Korxonada buxgalteriya hisobini tegishlicha tashkil etish uchun korxona moliyaviy-xo’jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi hisobvaraqlari rejasi hamda har bir hisobvaraq tavsiflangan va ularga doir hisobvaraqlarning namunaviy korrespondensiyasi berilgan rejani qo’llash bo’yicha yo’riqnomadan to’g’ri foydalanish katta ahamiyatga ega hisoblanadi.
Buxgalteriya hisobini milliy andozalarini amalga tatbiq etish va bu boradagi ishlarni yangi bosqichga ko’tarish maqsadida buxgalteriya hisobvaraqlariningyangi rejasi ishlab chiqildi. «Хo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliya-viy-xo’jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasi va uni qo’llash bo’yicha yo’riqnoma» nomli 21-son BХMA O’zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi Qonuni 5-moddasiga binoan ishlab chiqilgan.
Хo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy-xo’jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi hisobvaraqlari rejasi asosida xo’jalik muomalalari buxgalteriya hisobvaraqlari ishchi rejasini tuzadilar va u xo’jalik yurituvchi sub’ektning hisob siyosatida aks ettiriladi.
Hisobvaraqlar rejasi – buxgalteriya hisobi bo’yicha hisobvaraqlarning ularning iqtisodiy mazmuniga ko’ra bir tizimga solingan ro’yxatidir.
Хo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy-xo’jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasining yangi tahriri Uzbekiston respublikasi Moliya vazirligining 2002 yil 9 sentabrdagi 103-sonli qarori bilan tasdiqlandi va Adliya vazirligi tomonidan 2002 yil 23 oktabrda 1181-son bilan 21-son BХMS sifatida ro’yxatdan o’t kazildi. Mazkur standart 2002 yil 2 noyabrdan kuchga kiritildi. Хorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar va auditorlik tashkilotlari 2002 yil 1 yanvardan boshlaboq yangi Hisobvaraqlar rejasi bo’yicha hisob yurita boshladilar, 2003 yil 1 yanvardan boshlab ularga birjalar, 2004 yil 1 yanvardan boshlab mulkchilik shaklidan qat’iy nazar boshqa xo’jalik yurituvchi sub’ektlar qo’shiladilar. Hisobvaraqlar rejasida 249 ta balans va 14 ta balansdan tashqari hisobvaraq mavjud.
Hisobvaraqlar rejasining dastlabki 1-8-bo’limlarida doimiy yoki balans hisobvaraqlari, 9-bo’limda esa tranzit yoki vaqtinchalik hisobvaraqlar joylashtirilgan.