To‘rtinchi operatsiya. Hisob-kitob schyotidan bankka kredit bo‘yicha qarzni uzish uchun 200000 so‘m o‘tkazilgan. Bu operatsiya hisob-kitob schyotidagi pul mablag‘larining kamayishiga olib keladi va bir vaqtning o‘zida korxonaning kreditlar bo‘yicha qarzining qisqarishiga olib keladi. Demak, balansda «Hisob-kitob» schyoti bo‘yicha summa 299000 (499000 - 200000) so‘mgacha kamayadi va «Bank kreditlari» passiv moddasi bo‘yicha 0 (200000 - 200000) gacha kamayadi, ya’ni bu modda passiv moddasidan chiqarib tashlanadi.
To‘rtinchi operatsiya balans yakunlarini bir miqdordagi summaga kamaytirdi. SHuning uchun balans aktivi va passivi yakuniy summalari o‘rtasidagi tenglik bu operatsiyadan keyin ham saqlanib qoladi.
Bunga o‘xshagan operatsiyalar xo‘jalik faoliyatida ko‘plab uchraydi. Keltirilgan to‘rtta operatsiyalar ularni balansda aks ettirishning sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan hodisalarni o‘z ichiga oladi.
BALANS (to‘rtinchi operatsiyadan keyin)
Aktiv
Passiv
Mablag‘lar turi va ularning joylanishi
Summa
Mablag‘lar manbai va ularning tayinlanishi
Summa
Asosiy vositalar
3500000
Ustav kapitali
4000000
Xom ashyo va materiallar
1250000
Zaxira kapitali
100000
Kassa
41000
Foyda
300000
Hisob-kitob schyoti
299000
Bank kreditlari
-
Debitorlar
60000
Mol etkazib beruvchi va pudratchilar bilan hisoblashishlar
750000
JAMI
5150000
JAMI
5150000
Boshida balansning faqat aktiviga yoki passiviga ta’sir qiladigan voqealar (birinchi va ikkinchi operatsiyalar) ko‘rsatilgan edi. Bunda balansning aktivi va passivini o‘zgartirmaydigan summalarning faqat qayta guruhlantirilishi bo‘lib o‘tgan edi. Bu balans o‘zgarishlarining birinchi va ikkinchi turlaridir. Boshqa operatsiyalar balansning aktiviga ham passiviga ham ta’sir etadi. Bunda har ikkala ta’sir qilinadigan moddalar ularning ko‘payishi (uchinchi operatsiya) yoki kamayishini (to‘rtinchi operatsiya) yuzaga keltiradi.