Buxgalteriya hisobi


Bank xarajatlari va ularning turkumlanishi



Yüklə 53,8 Kb.
səhifə4/7
tarix13.09.2023
ölçüsü53,8 Kb.
#143256
1   2   3   4   5   6   7
КБИС62 ББХ фанидан Курс иши.Наркузиева Обидабонуdocx

Bank xarajatlari va ularning turkumlanishi.

Bankning daromadliligi, birinchi navbatda xarajatlarni kamayti-rishga bogʼliq. Bank ishi texnologiyasidagi muvaffaqiyatlar joriy xarajatlarni kamaytirishga imkon beradi.
Xarajat – bu pul vositasini ishlab chiqarish (bank) va noishlab chikarish (nobank) faoliyatlariga ishlatish (xarajat qilish) tushuniladi.
Daromadlar va xarajatlar, toʼlangan vakti va pul kelib tushgan sanadan katʼi nazar, kaysi davrga taallukli boʼlsa, oʼsha hisobot davrida aks ettiriladi.
Bankning daromadliligi, birinchi navbatda, xarajatlarni kamaytirishga bogʼliq. Bank ishi texnologiyasidagi muvaffaqiyatlar joriy xarajatlarni kamaytirishga imkon beradi.
Odatda, banklar oʼz zimmasiga operatsiya xarajatlari, ustama foizlarga ketgan mablagʼlar, shuningdek, kredit riski bilan bogʼliq boʼlgan yoʼqotishlarni qoplash uchun ajratmalarni oladilar.
Odatda, tijorat banklari xarajatlarini quyidagicha tasniflanadi:

  1. Operatsion xarajatlar:

  • foizli xarajatlar

  • komission xarajatlar

  • moliya bozoridagi operatsiyalar boʼyicha xarajatlar

  • boshqa operatsiyaon xarajatlar.

  1. Bank faoliyatini funktsionallashtirishni taʼminlashi boʼyicha xarajatlar.

  2. Boshqa xarajatlar

Yuqoridagi xarajat turlari mamlakatimizdagi hozirgi bank tizimiga tugri kelmaydi. Chunki bizda tijorat banklari xarajatlari foizli xarajatlar, foizsiz xarajatlar va operatsion xarajatlarga boʼlib urganiladi va shu tartibda ishlashadi. Bu xarajat turlarini kengrok kuradigan boʼlsak, kuyidagicha turkumlash mumkin:
Foizli xarajatlar

  • Talab qilib olinguncha depozitlar boʼyicha

  • Jamgarma depozitlar boʼyicha

  • Muddatli depozitlar boʼyicha

  • Depozit sertifikatlar boʼyicha

  • Xukumat hisobvaraklari boʼyicha OʼzR MBiga toʼlanadigan hisobvaraklar boʼyicha

  • Boshqa banklarga toʼlanadigan hisobvaraklar boʼyicha

  • Boshqa karz mablaglari buycha

  • Chikarilgan karz qimmatli kogʼozlari boʼyicha

  • REPO bitimlari boʼyicha

  • Boshqa foizli xarajatlar

Foizsiz xarajatlar

  • Xorijiy valyutalarda koʼrilgan zararlar

  • Tijorat operatsiyalaridan koʼrilgan zararlar

  • Qaram xoʼjalik jamiyatlariga, qoʼshma korxonalarga va shoʼʼba xoʼjalik jamiyatlariga qilingan investitsiyadan koʼrilgan zararlar

  • Investitsiyalardan koʼrilgan zararlar

  • Boshqa foizsiz xarajatlar

Operatsion xarajatlar

  • Bank xizmatchilarining ish haqi va ular uchun qilingan boshqa xarajatlar

  • Ijara va taʼminot xarajatlari

  • Xizmat safari va transport xarajatlari

  • Maʼmuriy xarajatlar

  • Reprezentatsiya va xayriya

  • Eskirish xarajatlari

  • Sugʼurta, soliq va boshqa xarajatlar

  • Koʼrilishi mumkin boʼlgan zararlarni baholash

  • Daromad soligini baholash

Tijorat banklari foizli xarajatlari ichida jalb kilingan depozitlar boʼyicha xarajatlar salmokli urin egallaydi. Bu xarajatlar xam foizli daromadlar singari kunlik hisoblab boriladi, yaʼni depozitlar boʼyicha foizlar xar kuni hisoblab yoziladi va kuyidagi buxgalteriya oʼtkazmasi yordamida aks ettiriladi:
Depozit summasi(koldigi) x foiz stavkasi x amaldagi kunlar soni
365
Dt 50100-51100 Depozitlar boʼyicha foizli xarajatlarning tegishli hisobvaragi;
Kt 22402 “Talab qilib olunguncha saklanadigan depozitlar boʼyicha toʼlash uchun hisoblangan foizlar”.
Bank operatsiyalarni bajarish bilan bogʼliq boʼlgan xarajatlar operatsion xarajatlar deyiladi. Ularni toʼgʼri yoki oʼzgaruvchan xarajatlar deyish mumkin. Chunki, xarajatning kattaligi bank amalga oshirgan operatsiya hajmiga toʼgʼridan toʼgʼri bogʼliq boʼladi.
Tijorat banklarining xarajatlari strukturasi ishlab chiqarish korxonasinikiga nisbatan boshqacha boʼladi. Banklarda hom-ashyo va materiallarga katta xarajatlar yoʼq, ekspluatatsiya va asosiy vositalarning xizmatlariga xarajatlar qiyosan unchalik katta emas, hattoki ish haqiga toʼlov ham tijorat banklari xarajatlariniig umumiy summasida katta ulushga ega emas. Bank xarajatlari strukturasi koʼproq savdo-vositachilik korxonalari xarajatlari strukturasini eslatadi. Mablagʼlarni joylashtirishda daromad olish uchun, avvalo, bu mablagʼlarni jalb qilish kerak. Kredit va qoʼyilmalarning bir qismi bankning oʼz mablagʼlari hisobidan amalga oshiriladi, kredit resurslarining asosiy qismini jalb qilingan mablagʼlar tashkil qiladi. Jalb qilingan mablagʼlarga esa bank foiz toʼlashi kerak. Odatda, tijorat banklari xarajatlarining katta qismini jalb qilingan mablagʼlarga xarajatlar tashkil qiladi. Bu toʼlovlar foiz shaklida amalga oshirilganligi uchun, bu xarajatlar foizli deyiladi.
Kredit faoliyati bilan aktiv ishlaydigan universal tijorat banklarida foizli xarajatlarining ulushi hamma xarajatlarining deyarli 70% ini tashkil etishi mumkin. Foizli xarajatlarning kattaligi va ularning xarajatlar umumiy hajmidagi ulushi bank passivlari tuzilishiga bogʼliq. Аholi omonatlari va banklararo kreditlar bank uchun qimmatli hisoblanadi. Shuningdek, banklar yuridik shaxslar depozitlari va chiqarilgan qarz majburiyatlariga (obligatsiya, foizli veksellar va depozit sertifikatlari) nisbatan katta foizlar toʼlaydi. Bank uchun eng arzon xarajat boʼlib, yuridik shaxslarning hisob-kitob va joriy schetidagi, jismoniy shaxslarning talab qilib olinguncha hisobrakamidagi mablagʼlari hisoblanadi.
Bank majburiyatlari strukturasida bu mablagʼlar ulushi qancha koʼp boʼlsa, foizli xarajatlar shuncha kam boʼladi va bank foydasi koʼpayadi.
Bank foizli xarajatlarini uning umumiy hajmiga nisbatan oʼsishi, bankning kredit resurslarini oladigan bozor konʼyunkturasining yaxshimasligidan yoki bankning bu bozorlardagi raqobat mavqeini yomonlashganidan dalolat beradi Foizli xarajatlarning oʼsishi, foizli daromadlarning adekvat oʼsishi bilan yonma-yon borsa,bu xol normal hisoblanadi. Foizli daromadlarning oʼsish surʼati foizli xarajatlarning oʼsishidan oshib ketsa, bu hol bank uchun ideal hisoblanadi.
Odatda, moliya bozoridagi operatsiyalar boʼyicha xarajatlarni alohida guruhga ajratishadi. Bank bu bozorlardan qimmatliklarni realizatsiya qilish boʼyicha daromadlar oladi (qimmatli qogʼozlar, chet el valyutalari, qimmatli metallar va boshqalar), xarajatlarga esa, qimmatliklarni olish uchun ketgan sarflar kiradi. Bank koʼponli obligatsiya sotib olayotganida yigʼilgan koʼponli daromadlarni toʼlashiga toʼgʼri keladi. Koʼponsiz qimmatli qogʼozlar odatda, diskont bilan sotib olinadi. Moliya bozori konʼyukturasi yomonlashganda, qimmatbaho qogʼozlar, chet el valyutasi va boshqa mulklarni qayta baholash natijasida, bank anchagina xarajatlar koʼrishiga toʼgʼri keladi.
Bank faoliyatini taʼminlash boʼyicha harajalar. Bankni funktsio-nallashtirishni taʼminlash bilan bogʼliq, ammo aniq operatsiyalarga toʼgʼridan-toʼgʼri bormaydigan xarajatlar bu guruhga kiradi. Iqtisodiy nazariyada ularni egri yoki shartli-doimiy xarajatlar deyiladi.
Аktivlari hajmi kichik va oʼrta boʼlgan banklarda bu xarajatlar summasi unchalik bilinmaydi. Jalb qilingan va joylashtirilgan resurslari hajmi katta boʼlgan yirik banklarda bank faoliyatini taʼminlash boʼyicha xarajatlar umumiy xarajatlarning 40-55% ini tashkil etadi.
Bank faoliyatini taʼminlash boʼyicha xarajatlar tarkibiga quyidagilarni kiritish mumkin:
1. Xodimlarga xarajatlar (ish haqi, oylik mukofotlar, moddiy yordam, xodimlarga har xil imtiyozlar berish, safar xizmati xarajatlari, malakali kadrlarni izlash va oʼqitish boʼyicha xarajatlar va boshqalar);
2. Bino va inshootlarga xarajatlar (ijara, eskirish xarajatlari, binolar taʼmiri va ekspluatatsiyasi, kommunal toʼlovlar, yer soligʼi, mol-mulk soligʼi, binoni qoʼriqlashga xarajatlar va boshqalar)
3. Ish joyini asbob-anjomlar bilan taʼminlashga xarajatlar (sotib olish, taʼmirlash, bank uskunalarini saklash, kompьyuter, mebel, quriq- signalizatsiya, seyf, hisob mashinalari, valyuta detektor lari va boshqalar);
4. Reklamaga xarajatlar;
5. Bank faoliyatini informatsion taʼminlashga xarajatlar (vaqti-vaqti bilan boʼlib turadigan nashrlar, maxsus adabiyotlarni sotib olish va yozilish, informatsion mahsulotlar va tashqi agentlar xizmatiga toʼlovlar, marketing izlanishlariga xarajatlar);
6. Аloqa va telekommunikatsiyaga xarajatlar (aloqa kanallarini oʼtkazish va ijarasi, telefon va internet xizmatiga toʼlovlar va boshqalar);
7. Transport xarajatlari;
Bank faoliyatini taʼminlash boʼyicha boshqa xarajatlar (auditorlik tekshiruvlariga xarajatlar, aktsionerlar yigʼilishini tashkil etishga, notarial va yuridik xizmatlarga toʼlovlar).
Bank faoliyatini taʼminlash boʼyicha xarajatlarni har xil mezonlar boʼyicha quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:

  • joriy xarajatlar va kapital xarakterdagi xarajatlar (asosiy vositalarni sotib olish);

  • ishlab chiqarish va noishlab chiqarish xarajatlar;

  • chiqimlarga tegishli xarajatlar va sof foydadan amalga oshirilgan xarajatlar;

  • meʼyoriy va nomeʼyoriy xarajatlar.

Meʼyoriy xarajatlarga safar xizmati, reklama, kadrlarni tayyorlash va boshqa ayrim xarajatlar kiradi. Bu yerda qonunda koʼrsatilgan meʼyorlar doirasidagi xarajatlar summasi koʼzda tutiladi.



  • Daromad va xarajatlarni guruhlash mos ravishda bank foydasini operatsiya foydasi, qoʼshimcha faoliyatdan olingan foyda, boshqa foydaga boʼlinadi.

  • Operatsiya foydasi (sof operatsiya daromadlari) operatsiya daromadlar va operatsiya xarajatlar oʼrtasidagi farq orqali aniqlanadi. U quyidagicha shakllanadi:

  • Kredit operatsiyalari boʼyicha foyda (zarar) – mablagʼlarni joylashtirishdan olingan foyda va jalb qilingan resurslarga toʼlanadigan foizlar orasidagi farq;

  • Qimmatli qogʼozlar boʼyicha operatsiyalardan olinadigan foyda (zarar) – qimmatli qogʼozlarni joylashtirishdan olingan daromad va qimmatli qogʼozlar bilan operatsiya xarajatlari orasidagi farq;

  • Xorijiy valyutalar bilan bogʼliq operatsiyalardan foyda (zarar) – xorijiy valyutalarni sotishdan olingan daromad bilan ularni sotib olish bilan bogʼliq xarajatlar oʼratsidagi farq;

Tijorat banklari oʼz mijozlaridan kunlik savdo tushumlarini bank kassasiga kirim kilishda Markaziy bankning Inkassatsiya Birlashmasi xizmatidan foydalanadi va bunda ular inkassatsiya xizmati xarajatlarini qiladi. Hozirda bu xarajatlar xam banklar uchun salmokli xarajatlar toifasiga kirmokda.
Bank xodimlari va bank xodimlari boʼlmagan, yaʼni mexnat bitimi asosida ishlovchi xodimlar bajargan ishlari uchun ish haqi toʼlash xarajatlari, amaldagi qonunlarga muvofiq navbatdagi va qoʼshimcha taʼtillar pulini, shuningdek, tibbiy koʼriklardan oʼtish davlat majburiyatlarini bajarishlar uchun sarflangan vaqt evaziga haq toʼlash kabi xarajatlar qiladi.
Bundan tashqari banklarning foizga dahli yoʼq xarajatlariga bank sohasida malakali kadrlar tayyorlashda qiladigan xarajatlari kiradi. Tijorat banklari oliy oʼquv yurtlari bilan kelishilgan shartnomadagi mablagʼlarni toʼlab bank sohasiga malakali kadrlar tayyorlash, bank xodimlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash xizmatlari uchun haq toʼlaydi. Bunda banklar nomoddiy aktiv shakllantiradi va bu kelajakda oʼz samarasini beradi.
Boshqa xarajatlar kategoriyasiga koʼzga tutilmagan hollarda boʼladigan tasodifiy xarajatlar kiradi. Boshqacha qilib aytganda,bank faoliyatidagi risklarni qoplashga ketgan xarajatlar deyish mumkin. Bu xarajatlar bank tizimi smetasiga qoʼshiladi yoki oldingi davrdagi koʼzda tutilmagan xarajatlar darajasidan kelib chiqqan holda, smetada aniq bir summa nazarda tutiladi. Boshqa xarajatlarga quyidagilar kiradi:

  • shtraflar, penyalar, jarimalar;

  • hisobot davrida chiqqan oʼtgan yilgi xarajatlar;

  • bank mulkini realizatsiyasi boʼyicha xarajatlar;

  • mijoz noroziligi boʼyicha toʼlangan toʼlovlar;

  • boshqa xarajatlar.

Odatda, bank daromadlarining 2/3 qismi foizli xarajatlarga, berilgan kreditlar boʼyicha yoʼqotishlarni qoplashda, soliqlarni toʼlashga, kutilayotgan foydaga va sarmoyaning oʼsishiga sarflanadi. Xarajatlarga likvidlilik kabi ustama foiz oʼzgarishlari passivlar tarkibi va xususiy kapital hajmi taʼsir qiladi. Oʼz navbatida, bank xarajatlari tarkibidagi oʼzgarishlar aktivlar daromadligiga ham oʼzgarishlar kiritishni talab qiladi. Xarajatlarni toʼgʼri hisoblash banklarga muqobil konservativ resurslar narxlarini taqsimlash va bank aktivlarini aniq baholash hamda xarajatlarni qoplab, aktsiyadorlar uchun daromadlarni toʼgʼri taqsimlash imkonini beradi. Xarajatlarni baholashga kreditlar ustama foizlarini belgilashning asosiy omili sifatida qarash kerak.




  1. Yüklə 53,8 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin