Inventarizatsiya. Bu buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bilan haqiqat o’rtasidagi tafovutni bartaraf qilish maqsadida korxona mablag’lari natura holatini, ushbu korxonaning boshqa korxonalar bilan hisob-kitob ishlarini tekshirish usulidir. Inventarizatsiya yordamida haqiqatdagi mavjud moddiy qiymatliklar, tugallanmagan ishlab chiqarish, debitor va kreditorlar buxgalteriya hisobidagi ma’lumotlar bilan taqqoslanadi. Aniqlangan tafovut, ya’ni mablag’larning ortiqcha yoki kam chiqishi tegishli dalolatnomalarda rasmiylashtiriladi va hisobda aks ettiriladi.
Buxgaletriya balansi. Хo’jalik mablag’lari va manbalarini ma’lum bir sanaga bo’lgan holatini aks ettirish usuli hisoblanadi. Balansda korxorna mablag’larining joylanishi va tarkibi, mablag’lar manbalarining tashkil topishi haqidagi ma’lumotlar keltiriladi.
Hisobot. Ma’lum davrga bo’lgan xo’jalik faoliyatini aks ettiruvchi umumlashtirilgan xo’jalik jarayoni va muomalalarini ularning iqtisodiy mazmuniga qarab ma’lum tartibda guruhlashtiradigan va o’zaro aloqadorligini ta’minlaydigan ko’rsatkichlarni aks ettiruvchi shakllar yig’indisi hisobot hisoblanadi. Hisobot korxonaning ma’lum bir davr bo’yicha xo’jalik faoliyatining yakunini ko’rsatadi.
3-Mavzu. Buxgalteriya balansi, uning tuzilishi va mazmuni. 1.Buxgalteriya balansi to’g’risidagi tushuncha. Buxgalteriya balansi mavjud xo’jalik vositalarini turlari va vujudga kelish manbalari bo’yicha aks ettirish. 2. Vositalarning ishlab chiqarish jarayonidagi faoliyatiga ko’ra balans ko’rsatkichlarining guruhlari. Хo’jalik muammolarining balansga ta’siri
Buxgalteriya balansi moliyaviy hisobotning asosiy shakllaridan biri hisoblanadi. U korxona mablag’larini guruhlash va tarkibini pul bahosida aks ettirish hamda pul mablag’larini, ularni hosil qilish manbalarini muayyan sanaga joylashtirish usulidan iborat.
«Balans» atamasi lotincha bis – «ikki marta», banx – «tarozi pallasi» so’zlaridan tarkib topgan bo’lib, tom ma’noda «ikki palla» degan ma’noni anglatadi va tenglik, muvozanat tushunchasi sifatida ishlatiladi.
Buxgalteriya balansining har xil turlari mavjud bo’lib, ular quyidagi belgilari bo’yicha tasniflanadi: