Birinchi operatsiya. Kassadan korxona xodimlariga hisobdorlik shartlari bilan 60000 so‘m berildi. Pul berilgandan keyin «Kassa» moddasidagi summa 60000 so‘mga kamayadi va 40100 (101000-60000) so‘mni tashkil qiladi. SHu bilan bir vaqtda pullarning hisobdorlik shartlari bilan berilishi hisobdor shaxsning ushbu korxonaga qarzining paydo bo‘lishiga olib keladi.
Demak, balans aktivida hisobdor shaxsning korxonaga bo‘lgan 60000 so‘mlik qarzi aks ettiriladigan «Debitorlar» moddasi paydo bo‘ladi. Bunda ushbu operatsiya ta’sir etgan har ikkala balans moddasi ham aktivdir. Mazkur xodisadan mablag‘lar aktivining bir moddasidan ikkinchisiga o‘tishigina sodir bo‘ldi. Aktivning jami o‘zgarmaydi va aktiv hamda passiv summalar o‘rtasidagi tenglik saqlanib qoladi. Birinchi operatsiyadan keyin balans quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:
BALANS (birinchi operatsiyadan keyin)
Aktiv
Passiv
Mablag‘lar turi va ularning joylanishi
Summa
Mablag‘lar manbai va ularning tayinlanishi
Summa
Asosiy vositalar
3500000
Ustav kapitali
4000000
Xom ashyo va materiallar
1000000
Foyda
400000
Kassa
41000
Bank krelitlari
200000
Hisob-kitob schyoti
499000
Mol etkazib beruvchi va pudratchilar bilan hisoblashishlar