Ishqoriy sellyulozalar. Sulfatli sellyuloza yog'ochni sulfatli pishirish orqali olinadi.
Oqartirilmagan va oqartirilgan holda turli xil qog'oz, kartonlar ishlab chiqarishda, ularni
kimyoviy qayta ishlashda ishlatiladi.
Sulfatli sellyuloza yaxshi mexanik xossalarga ega, shuning uchun yuqori
deformatsiyaga chidamlik qog‘oz va karton olishda muhim rol o‘ynaydi. Lekin ishqoriy
sellyulozaning rangi xira, bosma qog‘ozlar olishga yaramaydi. Xira bo‘lishiga sabab,
tarkibida lignin borligidir. Texnik sellyulozaning mexanik xossalarini, asosan, uning
pishirish parametrlari aniqlaydi. Texnik sellyuloza tarkibida lignin miqdori ko‘paysa,
sellyulozaning mustahkamligi pasayadi. Xvoy daraxtidan olingan sulfat sellyuloza
tarkibida lignin miqdori 9 % bo‘lganda mustahkamligi maksimal darajada bo‘ladi.
Sellyuloza tolalarini ishqoriy sharoitda pishirilganda, kislotali muhitdagiga qaraganda,
tolalar kam shikastlanadi. Shuning uchun, ishqoriy sellyuloza mustahkamligi ko‘p vaqt
saqlanib turadi, maydlash vaqtida esa ko‘p energiya talab qiladi. Sulfat sellyuloza tolalari
namlaganda va quritganda kam deformatsiyalanadi. Shu tolalardan tayyorlangan
qog‘ozlarning boshlang‘ich nam holidagi mustahkamligi, deformatsiyasi yuqori, buralishi
kam bo‘ladi.
Qog‘oz olish uchun, sulfat sellyulozaga xomashyo sifatida bir yillik o‘simlik
poyalarini ishlatish mumkin: bug‘doy, sholi, qamish va g‘o‘za poyalari. Bulardan
olingan sellyulozalarning kul va gemitsellyuloza miqdori yuqori, tolalarining fraksion
tarkibi bir xil emas, tolalari kalta va yo’g‘on, tola bo‘lmagan qismlari ko‘p bo‘ladi.
Qog‘oz olishda, qog‘oz massasiga ularni qo‘shilganda qog‘ozning mustahkamligi
pasayadi, silliqligi va xiraligi ortadi, qog‘ozni changlanishi kamayadi, qo‘shimchalarni
yaxshi ushlab qoladi. Odatda, bu turdagi sellyulozalar 15 dan 60 %gacha qo‘shiladi.
34
Quyidagi
jadvalda
bir
yillik
o‘simliklardan olingan oqartirilmagan sulfat
sellyulozalarning xarakteristikalari keltirilgan.