КБИС62 ББХ фанидан Курс иши.Наркузиева Обидабонуdocx
Tijorat banklari foydasining shakllanish manbalari.
Tijorat banklarining foydasi bu – daromadni xarajat bilan taqqoslash natijasida daromadning ortgan qismi koʼrinishdagi bank faoliyatining yakuniy moliyaviy natijasi. Foydaning hajmi olingan daromad va qilingan xarajat miqdoriga bogʼliq.
Foyda hajmi 2 muhim tarkibiy qismga bogʼliq:
Daromad;
Xarajat.
Bank daromadlari va xarajatlari oʼrtasidagi oʼzaro munosabat foyda miqdorini aniqlaydi.
Bank daromadlari - bank faoliyati natijasida tushgan umumiy tushum miqdori hisoblanadi. Bankning daromadlari asosan aktiv operatsiyalar natijasida yuzaga keladi. Tijorat banklarining daromadlari va ularning manbalari bank faoliyatiga qarab, yaʼni tijorat banklari amalga oshiradigan operatsiyalar nuqtai nazaridan tasniflanishi mumkin. Faoliyatlarning har bir turi bank ushbu operatsiyalarda qanday vaziyatda qatnashishiga qarab ajralib turadi. Faoliyat turlarining baʼzilari aktiv operatsiyalarga kirsa baʼzilari esa passiv operatsiyalarga kiradi. Daromadlar har bir faoliyat turidan turlicha kelishi mumkin. Аktiv operatsiyalardan keladigan daromad umumiy daromadlarning asosiy salmogʼini tashkil etadi. Bank aktiv operatsiyalarining eng asosiysi boʼlgan bu faoliyatdan olingan daromad jalb qilingan resurslar hisobidan berilgan kreditlar boʼyicha olingan foizlar bilan jalb qilingan resurslar boʼyicha bank tomonidan toʼlangan foizlar oʼrtasidagi farqdan iboratdir. Shu bilan birgalikda, aslida bu yerda mana shu operatsiyalar hissasiga toʼgʼri keladigan, bank tomonidan amalga oshiriladigan moddiy xarajatlarni ham hisobga olish kerakdir.
Tijorat banklarining faoliyatiga diqqat bilan nazar soladigan boʼlsak, «bank pul mablagʼlarini mijozlarga joylashtirishdan olingan foizlar bank faoliyatidan olingan daromadlar»ga mos tushishini aniqlashimiz mumkin. Shu bilan birgalikda barcha operatsiyalar boʼyicha tijorat bankining daromadi pul mablagʼlari tushumi bilan oʼsha operatsiyalarni amalga oshirish bilan bogʼliq boʼlgan moddiy xarajatlar oʼrtasidagi farqdan iborat ekanligi ham esdan chiqmasligi lozim. Maʼlumki, tijorat banklari hisob-kitob operatiyalarini, hisob-kassa xizmatini koʼrsatish va fond operatiyalari boʼyicha ham maʼlum daromadga ega boʼladilar. Tijorat banklari daromadining mohiyati va boshqa moliyaviy institutlaridan farqlanib turuvchi xususiyati - bank pul resurslarini tashkil etib va ularni yuqori daromadli bank portfellarini yaratish layoqati bilan xususiyatlanadi.
Banklar mijozlarning hisobidan ularning topshiriqlarini bajarish bilan bogʼliq komission operatsiyalarni ham olib boradilar. Bunday komission operatsiyalar mamlakat ichida yoki bir mamlakatdan boshqa mamlakatga pul oʼtkazishda, bank oʼz mijozlariga ularning hisob-kitob, joriy, valyuta, qarz va boshqa hisobvaraqlarini ochish hamda yuritish boʼyicha koʼrsatadigan xizmatlar, naqd pul berish (olish) shuningdek axborot, maslahat, ekspertiza hamda boshqa xizmatlar koʼrsatishda yuzaga keladi va ulardan olinadigan haqlar ham bank daromadini tashkil etadi. Bundan tashqari banklar investitsiya boʼyicha, yaʼni qimmatli qogʼozlarni sotib olish orqali ham yuqori daromad oladilar. Tijorat banklari qimmatli qogʼozlar chiqarish va joylashtirish bilan ham shugʼullanishi mumkin. Yaʼni, bank qimmatli qogʼozlar chiqarish, xarid qilish, sotish, hisobini yuritish va ularni saqlash, mijoz bilan tuzilgan shartnomaga asosan qimmatli qogʼozlarni boshqarish, qimmatli qogʼozlar bilan boshqa operatsiyalarni bajarish orqali daromad koʼradi.
Tijorat banklari oʼz xoʼjalik faoliyatini amalga oshirishi uchun anchagina xarajatlar sarflanishini talab qiladi, lekin xarajatlardan tashqari bank faoliyatining natijasi sifatida daromadlar vujudga keladi. Daromad va xarajatni taqqoslash natijasida bankning foyda yoki zarar koʼrinishidagi moliyaviy natijasi yuzaga keladi. Foydalilik tushunchasi bankning xoʼjalik-moliyaviy tijorat bilan bogʼliq barcha sohalarining haqiqiy yakuniy natijasini oʼzida aks ettiradi. Daromadlar hisobiga bankning barcha operatsion xarajatlari qoplanadi, toʼlanadigan dividendlar hajmini aniqlash, oʼz mablagʼlarini oshirish, aktiv va passiv operatsiyalari rivojlanishi uchun bank foydasi shakllantiriladi.
Daromadlarning xarajatlarga qaraganda koʼproq boʼlishi bank foydasi uchun muhimdir. Jahon ekspertlarining fikriga koʼra, bank foydasining oshishida bank yalpi daromadining kamida 70 foizini foizli daromadlar tashkil qilishi kerak.
Odatda, foyda soliq toʼlagunga qadar yalpi foyda va sof foydaga boʼlinadi. Bank tomonidan erishilgan yalpi foyda bank asosiy fondlarining oshishiga va yangilanishiga zamin yaratadi, bank balansining moliyaviy barqarorligi va likvidligini taʼminlaydi. Balansdagi foyda faqatgina bank faoliyatining oraliq davrdagi moliyaviy natijasini koʼrsatadi. Bank sof foydasi bankning barqaror ishlashini taʼminlovchi asosiy element hisoblanadi, yaʼni u barcha xarajatlar qoplangandan keyin qoladigan daromad qoldigʼi, rezervlar shakllanishi va foyda hisobiga soliqlar toʼlanishi mumkin boʼlgan bankning yakuniy moliyaviy koʼrsatkichidir.
Bankning bank operatsiyalaridan oladigan moliyaviy natijasi operatsiya foydasi (zarari) deb ataladi. Bu bank foydasining asosiy manbasi. Nobank faoliyatidan olingan moliyaviy natijalar operatsiya bilan bogʼliq boʼlmagan foyda deyiladi, operatsiya bilan bogʼliq boʼlmagan foyda salbiy yaʼni zararli. Ular bankning operatsion foydasi hisobiga qoplanishi kerak.
Daromad va xarajatlarni guruhlash mos ravishda bank foydasini operatsiya foydasi, qoʼshimcha faoliyatdan olingan foyda, boshqa foydaga boʼlinadi.
Operatsiya foydasi (sof operatsiya daromadlari) operatsiya daromadlar va operatsiya xarajatlar oʼrtasidagi farq orqali aniqlanadi. U quyidagicha shakllanadi:
Kredit operatsiyalari boʼyicha foyda (zarar) – mablagʼlarni joylashtirishdan olingan foyda va jalb qilingan resurslarga toʼlanadigan foizlar orasidagi farq;
Qimmatli qogʼozlar boʼyicha operatsiyalardan olinadigan foyda (zarar) – qimmatli qogʼozlarni joylashtirishdan olingan daromad va qimmatli qogʼozlar bilan operatsiya xarajatlari orasidagi farq;
Xorijiy valyutalar bilan bogʼliq operatsiyalardan foyda (zarar) - xorijiy valyutalarni sotishdan olingan daromad bilan ularni sotib olish bilan bogʼliq xarajatlar oʼratsidagi farq;
Shunday qilib, operatsiya foydaning asosiy tarkiblari boʼlib quyidagilar hisoblanadi:
Foizli foyda = foizli daromadlar – foizli xarajatlar;
Komissiya foyda = komissiya daromad – komissiya xarajat;
Boshqa operatsiya foydasi = boshqa daromadlar – boshqa xarajatlar.
Qoʼshimcha faoliyat foydasi – qoʼshimcha faoliyatdan olingan daromad bilan ularni amalga oshirish bilan bogʼliq xarajatlar oʼrtasidagi farq.
Tijorat banklarining daromad va xarajatlarining asosiy qismlari bu foizlar hisoblanadi, u orqali bank foydasi, foizli marja shakllanadi.
Bankning boshqa operatsiya foydasi bankning mijozlarga koʼrsatadigan xizmatlarning rivojlanishi bilan bogʼliq.
Xorijiy mamlakatlarda moliyaviy natijalarning shakllanishi quyidagicha:
jami foizli daromadlar;
jami foizli xarajatlar;
sof foizli daromad yoki foizli marja ( 1-2 yaʼni jami foizli daromadlar – jami foizli xarajatlar);
kreditlar boʼyicha zararlarni qoplash zahirasi;
zahirani baholash chegirib tashlanganidan keyingi sof foiz daromadi ( 3-4 yaʼni sof foizli daromad - kreditlar boʼyicha zararlarni qoplash zahirasi);
jami foizsiz daromadlar;
jami foizsiz xarajatlar;
sof foizsiz daromad yoki foizsiz marja (6-7 yaʼni jami foizsiz daromadlar - jami foizsiz xarajatlar);
soliq toʼlagunga qadar foyda (zarar) (5+8 yaʼni zahirani baholash chegirib tashlanganidan keyingi sof foiz daromadi + sof foizsiz daromad);
soliqlar;
soliq toʼlangandan keyingi sof foyda (9-10 )
Yuzaga kelgan sof foyda hisobidan aktsionerlar umumiy yigʼilishining qaroriga asosan dividendlar toʼlanadi. Sof foydaning dividendlar toʼlangandan keyin qolgan qismi taqsimlanmagan foyda deyiladi.
Taqsimlanmagan foyda – rezerv fondiga ajratma va dividendlar toʼlanganidan keyin qoladigan foydaning bir qismi hisoblanadi.