11
Balansning passivi bo’yicha jami (400+560)
560
Rahbar:
_____________________
Bosh buxgalter:
_____________________
Balans aktivida mazkur korxona ixtiyoridagi mablag’lar turi va ularning ma’lum
davrda
aylanishidagi joylanishi keltiriladi.
Masalan, aktivning birinchi moddasida dastlabki qiymatda berilgan «Nomoddiy aktivlar»
korxona
ixtiyoridagi
sezilarsiz
aktivlarning
qiymatini
tavsiflaydi.
Navbatdagi
«Amortizatsiya» moddasi nomoddiy aktivlarning dastlabki qiymati qanchaga kamayganini
ko’rsatadi. «Qoldiq qiymat» moddasi nomoddiy aktivlarning amortizatsiya
summasini ayirib
tashlangandan keyingi qolgan qiymatini aks ettiradi.
12
Buxgalteriya balansi quyidagi belgilariga qarab tasniflanadi:
1.
Tuzish vaqtiga qarab:
a)
kirish balansi;
b)
joriy (davriy) balans;
v) tugatish balansi;
g)
ajralish balansi;
d) qo’shilish balansi;
j) sanatsiya balansi.
2.
Tuzish manbalariga qarab:
a)
inventar balanslari. Faqat inventar (ro’yxati) vositalari asosida tuziladi;
ular qisqartirlgan varianti bo’lib hisoblanadi. Banday balanslar mavjud
mulk asosida yangi korxonalar vujudga kelganda yoki xo’jalik o’z
shaklini o’zgartirganda (davlat korxonalari aktsioner jamiyatlariga
aylantirilganda) talab qilinadi.
b)
daftar balansi – inventarizatsiya o’tkazish yo’li bilan oldindan
tekshirilmasdan faqat daftarlardagi yozuvlar
asosida tuziladi;
v) bosh (generalniy) balans - hisob va invetarizatsiya ma’lumotlariga asosan tuziladi.
3.
Axborot hajmi bo’yicha:
a)
yakka balans – faqat bir korxona axborotini aks ettiradi;
b)
yig’ma balans – barcha korxonalar mablag’larini umumiy holatini
aks ettiruvchi summalarni mexanik qo’shish yo’li bilan
tuziladi; v) konsolidallashgan balans.
4.
Faoliyat xarakteri
bo’yicha:
a)
asosiy balans – korxonaning asosiy faoliyat turi va ustaviga to’g’ri
keladigan balans;
b)
asosiy bo’lmagan balans – korxonaning boshqa faoliyat turlari (yordamchi
xo’jaliklari, transport, turar joy-kommunal xo’jalik va sh.k.) bo’yicha
tuziladigan
balans.
5.
Mulk shakli bo’yicha:
a)
davlat korxonalari balansi;
b)
aktsioner jamiyatlari balansi;
v) munitsipal (shahar boshqarmasiga qarashli) balansi;
g) qo’shma
korxonalar, kichik va xususiy korxonalar balansi.
6.
Aks ettirish ob’ekti bo’yicha:
a)
yuridik shaxs bo’lgan korxonaning mustaqil balansi;
b)
alohida balans (filiallar, tsexlar, bo’linmalar balansi).
7.
Tozalanish usuli bo’yicha:
a)
brutto-balansi – bu barcha tartibga soluvchi moddalarni o’z ichiga oluvchi
balans;
b)
netto-balans – bu barcha tartibga soluvchi
moddalarni chiqarib tashlab
tuzilgan balans; Bizning respubikamizda netto-balansi qo’llaniladi.