Buxgaletriya hisobining predmeti, metodi va uning elementlari


KORXONA VA UNING FAOLIYAT KO’RSATISH SHARTLARI



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/14
tarix24.09.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#147988
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
1 amaliy bux his pre va usul

2. KORXONA VA UNING FAOLIYAT KO’RSATISH SHARTLARI 
O’zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi Qonuniga binoan 
buxgalteriya hisobi mulkchilik shaklidan qat’iy nazar huquqiy shaxs hisoblangan barcha 
korxonalar, tashkilotlar va muassasalarda yuritiladi.
Korxona, xalq xo’jaligining tarkibiy unsuri (elementi) hisoblanadi va tashkiliy jihatdan 
alohida ajratilgan qismini anglatadi. Xo’jalik faoliyati o’z xususiyatiga ko’ra - sanoat, 
qishloq xo’jalik, savdo va boshqalarga bo’linadi. Ularning har birida muayyan xo’jalik 
jarayoni amalga oshiriladi va tegishli mablag’lar mavjud bo’ladi.
Har bir korxona u yoki bu mulkchilik shakli - davlat, xususiy (shaxsiy), o’rtoqlik va shirkat 
xo’jaliklariga tegishli bo’ladi. Davlat mulki – davlatga qarashli mulkdir.
Mulkka xususiy ega bo’lishlik (sole proprictorship)- bir shaxs tomonidan yaratiladigan 
firma bo’lib, u mulk egasiga shu firma xo’jalik faoliyati ustidan, o’z shaxsiy 
manfaatlaridan qat’iy nazar, nazorat qilish imkonini beradi. Mulkka yakka shaxs sifatida 
egalik qilishda uning a’zosi o’sha xo’jalik sub’ekti bo’lib hisoblanadi. Uning o’zi hamma 
foydani oladi va ko’rgan zarari hamda barcha majburiyatlar bo’yicha shaxsiy mulki bilan 
javob beradi.
O’rtoqlik korxonalari (partnership) - o’z qobiliyatlari va resurslarini birlashtiradigan ikki 
yoki undan ko’proq mulk egalari tomonidan hosil qilingan firmadir. Bunda 
kompaniyachilar va shirkatning foydasi yoki zararini oldindan kelishilgan qoidaga ko’ra 
o’zaro bo’lishadilar. Har qanday qatnashuvchi o’zining hissasini boshqa tomonga 
topshirishi mumkin va zarur bo’lganda har birining shaxsiy mulki o’z majburiyatlarini 
to’lash uchun olib qo’yilishi mumkin. Ba’zi xollarda mulkchilarning biri yoki bir nechtasi 
o’zlarining majburiyatlarini cheklashlari mumkin (masalan, firmaning ustav kapitaliga 
qilingan hissa badallarining hajmi bilan), lekin, hech bo’lmaganda ulardan biri shirkatning 
barcha majburiyatlari bo’yicha cheklanmagan javobgarlikni o’z zimmalariga olishi kerak. 
Korporatsiya (corporation) - o’ratoqlik korxonalarining bir turi sifatida aktsiyadorlik 
kapitali ko’rinishida belgilangan, lekin, mulkning boshqa egalariga yuridik jihatdan 
bo’ysinmaydigan firmadir. Aktsiyadorlar korporatsiya faoliyatini to’g’ridan-to’g’ri 



nazorat qila olmaydilar. Ular aktsiyadorlar manfaati uchun foyda olish maqsadida 
korporatsiya xo’jalik faoliyatiga rahbarlik qiladigan direktorlar kengashini saylaydilar. 
Aktsiyadorlar korporatsiyaning zararlari uchun faqat o’zlarining badallari chegarasida 
javob beradilar. Agar aktsiyador o’z aktsiyalarini sotsa, bu korporatsiyani tugatishga olib 
kelmaydi.
Quyida harakatdagi kapital manbalari sxemasini keltiramiz.

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin