15.11-rasm. Turbinaning ishlash tarzi.
val; 2-disk; 3-ishchi ku- raklar; 4-soplo
ko‗chma harakat tezligi, u turbina diskining aylanma tezligiga teng; w – nisbiy tezlik.
Bug‗ning soploga kirish oldidagi, soplodan keyingi va kuraklardan keyingi parametrlari tegishlicha 0,1,2 indekslar bilan belgilanadi. Ishchi kuraklar mahkamlangan bitta diskli soplo apparati turbinaning bosqichini hosil qiladi. Bittta bosqichdan iborat bo‗lgan turbina bir bosqichli turbina deyiladi. Bir necha bosqichdan iborat bo‗lgan turbinalar ko‗p bosqichli tur- binalar deyiladi.
Aktiv turbina. Aktiv turbina kuraklari panjarasining kanallarida bug‗ oqimi buriladi. Bug‗ oqimi harakat miqdorining o‗zgarishi kuraklarga va aylanuvchan diskka hamda turbina valiga ta‘sir etuvchi aktiv kuchga aylanadi (15.12-rasm). Ish kanallarida aktiv kuch ta‘sir etuvchi turbina aktiv turbina deyiladi.
Parametrlari po, co va to bo‗lgan bug‗ soplo 1 ga kiradi. Parametr- lari p1, c1 va t1 bo‗lgan bug‗ soplodan kuraklar 2 ning kanallariga o‗tadi, bu yerda bug‗ning bosimi o‗zgarmasligicha qoladi. (p1= p2), tezligi esa s1 dan s2 gacha pasayadi, ya‘ni bug‗ning kinetik energiyasi disk 3 ni va u b i- lan bog‗liq bo‗lgan turbina vali 1 ni aylantiruvchi mexanik ishga aylanadi. Turbina valiga tushadigan kuch bug‗ oqimi burilgandagina uzatilgani tufay- li, kuraklar kuchli bukilgan aktiv profilli bo‗lishi kerak. Kuraklardan oldingi va ulardan keyingi bug‗ tezliklarining kattaligi va yo‗nalishini kirish va chiqish tezlik uchburchaklari qurib aniqlash mumkin (15.13 - rasm). Jumladan, nisbiy tezlik vektori ushbu geometrik ayirmadan aniqlanadi:
w1=C1-U
15.13-rasm. Aktiv turbinada bug‘ oqimi sxemasi
Bug‗ nisbiy tezligi w1 ning yo‗nalishi turbina yuzasi bilan 10 burchak hosil qiladi, u kirish burchagi deyiladi. c1 vektorning yo‗nalishi soplo o‗qi va disk tekisligi orasidagi burchak 1 bilan aniqlanadi. Bug‗ kanaldan o‗tib, disk tekisligiga 20 burchak ostida yo‗nalgan w2 nisbiy tezlikka ega bo‗ladi. Bug‗ning harakatidagi isroflar tufayli bug‗ning chiqi- shdagi tezligi w2 kirishdagi tezlik w1 dan kichik bo‗ladi. Bu isroflar ku- rakning tezlik koeffitsienti (odatda 0,930,97) bilan hisobga olinadi; bun- da
W2=w
Bug‗ning kuraklaridan chiqishdagi absolyut tezligi c2 ni w2 va U tezliklarini ge- ometrik yig‗indisidan aniqlanadi. Aktiv tur- binaning o‗ziga xos xususiyatlari shundan iboratki, birinchidan, bug‗ning kengayish ja- rayoni mavjudligi, ya‘ni uning bosimi faqat soplolarda pasayadi; ikkinchidan, kurakli kanallarda bug‗ bosimi o‗zgarmasdan qoladi, bug‗ning nisbiy va absolyut tezliklari esa ka- mayadi.
|