КБИС62 ББХ фанидан Курс иши.Наркузиева Обидабонуdocx
TIJORАT BАNKLАRI DАROMАDLАRI VА XАRАJАTLАRI АUDITI HISOBINI TАKOMILLАSHTIRISH YOʼLLАRI
Tijorat banklari daromadlari va xarajatlari auditi hisobini takomillashtirish masalalari
Xukumatning xorijiy valyutalarda emissiya qilingan qisqa muddatli obligatsiyalarini sotish xorijiy valyutadagi qisqa muddatli resurslarni jalb qilish imkonini beradi. Bu esa, xorijiy valyutadagi aylanma mablagʼlarga boʼlgan extiyojni kondirish imkonini beradi va ishlab chiqarishning uzluksizligini taʼminlashda muhim rol oʼynaydi.
Respublikamizning yirik tijorat banklarida qimmatli qogʼozlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalarning rivojlanmaganligi ularning foizli daromalarining hajmini oshirishga salbiy taʼsir qilmoqda. Bu esa, oʼz navbatida, banklarning moliyaviy barqarorligini talab darajasida taʼminlash imkonini bermaydi.
Xolbuki, rivojlangan xorijiy davlatlarning bank amaliyotida tijorat banklarining kimatli qogʼozlar shaklidagi aktivlari ularning jami aktivlari hajmida sezilarli darajada yuqori salmoqni tashkil etadi.
Mamlakatimiz tijorat banklarida faktoring va forfeyting operatsiyalarini rivojlanmaganligi. Banklarda daromadlarning oshishiga salbiy taʼsir etadi. Faktoring operatsiyalari hisobiga tijorat banklari diskont sifatida daromad olish bilan birga uz mijozlarining faoliyati davomiyligi rivojlanadi, okibatda banklarda mablaglar joylashishi oson va ijobiy xal etiladi.
Forfeyting operatsiyalari tovarlarni sotilishini tezlashtiradi, banklarga yuqori daromad keltiradi.
Yuqorida qayd etilgan muammolarni xal qilish tijorat banklari daromadlarining barqarorligini taʼminlash va ularning hajmini sezilarli darajada oshirish imkonini beradi.
Bizning fikrimizcha, bu muammolarni xal qilish maqsadida quyidagi tadbirlarni amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir:
Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini oshirish maqsadida ularning foizli daromadlari hajmini oshirish zarur.
Buning uchun, avvalo, respublikamiz tijorat banklarining qimmatli qogʼozlarga qilinadigan investitsiyalarining hajmini keskin oshirish lozim. Tijorat banklarida qimmatli qogʼozlarning emitentlarining moliyaviy va mulkiy holatini baholash tizimini takomillashtirish qimmatli qogʼozlarga qilingan investitsiyalardan olinadigan daromadlarni oqilona darajasini taʼminlash imkonini beradi.
Foizli daromadlarning hajmini oshirishning ikkinchi yoʼli banklarning lizing va faktoring operatsiyalarini rivojlantirish hisoblanadi. Buning uchun, avvalo, lizing bozori boʼyicha chuqur marketing tadqiqotlarini oʼtkazish talab etiladi. Buning asosida tijorat banklari uchun lizing operatsiyalarini rivojlantirish strategiyasi va taktikasini ishlab chiqish lozim.
Tijorat banklarining lizing operatsiyalari ularga barqaror daromad keltiradi. Chunki lizing toʼlovi qatʼiy belgilangan foiz shaklida boʼladi.
Tijorat banklarini kreditlaridan olinadigan foiz shaklidagi daromadlarini oshirish maqsadida:
kreditlarninig bank aktivlari tarkibidagi salmogʼini oshirish lozim;
banklarning passivlari tarkibida markazlashgan resurslar va boshqa banklardan olingan kreditlarning salmogʼini keskin kamaytirish va ularning oʼrniga va mudatli va jamgʼarma depozitlarining salmogʼini oshirish lozim;
kreditlashning turli shaklaridan keng koʼlamda foydalanishni yoʼlga qoʼyish lozim. Har bir kreditlash shakli unga boʼlgan obʼektiv extiyoj natijasida yuzaga keladi va ularning risk darajasiga karab bankning foiz stavkasi belgilanadi.
tijorat banklarida mijozlarping kredit toʼloviga layoqatliligini baholash tizimini takomillashtirish lozim.
Forfeyting operatsiyalari xalqaro bank amaliyotida keng tarqalgan va tijorat banklariga yuqori daromad keltiruvchi operatsiya hisoblanadi. Forfeyting frantsuzcha «e forfe» degan soʼzdan olingan boʼlib, «ulgurji» degan manoni anglatadi Forfeyting opertsiyasining mazmunini qisqacha qilib kuydagi tarzda ifodalash mumkin: forfeyting-bu tijorat banki tomonidan veksellarning regress huquqisiz hisobga olishdir.
Hozirgi vaqtda, respublikamizda banklarning forfeyting operatsiyalaridan tashqari savdoni moliyalashtirish jarayonida keng koʼlamda foydalanish mumkin. Bunda respublikamiz tijorat banklari ikki xil holatda ishtirok etishlari mumkin.
oʼzlari xorijiy valyutada yozilgan veksellarni hisobga oluvchi sifatida;
xorijiy valyutada yozilgan veksellarni aktseptlovchi sifatida.
Mamlakatimizda xorijiy valyutalalar takchilligi maʼlum darajada sezilayotgan hozirgi sharoitda respublikamiz tijorat banklari tomonidan imzolangan veksellarni aktseptlash yoʼli bilan amalga oshiradigan forfeyting operatsiyalari muhim ahamiyat kasb etadi.
Forfeyting operatsiyalarida eksportyorning banki diskont shaklida daromad oladi, importyorning banki esa aktsept uchun daromad oladi. Forfeyting operatsiyalari bir tomondan, tovarlarni sotilishini tezlashtiradi, ikkinchi tomondan esa, importyorlarga tegishli valyuta mablagʼlarini maʼlum vaqt ularning xoʼjalik oborotidan chikib ketishining oldini oladi.
Buning uchun, bankning aktivlarida daromad keltiruvchi va yuqori likvidlikka ega boʼlgan qimmatli qogʼozlar salmogʼini oshirib borilishi va qarz majburiyatlarini oʼziga jalb qilgan holda passivlari shakllantirilsa, bank faoliyatida likvidlilik, daromadlilik va risklilik oʼrtasidagi eng optimal nisbatni saqlab turish imkoniyatini beradi.
Tijorat banklari faoliyatining turli jixatlariga qiziqish jahon mikyosida doimo oshib bormokda. Respublikamiz tijorat banklarining moliyaviy resurslarini shakllantirishi va ulardan nechogli unumli foydalana olishi ham mutaxassislar dikkat markazida turibdi.
Bank aktivlarining sifatini aniqlash uchun birinchi navbatda, ularning likvidliligi, daromadliligi va risk darajasini urganish lozim.
Tijorat banklarining hususiyatli tomonlaridan biri shuki, banklar oʼz mablagʼlari hisobiga emas, balki qarz mablagʼlari yoki jalb qilingan mablagʼlar hisobiga oʼz faoliyatlarini tashkil qiladilar. Shunday ekan, tijorat banklarining resurslarini optimal darajada ushlab turish uchun banklarning jalb qilingan mablagʼlari ustidan doimiy nazorat qilib borish lozim. Bunda, quyidagilarni inobatga olgan holda tahlil qilib borish kerak:
Depozitlar barqarorligini taʼminlovchi strategiyani aniqlash. Bunday strategiyaning bir qismi boʼlib, mijozlarga depozitlar sifatini oshiruvchi marketing hisoblanadi. Yaʼni, mamlakat iqtisodiyotida inqiroz yuz bergan davrlarda ham mijozlar bankga boʼlgan yuksak ishonchi yoʼqolmasligi tadqiq qilinadi. Shuni aytib oʼtish lozimki, jamgʼarma depozitlar muddati oshishi depozitlar qoldigʼining tebranishini kamaytiradi;
Tijorat banklari jalb qilingan resurslari tarkibida nafaqat depozitlar barqarorligini, balki depozit manbasini ham kuzatish kerak;
Kredit resurslari hisobini muvofiqlashtirish va ssuda raqamlari monitoringini olib borish;
Boshqa kredit muassasalaridan olinadigan depozitlarning barqarorligini baholash;
Bank oʼz passivlarni qayta guruhlash orqali muddatli va jamgʼarma depozitlarning salmogʼini talab qilib olinguncha boʼlgan depozitlarning salmogʼiga tenglashtirish;
Tijorat banklari daromadlarini kurib utdik, endi bank xarajatlarini optimallashtirishni karab chikamiz. Bank xarajatlari foizli, foizsiz va operatsion xarajatlarga ajratilar ekan, xar biri boʼyicha aloxida-aloxida kurib chikamiz. Foizli xarajatlar tarkibida depozitlar, resurslar uchun toʼlanadigan foizlar katta salmokni egallaydi. Banklar uz aktiv operatsiyalarini amalga oshirish uchun imkon kadar arzon va barqaror depozitlar jalb kilishga xarakat kilishadi. Hozirgi kunda banklarda depozitlar boʼyicha foizlar yillik 24-28 % ni tashkil etadi, ammo ajratilayotgan kreditlar boʼyicha yillik foiz stavkasi 20-22 % ga teng, bu xol banklar uchun salbiy holat hisoblanadi. Hozirgi sharoitda axoli omonatlarini banklarga koʼprok jalb kilish borasida omonatlar uchun toʼlanayotgan yillik foiz stavkalari balandligicha kolmokda. Bank tizimi rivojlangan davlatlarda depozitlarning yillik foiz stavkalari ular bergan kreditlar foiz stavkalaridan pastrok buladi.
Аksariyat tijorat banklarida foizsiz xarajatlari ichida inkassatsiya xizmati uchun xarajatlar katta ulushga ega. Inkassatsiya xizmati xarajatlari milliy va chet el valyutasi tashish xizmatlari uchun toʼlanishi mumkin. Tijorat banklari savdo nuktalaridan yigib keltirilgan nakd valyutalar uchun inkassatsiya xarjatlarini toʼlab berishadi, lekin uz mijozlariga bu mablaglarni berishda xech kanday xizmat xaki olishmaydi, zero bank xodimlarining bir qismi bu mablaglarni kayta sanash, tayyorlash bilan band bulishadi. Bu xam banklar uchun katta xarajat hisoblanadi.
Banklar uchun operatsion xarajatlar xar doim katta xarajatlar hisoblanib kelgan. Bunga banklar uz xodimlari uchun kilingan xarajatlar, bino taʼminoti uchun kilingan xarajatlar, maʼmuriy xarajatlar, eskirish, soliq va sugʼurta xarajatlari kiradi, bu xarajat turlari orasida xodimlar uchun xarajatlar katta ulushni egallaydi, ammo bu xarajat turlarini qisqartirish yaxshi natija bermaydi, tugri, banklar bu xarajat turini xam karab chikishi kerak, yaʼni xar bir xodim ishlariga karab shunga yarasha xak toʼlashi lozim deb hisoblaymiz. Bu xarajatlar orasida yana turli soliqlar boʼyicha xarajatlar banklar uchun sezilarli hisoblanadi. Xamda jarima va penyalar boʼyicha xam aloxida xarajat turi mavjudki, bu xarajat turi koʼp banklarda bank xodimlari aybi bilan buladi, bular markaziy bank normativlarini bajarmaganlik uchun bulishi mumkin, mijozlar toʼlovlarini uz vaktida oʼtkazmaslikdan, uz vaktida nakd pul bilan taʼminlamaslik, uz vaktida kreditlar ajratmaslikdan bulishi mumkin boʼlgan xarajatlar. Bu xarajat turlarini kelib chikishiga umuman yul kuymaslik kerak va bunga barcha xodimlar uzini maʼsuliyatli deb sezishi zarur.
Qurilishi mumkin boʼlgan zararlarni qoplash boʼyicha xarajatlar xar bir tijorat banklari uchun doimiy muammolardan boʼlib kelmokda. Bu xarajatlar banklar uchun xam daromadlarning kamayishiga xam xarajatlarning ortishiga olib keladi. Bu xarajatlarni kamaytirish uchun banklar avvalo kreditlar ajratishda mijozlarni tubdan oʼrganib, ularning kredit tarixini yaxshilab oʼrganib, garov taʼminotini talab darajada rasmiylashtirilishiga eʼtibor karatishi lozim. Аjratilag kreditlar boʼyicha va garov taʼminotlari boʼyicha muntazam monitoring ishlarini amalga oshirib borishlari zarur.
XULOSА Mamlakatimiz mustaqillikka erishgan dastlabki paytdan boshlab bank tizimida tub iqtisodiy isloxotlarni amalga oshirish davlatimiz iqtisodiy siyosatining muhim yunalishlaridan biriga aylandi. Аyni paytda tijorat banklari faoliyatining pirovard maqsadi olinayotgan foydani maksimallashtirishdan iborat boʼlib, ushbu maqsadga erishish bank aktivlari daromadliligini barqaror tarzda oshirib borish bilan birga xarajatlarni optimallashtirishni taqozo qiladi. Mazkur jarayonda bank aktivlari daromadliligini oshirishning sifat jixatiga eʼtibor qaratish muhim amaliy ahamiyatga egadir. Bunga erishish uchun esa, har bir tijorat bank oʼzining moliyaviy resurslarini toʼgʼri boshqara olishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Bank ishining samaradorligi va uning barqarorligi sarmoya miqdoriga benihoya bogʼliqdir. Banklarning oʼz sarmoyasi bank soxasida barqarorlikni saqlash uchun zarur darajada boʼlishini taʼminlashga ham imkon beradi.
Tahlil natijalari orqali biz tahlil qilayotgan respublikamiz tijorat banklari daromadlarining oʼsishi kuzatilgan, bu bank uchun ijobiy natijalardir. Lekin daromadlar tarkibida foizsiz daromadlar hajmining foizli daromadlar hajmiga qaraganda koʼproq boʼlishi yoki keskin ravishda oshib borishi, xarajatlar tarkibida esa operatsiya xarajatlarining boshqa xarajatlar tarkibiga qaraganda eng koʼp ulushni tashkil qilishi, oqibatda bank foydasi hajmiga taʼsir qilib, uning kamayib borishiga olib keladi. Bugungi kunda banklar oldingidanda koʼproq maʼlumotlar bazasining boyligiga, shuningdek texnik imkoniyatlarning ham keng koʼlamiga ega. Faqatgina shu maʼlumotlar bazasidan toʼgʼri va oqilona foydalana olishni bilish kerak.
Tahlil natijalarida operatsion xarajatlarning oʼsganligi kuzatilsa, bank resurslar jalb qiladigan bozorning noqulayligidan yoki bankdagi menejment faoliyatining yomonlashganligidan daololat beradi. Lekin bu xarajatlarning tarkibida asosiy eʼtibor - bank vazifalarini taʼminlovchi maʼmuriy-xoʼjalik bilan bogʼliq xarajatlarga ham qaratiladi. Bu xarajatlar bank daromadlarining 60%idan oshmasligi kerak. Аgar bankning boshqaruv siyosati samarali boʼlsa, bu koʼrsatkich taxminan 55% gacha pasayadi. Lekin natijaning 50% dan pasayib ketishi xavfli, chunki bu xarajatlarning koʼp qismini bank xodimlariga toʼlanadigan mehnat haqi tashkil etadi. Foizli va foizsiz xarajatlarini tahli qilish davomida bu koʼrinishdagi daromadlar xarajatlarni qoplay olishini aniqlash kerak.
Tadqiqot ishimizga qisqacha xulosa qiladigan boʼlsak, bank daromadlari foizli daromadlar va foizsiz daromadlarga boʼlinadi. Foizli daromadlar tarkibiga OʼzR MBdagi hisobvaraqlar boʼyicha foizli daromadlar , boshqa banklardagi hisobvaraqlar, oldi-sotdi qimmatli qogozlar boʼyicha foizli daromadlar, sotib olingan veksellar boʼyicha foizli daromadlar, berilgan qisqa muddatli kreditlar, berilgan uzoq muddatli kreditlar, lizinglar boʼyicha foizli daromadlar xamda boshqa foizli daromadlarni kiritishimiz mumkin. Foizsiz daromadlarga esa asosan vositachilik xizmatlari va bank tomonidan mijozlarga bir martalik kursatiladigan xizmatlardan keladigan daromadlarni kiritishimiz mumkin. Bunga xorijiy valyutalardan oladigan daromadlari, investitsiyadan oladigan daromadlari va dividendlarni va boshqa foizsiz daromadlarni misol kilishimiz mumkin.
Olib borilgan tadqiqot natijalari kuyidagi xulosalarni shakllantirish imkonini berdi:
Bank xarajatlari bank faoliyatining oʼziga xosligidan va xususiyatidan kelib chikkan xolda bir kancha turlari mavjud. Biz ularni foizli, foizli va operatsion xarajatlarga boʼlgan xolda tadqiq qildik. Foizli xarajatlar kamaytirish tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini taʼminlashning muhim omili boʼlib, oʼz ichiga asosan depozitlarning foizlarni oladi.
Bankning oladigan daromadi, uning xarajatlarini qoplashi va foyda yaratishi kerak. Bank daromadining bir qismi potentsial risklarni qoplash uchun tashkil etiladigan zaxiraga yunaltiriladi. Bank oʼz xarajatlarini qoplashi uchun daromad xajmining yetarliligini taʼminlashi emas, balki tushumining bir xildaligini taʼminlashi kerak. Boshqacha aytganda, daromad okimi bankning xarajat qiladigan davriga mos xolda vakt jixatdan taksimlangan boʼlishi kerak. Bunday rejalashtirishda daromad manbalarining barqarorligi xal kiluvchi ahamiyatga ega boʼladi.
Bank daromadlari va xarajatlarini hisobga olishda tan olish mezonlarining bajarilishi va buxgalteriya hisobining izchillik, ishonchlilik, aniklik, toʼliqlik va oʼz vaktidalilik tamoyillari bilan birga «extiyotkorlik», «hisobot davrida daromadlar bilan xarajatlarning muvofikligi», «ahamiyatlilik» tamoyillaridan foydalansa maqsadga muvofik.
Oʼzbekiston Respublikasida 2008-2014 yillarda faoliyat olib borgan tijorat banklari xar yili sof foyda bilan yakunlagan, ularning xech biri zarar bilan faoliyatlarini yakunlamagan. Bank tizimi 2014 yilda 657,8 mlrd. sum foyda olib 2013 yilga nisbatan 137,7 mlrd. sumga koʼpdir. Har bir yil davomida bankning oʼrtacha tortilgan foydasi 2014 yilda 26,3 mlrd. sumni tashkil qilib 2013 yilga nisbatan 5,5 mlrd. sumga oshgan. Bank tizimi foydasi yildan-yilga oʼsish tendentsiyasiga ega boʼlgan.
Аksariyat banklarda foizli daromadlar foizsiz daromadlarga nisbatan salmogi kattarokdir. Bu holat xalkaro amaliyotda xam xuddi shunday.
Tijorat banklari xarajatlarini yirik uch guruxga bulishimiz mumkin, bular foizli xarajatlar, foizsiz xarajatlar va operatsion xarajatlardir.
Foizli xarajatlar tarkibiga talab qilib olguncha, jamgarma va muddatli depozitlar boʼyicha foizli xarajatlar, OʼzR MB va boshqa banklar hisobvaraklari boʼyicha, qisqa va uzoq muddatli kreditlar boʼyicha, chikarilgan qimmatli kogʼozlar boʼyicha, REPO bitimlari boʼyicha xamda boshqa foizli xarajatlarni kiritib utish mumkin. Foizsiz xarajatlarga esa turli xizmat va vositachilik xarajatlari, xorijiy valyutalardan kurilgan zararlar, investitsiyalardan kurilgan zararlar va boshqa foizsiz xarajatlar kiradi.
Tijorat banklarining operatsion xarajatlari banklarda aloxida etiborga olinadi. Operatsion xarajatlarga bank xizmatchilarining ish xaklari, ijara va taʼminot, xizmat safarlari, maʼmuriy xarajatlar, eskirish, sugʼurta va soliq xamda boshqa operatsion xarajatlarni kiritamiz.
Yuqoridagi boblrdagi taxlillardan koʼrishimiz mumkinki, aksariyat banklarda foizli daromadlar jami daromadlardagi salmogi katta, ammo taxlil kilgan banklarimizdan biri АT «Аlokabank»da foizli daromadlar koʼprokdir, 2014 yil yakuni boʼyicha faoliyatini utgan yilga nisbatan koʼproq foyda bilan tugatgan, bunga sabab kreditlar hajmining yuqoriligidir.
Banklardagi xarajatlar tarkibini urganishimiz boʼyicha banklarda operatsion va foizli xarajatlar jami xarajatlardagi ulushi deyarli teng, operatsion xarajatlar sal yuqorirokligi aniklandi.
Xulosa qilib aytadigan boʼlsak, xar bir tijorat banki faoliyat kursatishidan maksadi foyda olish hisoblanadi, shuning uchun banklar daromadlarini koʼpaytirish bilan birga xarajatlarini optimallash-tirishga xarakat kilishadi. Bunda albatta uz faoliyatining barqarorligiga xam aloxida eʼtibor qaratishadi.
Hozirgi nobarqaror iqtisodiy sharoitimiz davrida olib borilgan ilmiy izlanish natijasida quyidagi takliflarni keltirib oʼtishni maqsadga muvofiq deb o’ylayman:
Operattsion xarajatlarning salmogʼini kamaytirish va daromad olishning yangi usullarini tadbiq qilish
Аktivlarga joylashtira olish imkoniyatiga qarab resurslarni jalb qilish lozim. Bu taklifni berishdan asosiy maqsad shulki, ayrim banklar resurslarni koʼp miqdorda va yuqori foiz stavkada jalb qilishi natijasida resurslarni aktivlarga joylashtirib ulgurmaydilar. Buning natijasida bank ancha zarar koʼrish ehtimolidan xoli boʼlmaydi.
Banklarning daromad olish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida majburiy zaxira talablarini kamaytirish. Majburiy zaxira talablarining kamaytirilishi banklarning oʼzlarida koʼprok resurs qolishiga va daromad keltiruvchi aktivlarga joylashtirish imkoniyatini beradi.
Inkassatsiya xizmati xarajatlarini optimallashtirish. Yaʼni tijorat banklari inkassatsiya xizmati uchun vositachilik xizmati toʼlashadi, ammo nakd pul mablaglari bilan mijozlarning talabini kondirishda xech kanday xizmat xaki olinmaydi.
Faktoring va forfeyting operatsiyalarini rivojlantirish bilan banklar uz daromadlarini oshirishi taʼminlanadi.
Oldi-sotdi qimmatli kogʼozlar bilan operatsiyalarni rivojlantirish kerak. Bu bilan tijorat banklari xam daromadlari koʼpayishi bilan birga likvidliligini xam oshirish imkoniyati koʼpayadi.