Statistika hisobi ommaviy (ijtimoiy) xo’jalik hodisalar to’g’risidagi ma’lumotlarni yig’ish va ishlash tizimidan iborat. Хo’jalik hisobining bu turi butun xalq xo’jaligi va uning tarmoqlarining rivojlanish jarayonini o’rganishga yo’naltirilgan. Undan korxona, tashkilot va muassasalarda sodir bo’layotgan turlituman ommaviy hodisalarni kuzatish uchun foydalaniladi. Uning yordamida xo’jalik faoliyatining turlituman miqdoriy va sifat ko’rsatkichlari hisoblab chiqiladi. Sanoatda bundaylarga, masalan, ishlab chiqarish hajmi, o’rtacha ish haqi, ish vaqtidan foydalanish, mehnat unumdorligi darajasi, o’sishi va hokazo ko’rsatkichlar kiradi. Dastlabki statistik kuzatuvlarning ma’lumotlari tumanlar, viloyatlar va umuman respublika xalq xo’jaligining ayrim tarmoqlari bo’yicha umumlashtiriladi.
Statistika hisobining ko’rsatkichlarini hisoblab chiqish uchun ham barcha mavjud o’lchagichlar natura, mehnat va pul o’lchagichlaridan, o’rganilayotgan hodisaning mazmuni va qo’yilgan vazifalariga qarab foydalaniladi.
Buxgalteriya hisobiichki boshqarish va tashqi iste’molchilarning maqsadlari uchun joriy va yakuniy axborotni olish bilan korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning xo’jalik faoliyati ustidan uzluksiz va o’zaro bog’liq bo’lgan kuzatish va nazorat qilish tizimidan iborat.
Buxgalteriya hisobi yordamida xo’jalikda mavjud bo’lgan har xil turdagi moddiy qiymatliklar va pul mablag’larining miqdori, boshqa korxona va tashkilotlar bilan hisobkitoblarning holati, undagi boshqa resurslarning umumiy hajmi haqida ma’lumotlar olinadi; tayyorlangan materiallar, ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulot hajmi va tannarxi aniqlanadi; xo’jalik faoliyatining moliyaviy natijalari foyda (sof daromad) yoki zarar hisoblab chiqiladi; korxonaning rentabelligi hamda korxona va uning tarkibiy qismlarining boshqa qator ko’rsatkichlari hisoblab aniqlanadi.
Buxgalteriya hisobida ham tezkor va statistika hisobidagi kabi barcha o’lchagichlar natura, mehnat va pul o’lchagichlari qo’llaniladi. Lekin unda pul (qiymatli) o’lchagichga alohida ahamiyat beriladi, chunki u buxgalteriya hisobining umumlashtiruvchi ko’rsatkichlarini olish imkonini beradi. Shuning uchun pul o’lchagichda buxgalteriya hisobining barcha ob’ektlari, garchi ular natura va mehnat o’lchagichlarida aks ettirilgan bo’lsa ham, albatta, pul o’lchagichida ifodalanadi.