2.3. XO’JALIK MUOMALALARINING BALANSGA TA’SIRI Har bir xo’jalik yurituvchi sub’ektda o’z faoliyatini amalga oshirish jarayonida
ko’plab xo’jalik muomalalari sodir bo’ladi. Barcha xilma-xil xo’jalik
muomalalarining soni ikki mingga yaqin bo’lishi mumkin. 1972 yili professor A.S.
Sotivoldiev tomonidan o’zbek tilida chop etilgan (Toshkent - 1972) “Kolxoz va
sovxozlarda asosiy ishlab chiqarish-moliyaviy muomalalari bo’yicha buxgalteriya
balansidagi schyotlar korrespodentsiyasi”da 1401 xo’jalik muomalalari keltirilgan.
Agar hozirgi vaqtda hisobning yangi ob’ektlari (lizing, nomoddiy aktivlar,
investitsiya, veksel va sh.k.) vujudga kelganini inobatga olsak, mavjud xo’jalik
muomalalari ikki mingdan ham ko’p bo’lishi mumkin.
Bu xo’jalik muomalalarining har biri sodir bo’lganda balansga ta’sir qilib, balans
moddalari summalarini o’zgartirib yuboradi. Lekin bu xo’jalik muomalalari
balansga faqat to’rt yo’l bilan ta’sir etadi. Shunday xo’jalik muomalalari borki, ular
balansning faqat aktivigat ta’sir etadi.
Bunda balansning aktivida bir modda summasi ko’payib, ikkinchi modda summasi
ayni shu summaga kamayadi, lekin balansning umumiy summasi o’zgarmaydi. Buni
birinchi tip o’zgarish deymiz.
1.
Shunday xo’jalik muomalalari sodir bo’ladiki, ular balansning faqat passiviga
ta’sir qilib, passivda bir modda summasi ko’payb, ikkinchi modda summasi ayni shu
summaga kamayadi. Bunda ham balansning umumiy summasi o’zgarmaydi. Buni
ikkinchi tip o’zgarish deymiz.
2.
Shunday xo’jalik muomalalari sodir bo’ladiki, ular balansning faqat passiviga
ta’sir qilib, passivda bir modda summasi ko’payib, ikkinchi modda summasi ayni
shu summaga kamayadi. Bunda ham balansning umumiy summasi o’zgarmaydi.
3.
Shunday xo’jalik muomalalari sodir bo’ladiki, ular balansning aktiviga ham
passiviga ham ta’sir etib, ular summasini ko’paytirib yuboradi.
4.
Va nihoyat, shunday xo’jalik muomalalari sodir bo’ladiki, ular balansning
aktiviga ham passiviga ham ta’sir etib, ular summasini kamaytirib yuboradi. Buni
to’rtinchi tur o’zgarish deymiz.
Balansga ta’sir qiladigan bunday o’zgarishlarni misollarda keltiramiz.
Buxgalteriya balansi hisobot davrining I - kuniga tuziladi. Xo’jalik faoliyatini
amalga oshirishda xo’jalik mablag’lari tarkibi va hajmi sodir bo’layotgan
operatsiyalar ta’sirida uzluksiz o’zgarib turadi. Bu o’zgarishlar balansga albatta
ta’sir etadi.
Faraz qilaylik, hisobot davrining boshiga korxona balansi quyidagicha bo’lgan:
BALANS
(boshlang’ich, qisqartirilgan)