BO‘LIM MAVZULARI YUZASIDAN NAZORAT SAVOLLARI 1. Korxonalar buxgalteriya hisobiga qanday vazifalar qo‘yiladi va bu vazifalarga
bozor iqtisodiyoti sharoitida qanday yondoshiladi?
2. Nima sababdan har bir korxona o‘zi uchun alohida hisob yuritish siyosatini
tuzib chiqadi?
3. Buxgalteriya hisobining qanday funksiyalarini bilasiz?
4. Korxona buxgalteriya hisobining asosiy vazifalarini sanab o‘ting.
5. Buxgalteriya hisobining tashkiliy-huquqiy asoslari buxgalteriya hisobining
qanday milliy andozalariga asoslanganligini ayting.
6. Korxona rahbarining huquqlari nimalardan iborat?
7. Korxona rahbarining majburiyatlari nimalardan iborat?
8. Korxona bosh hisobchisining huquqlari nimalardan iborat?
9. Korxona bosh hisobchisining majburiyatlari nimalardan iborat?
10. Korxonalarda buxgalteriya xizmatini tashkil qilish tartibi qanday?
BO‘LIM MAVZULARI YUZASIDAN TEST SAVOLLARI 1. Xojalik yurituvchi subyektlarda buxgalteriya ishlarini tashkil qilishga umumiy rahbarlik kim tomonidan amalga oshiriladi? A. Korxona rahbari
B. Moliya vazirligi
C. Bosh buxgalter
D. Ta’sischilar
2. Hisob yuritish siyosati deb… A. Xo‘jalik yurituvchi subyektning buxgalteriya hisobiga aytiladi
B. Xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy hisobotiga aytiladi
C. Buxgalterya xodimining malaka darajasiga aytiladi
D. Xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbarining buxgalteriya hisobi va moliyaviy
hisobotni tamoyil va asoslariga mos ravishda yuritish va tuzish uchun qo‘llaniladigan
usullar majmuiga aytiladi
3. Xo‘jalik yurituvchi subyektning hisob yuritish siyosati BHMA ning… A. 2-son andoza tamoyillariga
B. 1-son ando2za tamoyillariga
C. 4-son andoza tamoyillariga
D. 7-son andoza tamoyillariga asosan aniqlanishi mumkin.
4. Korxona buxgalteriya hisobining funksiyalari quyidagilardan iborat: A. Nazorat, reja, axborot, tahlil, hisob
B. Hisobot, nazorat, sotish, xarid qilish
C. Tahlil, boshqarish, sifat, tekshirish
D. Axborot, tejash, sotish, hisobdan chiqarish
5. «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilindi:
16
A. 1992-yil 30-avgust
B. 1997-yil 30-avgust
C. 1996-yil 30-avgust
D. 1998-yil 30-avgust