7
Aktivlar uch xil xususiyatga ega bo’lishi kerak:
a)
kelajakdagi iqtisodiy nafni o’zida mujassamlanishi,
bevosita yoki bilvosita pul
mablag’lari yoki ularning ekvivalentilarini ko’paytirish imkoniyati;
b)
bu iqtisodiy naflarni nazorat qilish qobiliyatini mujassamlash;
v)
oldingi bitimlar yoki boshqa voqealarning natijasi bo’lishi.
«Passiv» atamasining ildizi ham lotincha
- faolsiz, xolis (betaraf) turmoq, tushuntirish
kabi so’zlarning ildizidan olingan. Tarixan bu atama dastlab faqat qarzga olingan
mablag’larga
nisbatan, ya’ni uchinchi shaxslar oldidagi majburiyatlarga nisbatan
qo’llanar edi. Bu bilan mulk egasi qarzga olingan mablag’larga bo’lgan munosabatda
o’zboshimchalik (bemalollik)dan o’zini tutishi kerakligi ta’kidlangan edi. Keyinchalik
«passiv» atamasi manbaalarning boshqa moddalariga ham tarqatilgan bo’lib,
faqat
korxona majburiyatlarini tavsiflabgina emas, mablag’lar turlarini qanday maqsadlarga
mo’ljallanganligini ham tavsiflash uchun ishlatiladigan bo’ldi. Majburiyatlarni uch xil
xususiyatga ega bo’lishi kerak:
a)
aktivlarni chiqib ketishi yoki xizmat ko’rsatish yo’li bilan to’lashni vujudga
keltiradigan mavjud doimiy majburiyatni o’zida majassamlashtirishi;
b)
sub’ekt uchun majburiyatni bajarilishi majburiyligi va
qariyib muqarrarligi;
v) oldingi bitim yoki oldingi voqealar natijasi bo’lishi.
Uning aktivida ham passivida ham balans moddalari ikki bo’lib ko’rsatiladi: Aktivda:
I
bo’lim. Uzoq muddatli aktivlar, asosiy vositalar. II
bo’lim. Aylanma aktivlar.
Passivda:
I bo’lim. O’z mablag’lari.
II
bo’lim. Majburiyatlar.
Balans ko’rsatkichlaridan quyidagi iqtisodiy ko’rsatkichlarni aniqlab olish mumkin. Aktivlar
aylanma mablag’ bilan o’z kapitali yig’indisiga teng.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektning o’z mablag’lari aktivlaridan majburiyatlarini ayirganiga
Aktiv va passivning har bir unsuri (elementi) mablag’lar turi yoki ularning manbai
balans teng.
Buxgalteriya balansining xususiyati aktiv va passivlar pullik yakunlarining tengligidan
iborat. Bu talab har qanday korxona balansi uchun majburiydir. Bu talab aktivda ham,
passivda ham mablag’larning bir
xil hajmda, faqat har xil guruhlanishda ko’rsatiladi:
aktivda - turlari bo’yicha, passivda - manbalari bo’yicha. Balansning nomi ham shunga
asoslangan, chunki «balans» so’zi tenglik, barobarlikni anglatadi. Shuning uchun ham,
balans aktivi va passivi «balans» so’zi bilan belgilanadi.
Balans korxonaning xo’jalik mablag’larini u yoki boshqa sanalarga tavsiflab,
uning
o’tgan davrdagi barcha faoliyat natijasini qanday holatga olib kelganligini ko’rsatadi.
Shunday qilib, balans korxona mablag’larining turlari va ularning manbalari haqidagi
muhim axborotga ega bo’lgan xo’jalik yuritish sub’ektlari
ishining yakunlari
to’g’risidagi hisobotdir desak bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: