Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №5
54
arboblarining xatlarida o‘zaro diplomatik muzokaralarni o‘tkazish haqida emas, balki
ikki qudratli raqibning yakkama-yakka kuch sinashishga da’vatidan iborat bo‘lgan.
Xususan, Boyazid o‘z xatida Amir Temurni zudlik bilan
huzuriga yetib kelishini
talab qilib, Sohibqiron sha’niga nomunosib so‘zlarni aytgan. Amir Temur esa bunday
haqoratomuz munosabatga qaramay, Boyazidning elchilarini yaxshi nasihatlar bilan
tinch-omon qo‘yib yuborgan. Amir Temurning Boyazidning
haqoratlariga haqiqiy
diplomat singari javob qaytarishi uning yozgan xatlaridan ham ma’lum edi: “Agar
samimiy salomingiz va go‘zal ifodalar aks etgan maktub yuborsangiz har ikki
tomonda ham biroz iliqlik va hurmat paydo bo‘ladi. Aks holda, qalamlar o‘z ishini
qilichga topshiradi” [6]
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, Amir Temurning diplomatiyasining
asosiy
xususiyati shundan iboratki, diplomatiyaning Sharq madaniyati bilan
uyg‘unlashganidir. Undagi har bir harakat millatning an’ana, manfaat va
qadriyatlariga binoan amalga oshirilgan. Hozirgi
Sharq mamlakatlarida amalga
oshirilayotgan diplomatik munosabatlarning Amir Temur diplomatiyasi bilan
o‘xshashligini payqash qiyin emas. Elchiga ko‘rsatilayotgan hurmatdan tortib, to
xorijiy
mamlakatlarning
oddiy
vakillariga
ko‘rsatiladigan
ehtirom
Sharq
diplomatiyasi, ayniqsa, Amir Temur diplomatiyasining asosini tashkil etadi. Bu kabi
xususiyatlar O‘zbekistonning hozirda olib borayotgan, tinchlik va o‘zaro hamkorlikni
ilgari suruvchi, xavfsizlik va totuvlik kabi qadriyatlar bilan sug‘orilgan hamda
boshqa
davlatlarning qarorlarini hurmat qilish, nizolarni tinch yo‘l bilan hal qilish kabi
g‘oyalarni o‘zida mujassamlashtirgan diplomatik aloqalarining asosiy mezonlaridir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Karimov I.A. Ona yurtimiz baxtu iqboli va kelajagi yo‘lida xizmat – eng
oliy saodatdir. – T: O‘zbekiston, 2015. 300-301-betlar.
2.
Karimov I.A. O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. – T:
O‘zbekiston, 2011. 13-bet.
3.
Moralez S.R. Ruy González
de Clavijo, un madrileño en el reino del
Gran Tamerlán. “The Diplomats in Spain” gazetasining internet sayti, 2015. Veb:
http://thediplomatinspain.com/ruy-gonzalez-de-clavijo-un-madrileno-en-el-reino-del-
gran-tamerlan/
4.
A. Sog‘uniy, H. Karomatov. Temur Tuzuklari. Forschadan tarjima. – T.:
G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa
birlashmasi, 1991.
5.
Xo‘jayev A. Buyuk ipak yo‘li: munosabatlar va taqdirlar. – Toshkent:
O‘zME, 2010. 199-bet.
6.
Rahimboyev A. Amir Temur va Yildirim Boyazid orasidagi
maktublashuv.