6
2.
Balans tuzilishi va uning moddalari mazmuni
3.
Xo’jalik muomalalarining balansga ta’siri
2.1. BALANS TO’G’RISIDA TUSHUNCHA
Parijda Luvr muzeyida bir erkak kishiga haykal o’rnatilgan. Uning yagona ikki
qalamdan iborat bo’lib bittasi qulog’iga qistirilgan, ikkinchisi qo’lida.
Bu eramizdan
1000 yil oldin katta mulkdor qo’lida mirza (kotib) lavozimida ishlagan kishiga qo’yilgan
haykal edi. Uning asosiy vazifasi xo’jayini tomonidan bozorga qancha mol olib borib
sotgani, ya’ni qancha g’alla, em, xashak va boshqa narsalarni sotgani yoki sotib olgani
to’g’risidagi ma’lumotlarni yozib borib vaqti vaqti bilan xo’jayinning qanday va qancha
mablag’lari, boshqlardan oladigan va ularga beradigan mol-mulki qanchaligi to’g’risida
natura ko’rsatkichida axborot berib turar edi. Bu o’sha vaqtning o’ziga
xos balansini
anglatar edi. Savdo-sotiqning rivojlanishi natijasida pul o’lchovi vujudga kelishi va pul
birligining standartlashishi natijasida mirza (kotib) o’z xo’jayiniga tegishli bo’lgan turli
mablag’lari, uning olishga tegishli va boshqalarga berishga
tegishli qarzlarini qancha
ekanligini va ma’lum bir davr oxiriga qancha mablag’ga ega ekanligini pulda ifodalash
imkoniyatiga ega bo’lgan.
Demak, buxgalteriya balansi sub’ektning resurslari (aktivlari), resurslarga bo’lgan
da’volar (majburiyatlar) va mulk egasiga tegishli ulush (o’z) mablag’lari to’g’risidagi
iqtisodiy axborot bo’lib hisoblanadi.
Xo’jalik sub’ektlarini boshqarish uchun eng avvalo ulardagi mablag’lar haqidagi
ma’lumotlarga ega bo’lish kerak. Shu bilan birga ular, mablag’larning qanday turlariga
ega va bu mablag’lar qanday manbaalardan tashkil topganligini bilish kerak bo’ladi.
Bunday ma’lumotlar umumlashtirilgan holda pul ko’rsatkichlarida ma’lum bir sanaga
berilishi kerak. Mablag’lar tarkibi va qanday maqsadlarga mo’ljallanganligini o’rganish
uchun ularni iqtisodiy jihatdan guruhlash zarur. Mana shu ma’lumotlar
buxgalteriya
balansi yordamida olinadi.
Buxgalteriya balansi xo’jalik mablag’larini ularning
turlari va tashkil topish
manbaalari bo’yicha muayyan bir davrga pulda ifodalanib
umumlashtirib aks ettirish,
iqtisodiy guruhlash usulidir.
Mablag’lar turlari va ularning manbaalarini ajratib ko’rsatish
maqsadida
O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining 2002 yil 7 fevralda 30-sonli buyrug’i
bilan qabul qilingan balans ikki qismdan iborat bo’lgan jadval shaklida tuzilgan. Uning
chap tomonida mablag’lar turlari va ularning joylanishi keltiriladi va u aktiv qism deb
nomlanadi, passiv qism deb nomlanadigan o’ng tomonida mablag’lar
manbalari va
ularning qanday maqsadlarga atalganligi ko’rsatiladi.
Dostları ilə paylaş: