19
Agar pul ishonchnoma orqali olinadigan bo‘lsa, buxgalteriya orderda
pul olish ishonib topshirilgan shaxsning ismi sharifini ko‘rsatadi. Agar
pul qaydnoma bo‘yicha berilsa, pulni olganligi haqida imzo chek-
tirishdan oldin kassir «Ishonchnoma bo‘yicha» deb yozib qo‘yishi lozim,
tegishlicha rasmiylashtirilgan va tasdiqlangan ishonchnoma kassirda
qoladi va kassa chiqim orderiga yoki qaydnomaga qo‘shib qo‘yiladi.
Ish haqi, vaqtinchalik ish qobiliyatini yo‘qotganlik nafaqasi,
pensiyalar va mukofotlar kassir tomonidan
to‘lov qaydnomalari
bo‘yicha har bir xodimga chiqim orderlarini tuzib o‘tirmasdan beriladi.
To‘lov qaydnomaning titul (birinchi) varag‘iga pul berishga ruxsat haqida
yozuv qayd etiladi, uning tagiga korxona rahbari, bosh buxgalteri yoki
ular vakolat bergan shaxslar imzo chekadi, pul berish muddati va summa
yozuvda ko‘rsatiladi.
Agarda xodimlar ushbu pullarni o‘z vaqtida (ya’ni 3 kun ichida),
olmasa, ular deponentga o‘tkaziladi.
Kirim va chiqim kassa orderi yoki ularning o‘rnini bosuvchi hujjatlar
bo‘yicha pul olinganidan yoki berilganidan so‘ng darhol kassir ularga
imzo chekadi, ilova qilingan hujjatlarga esa «Olingan» (kirim hujjatlariga)
yoki «To‘langan» (chiqim hujjatlariga) shtampi bosiladi yoki so‘zlar
qo‘lda yoziladi va sana, ya’ni kun, oy, yil ko‘rsatiladi. Kassa orderiga
hech qanday o‘zgartirish kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi. Agar unda xato
borligi aniqlansa, kassa orderi boshqatdan rasmiylashtiriladi.
Har bir order yoki uning o‘rnini bosuvchi hujjat bo‘yicha pul
olinganidan yoki berilganidan so‘ng kassir darhol kassa bo‘yicha naqd
pullar harakatini hisobga olish uchun mo‘ljallangan
KO-4 shaklli kassa
daftariga buni qayd qiladi. Kassa jarayonlari kassirning kassa daftarida
ro‘yxatga olinadi. Kunning oxirida kassa daftarida pul qoldig‘i hisoblanib,
varaqning bir nusxasi dastlabki hujjatlar bilan buxgalteriyaga topshiriladi.
Korxona kassasidagi pul mablag‘lari, qimmatbaho qog‘ozlar,
markalar, talonlar bir oyda bir marta yo‘qlama qilish yo‘li bilan ro‘yxatga
olinadi. Kassa muomalalari buxgalteriya hisobida quyidagi schyotlarda
aks ettiriladi:
Dostları ilə paylaş: