’ladi, bu muhit to’yingan nam bug’ deyiladi.

Nuqta S da suyuqlikning oxirgi zarrasi ham bug’ga aylanib J hajmni egallaydi va to’yingan quruq bug’ hosil bo’ladi. Agar to’yingan quruq bug’ga o’zgarmas bosimda issiqlik keltirilishi davom ettirilsa, o’ta qizigan bug’ hosil bo’ladi. O’ta qizigan bug’ning holatini belgilovchi d nuqta qanchalik ko’p issiqlik miqdori keltirilsa shunchalik o’ngrok tomonga siljiydi. Bu paytda uning temperatura va solishtirma hajmi J ortib boradi.