Bugungi kunda globallashuv va axborotlashtirish jarayonlari barcha sohalar kabi ta’lim tizimiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatib, elektron o‘qitishning ahamiyati tobora ortib bormoqda



Yüklə 39,13 Kb.
səhifə1/2
tarix18.05.2023
ölçüsü39,13 Kb.
#115994
  1   2
taqriz


Navoiy davlat pedagogika instituti magistratura bo‘limi 70110602-Ta’limda axborot texnologiyalari mutaxassisligi II bosqich Baxtiyorova Robiyabegim Otabek qizining “Umumta’lim maktablarda informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitishda aralash ta’lim modellardan foydalanish metodikasi” mavzusidagi dissertatsiyasiga
TAQRIZ
Bugungi kunda globallashuv va axborotlashtirish jarayonlari barcha sohalar kabi ta’lim tizimiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatib, elektron o‘qitishning ahamiyati tobora ortib bormoqda. Elektron o‘qitish amaliyotida aralash ta’lim modellari, raqamli ta’limiy resurslar va global tarmoq xizmatlaridan uzluksiz ta’lim tizimining barcha bo‘g‘inlarida keng foydalanilmoqda. Axborot texnologiyalari ta’limning turli yangi ko‘rinishlarini taklif etmoqda, xususan keyingi vaqtlarda modulli ta’lim tizimida majmuaviy yondashuv tamoyili asosida turli shakl, usullar moslashtirilgan holda joylashtirilishi aralash ta’limning innovatsiya sifatida kirib kelishiga sabab bo‘ldi.
Mamlakatimizda ham so‘nggi yillarda ta’lim tizimini rivojlantirish uchun ko‘plab islohotlar olib borilib, jahon ta’lim standartlari darajasida bilim berish usullariga alohida ahamiyat berilmoqda. Bu borada, 2018 yil 5 sentabrdagi PF-5538-son “Xalq ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonida Xalq ta’limi tizimiga ilg‘or xorijiy tajribani, o‘quv-tarbiya jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni, shu jumladan ta’lim berishning innovatsion usullarini joriy etish, 2019 yil 29 apreldagi PF-5712-son “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmonida o‘qitish metodikasini takomillashtirish, ta’lim-tarbiya jarayoniga individuallashtirish tamoyillarini bosqichma-bosqich tatbiq etish, kichik yoshdan o‘quvchilarda o‘qishga sog‘lom, kuchli va ta’sirchan motivatsiyani shakllantirish hamda kasb tanlash, kasbiy o‘sishini mustaqil rejalashtirish, zamonaviy kasblarni egallash qobiliyatini rivojlantirish kabi ustuvor vazifalar belgilangan. Mazkur dissertatsiyaning bajarilishi mazkur faoliyatga oid shu kabi meyoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni bajarishga asoslangan.
Umuman olganda dissertatsiya ishida olib borilgan tadqiqot natijalari asosida shuni aytish mumkin-ki:
– Umumta’lim maktablarda Informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitishda aralash ta’lim modellaridan foydalanish ustuvorligi aniqlangan;
– Umumta’lim maktablarda Informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitishda aralash ta’lim turidan foydalanib o‘qitish modeli takomillashtirilgan;
– Umumta’lim maktablarda Informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitishda aralash ta’lim modellaridan foydalanish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
– Umumta’lim maktablarda Informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitishda aralash ta’lim modellaridan foydalanishga qaratilgan axborot-ta’lim muhiti yaratilgan.
Magistrant Baxtiyorova Robiyabegim Otabek qizining “Umumta’lim maktablarda informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitishda aralash ta’lim modellardan foydalanish metodikasi” mavzusidagi dissertatsiyasi “Ta’limda axborot texnoligiyalari” mutaxassisligi bo‘yicha magistr akademik darajasi uchun qo‘yilgan barcha talablarga javob beradi va uni ijobiy baholayman.



Yüklə 39,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin