Tadqiqotning maqsadi va vazifalari. Tadkiqotning maqsadi bank daromadlari va xarajatlarini shakllantirish, ularning tashkil topish manbalari, bank faoliyati daromadliligini oshirish masalalarini nazariy asoslash hamda aniq tavsiyalarni ishlab chiqishdan iboratdir.
Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilandi:
bank daromadining iqtisodiy mazmuni va turkumlanishini tadqiq qilish;
tijorat banklari xarajatlari tarkibi va moxiyatini oʼrganish;
tijorat banklari daromadlarini shakllantirish, hisobga olish tartibi va tahlil qilish;
bank xarajatlarini tahlil qilish;
bank faoliyati daromadliligini taʼminlash, xarajatlari hisobini tashkil etish masalalari boʼyicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.
Mavzuning oʼrganilganlik darajasi. Bank moliyaviy natijalari, yaʼni, daromadlari va xarajatlari, shuningdek, ularning tashkil topish manbalari va ularni yoʼnaltirish masalalari boʼyicha izlanishlar olib borgan xorijiy iqtisodchi olimlardan D.Koks, F.Modilьyani, D.Polfreman, P.S.Rouz, J.Sinki3, MDH mamlakatlari iqtisodchi olimlaridan I.T.Balabanov, Ye.P.Jarkovskaya, Ye.F.Jukov, O.I.Lavrushin, V.M.Usoskin-larning ilmiy ishlarida tadqiq qilingan.
Mamlakatimiz iqtisodchi olimlari tomonidan bank operatsiyalari va xizmatlariga bagʼishlangan qator ilmiy tadqiqotlar Sh.Z.Аbdullaeva, O.F.Аliqoriev, B.T.Berdiyarov, T.I.Bobokulov, А.V.Vaxabov, А.А.Omonov, O.А.Ortiqov, O.B.Sattarovlar5, K.Navroʼzova6, А.Omonov, T.Karaliev7 tomonidan amalga oshirilib, ularning ilmiy ishlarida Uzbekistonda bozor iqtisodiyotiga oʼtish davrida kredit siyosati yoritilgan.
BАNK DАROMАDLАRI VА XАRАJАTLАRI, ULАRNI HISOBGА OLIShNING NАZАRIY АSOSLАRI
Tijorat banklari daromadlarining mohiyati va turlari
Hozirda mamlakatimiz bozor iktisodiyotiga utish sharoitida ishlab chikilgan bozor munosabatlari tamoyillarini tulik ishlashini taʼminlashi asosiy maksadimizdir. Ushbu jarayonda tijorat banklarining barqaror faoliyat yuritishi, yaʼni aktiv operatsiyalaridan oladigan daromadlarini oshirishning samarali tizimini ishlab chikish, pul-kredit siyosati sohasida yuzaga keladigan kamchiliklarining iqtisodiyotning boshqa barcha sohalariga nisbatan salbiy taʼsirini oldini olish chora - tadbirlarini ishlab chiqish katta ahamiyatga egadir. Chunki tijorat banklari xoʼjalik yurituvchi subʼektlarining joriy va investitsiya xarajatlarini qoplashning asosiy manbalaridan biridir. Buning uchun esa, tijorat banklarining daromadlilik mohiyatini chuqur anglab yetish va mahalliy shart-sharoitlarni hisobga olgan holda undan foydalanish masalalarini kengrok tahlil qilish zarurdir.
Tijorat banklarida daromadlar va xarajatlar hisobi hisoblab yozish usulidan foydalaniladi. Yaʼni daromad va xarajatlar shu moliya davri uchun tallukli boʼlsa, demak usha davrda hisoblanib balans hisobotlarida aks ettiriladi. Banklar daromadlar va xarajatlarni hisobga olishda izchillik, ishonchlilik, aniklik, toʼliklik va oʼz vaktidalilik boʼyicha talablarni oʼz ichiga oladigan hisoblab yozish ususini koʼllash boʼyicha taomillarni koʼllashlari kerak. Bu taomillar ushbu talablarni belgilash va koʼllashning tegishli usullari toʼgrisidagi koʼrsatmalarni oʼz ichiga olishi lozim.
Daromadlar deganda, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish faoliyatlaridan kelgan pul tushumi tushuniladi. Tijorat banklari boshqa tijorat korxonalari singari asosiy va qoʼshimcha faoliyatdan, shuningdek, boshqalar kategoriyasiga kiruvchi tasodifiy daromadlar olishi mumkin. Bankning asosiy faoliyati boʼlib, bank operatsiyalarini amalga oshirish va mijozlarga bank xizmatlarini koʼrsatish hisoblanadi. Daromad keltiruvchi boshqa faoliyatlar esa, boshqa daromadlar hisoblanadi.
Daromad manbalarini barqaror va nobarqarorga ajratish mumkin. Mijozlarga har xil xizmatlar koʼrsatish daromadning barqaror manbasi hisoblanadi. Nobarqaror esa, moliyaviy bozordagi operatsiyalaridan, shuningdek, bankning qoʼshimcha faoliyatidan keladigan daromadlar hisoblanadi.
Tijorat banklarining oladigan daromadlari, uning xarajatlarini qoplashi va foyda olishni taʼminlashi shart.
Bank daromadlarining bir qismi yukotishlar oldini olish xamda risklarni qoplash uchun tashkil etiladigan zahiralarga yoʼnaltiriladi. Bank oʼz xarajatlarini qoplashi uchun daromad hajmining yetarliligini taʼminlashi bilan birga tushumining xam bir xildaligini taʼminlashi kerak. Boshqacha aytganda, daromad oqimi bankning xarajat qiladigan davriga mos holda vaqt jihatdan taqsimlangan boʼlishi kerak. Bunday rejalashtirishda daromad manbalarining barqarorligi hal qiluvchi ahamiyatga egadir.
Tijorat banklari hisobot davri daromadlari va xarajatlarining muvofikligini taʼminlashi kerak. Yaʼni joriy oydagi daromadlar va xarajatlar shu oyda balans hisobotlarida aks ettirilishi shart. Shunda tijorat banklari balanslari xakkoniyligi, sofligi taʼminlangan buladi.
Hisobot davrida bankning barcha daromadlarining majmuasi yalpi daromad deyiladi. Odatda, yalpi daromad tarkibida quyidagi daromad guruhlarini ajratishadi;
Operatsion daromadlar:
Foizli daromadlar
Komission daromadlar
Moliyaviy bozordagi operatsiyalardan daromadlar
Boshqa operatsion daromadlar
Bankning qoʼshimcha faoliyatidan daromadlar.
Boshqa daromadlar.
Dostları ilə paylaş: |