2. Buxgalteriya hisobini vazifalari. Buxgalteriya hisobining vazifalari iqtisodiyot rivojlanishining har bir bosqichida amalga oshirilayotgan xo’jalik siyosati bilan belgilanadi. Respublikada xo’jaliklarning rivojlanishini bozor munosabatlari mexanizmini chuqurlashtirishga yo’naltirib, O’zbekiston Respublikasi hukumati uni bozor iqtisodiyoti qonunlari asosida amalga oshirmoqda. Bu qonunlar Respublikamizni mustaqil davlat sifatida rivojlantirish bo’yicha oldiga qo’yilgan maqsadlar va vazifalarga binoan ishlab chiqarishni jamiyat tomonidan to’g’ridan to’g’ri, ongli ravishda tartibga solishning ob’ektiv zaruriyat ekanligini anglatadi. Respublika oldida turgan vazifalarni amalga oshirish uchun ularni xalq xo’jalikning barcha bosqichlarida bajarilishini nazorat qilish talab qilinadi. Boshqarish maqsadlari uchun axborotni shakllantirishning muhim vositasi hisoblangan buxgalteriya hisobi aynan shu maqsadlarga xizmat qiladi.
Demak, buxgalteriya hisobining asosiy vazifasi unda aks ettiriladigan ob’ektlarni boshqarish uchun ma’lumotlarni yig’ish, ularni qayta ishlash iqtisodga uzatishdan iborat.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 1996 yil 30 avgustda qabul qilingan «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi Qonun, buxgalteriya hisobini Milliy standartlarining tasdiqlanishi va amalga kiritilishidir.
Buxgalteriya hisobi axborotlaridan foydalanuvchilarni shartli ravishda uch guruhga ajratish mumkin:
korxonani boshqaruvchilar;
korxonaning tashqarisida joylashgan va uning moliyaviy faoliyatidan bevosita manfaatdor bo’lganlar;
korxonaga nisbatan bilvosita moliyaviy qiziqish bildiradigan shaxs va guruhlar.
Boshqaruvchilar (management) boshqaruv faoliyatida nazorat, qaror qabul qilishda axborotga muhtojdirlar. Masalan, mahsulotlarning sotish bahosi, xarajatlar tarkibi, talab, rentabellik ko’rsatkichlari to’g’risidagi axborotlar shular jumlasiga kiradi.
Korxona tashqarisidagi axborot iste’molchilariga hissadorlar, kreditorlar, banklar va boshqa bevosita manfaatdor guruhlar kiradi. Ular korxona olgan foyda miqdori, moliyaviy majburiyatlarning bajarilishi haqida ma’lumotga ega bo’lishga qiziqishadi.
Uchinchi guruh axborot iste’molchilariga har xil jamoat tashkilotlari, ijtimoiy fondlar, klublar a’zolari kiradi.
Buxgalteriya hisobining yana bir vazifasi korxonalar faoliyati natijalari haqidagi axborotni o’lchash va taqdim etishdir. Bu natijalarni kompaniyaning foydalilik rejalaridagi maqsadlariga erishishdagi muvaffaqiyatlar qanday va uning likvidligi kanday ekanligi haqidagi ma’lumotlarga ega bo’lgan umumiy maqsadga yo’naltirilgan moliyaviy hisobotdan topishi mumkin. Haqiqiy va potensial investorlar, bu hisobotlarni tahlil qilaturib, kompaniyaning kelajakdagi moliyaviy istiqbollari qanday, unga mablag’larni qo’yishga arziydimi yoki yo’qmi ekanligi haqida xulosalar chiqarishga harakat qiladilar. Haqiqiy va potensial kreditorlar, kompaniyalar foizlar to’lash va o’z vaqtida qarzlarni uzish uchun yetarli pullarga egami yoki yo’qmi ekanligi bilan qiziqishadi.
Bilvosita moliyaviy manfaatdorli foydalanuvchilar buxgalteriya axborotidan foydalanuvchilardan eng muhim hisoblangan davlat va ijtimoiy guruhlardan iborat.
Soliq organlari byudjetga mahalliy soliqlar, ish haqiga solinadigan soliqlar va ijtimoiy sug’urtaga ajratmalar, pensiya fondlari, ish bilan ta’minlash fondi, mulklar, transport vositalari soliqlar yig’imlari (excise taxes) va qo’shilgan qiymat soliqlari (value added) va hokazolar bo’yicha to’lovlarning to’g’riligini nazorat qiladi.
Buxgalteriya hisobining navbatdagi vazifasi xo’jalik hisobini mustaqkamlashga yordam berishdan iborat.
Korxonalarning ko’pchiligi (ayniqsa, kichik biznes sub’eklari) xo’jalik hisobi asosida ish yuritadilar. Хo’jalik hisobi ishlab chiqarish jarayonida minimal moddiy va mehnat xarajatlarni sariflab qilib, maksimal samaradorlikka erishishga yo’naltirilgan xo’jalikni yuritish usuli hisoblanadi.
Buxgalteriya hisobining mohiyati korxonalarning o’z xarajatlarini o’zlari qoplash va rentabellikdan iborat. Uni amalga oshirish uchun xodimlarning eng yaxshi natijalarga erishishidagi moddiy manfaatdorligi va ularning ish yakunlari uchun moddiy javobgarligini ta’minlash zarur.
Bozor iqtisodiyotidagi xo’jalik hisobi oldida turgan vazifalarni yechilishi asosan har xil xo’jalik mablag’larini samarali boshqarishdan iborat. Shunday qilib, xo’jalik hisobi faoliyatni boshqarish maqsadida, boshqaruv qarorlari esa xo’jalik hisobidan olingan ma’lumotlarga qarab qabul qilinadi. Demak, hisob va boshqaruv bu yagona butunlikning ikki qismi bo’lib, ularni birbirovlaridan ajratib bo’lmaydi.