11
Buxgalteriya ishlarida amalga
oshirilgan muomalalar uchun
javobgarlik imzo bilan tasdig‘ini topadi. «Buxgalteriya hisobi to‘g‘ri-
sida» gi qonunning 8-moddasiga binoan, xo‘jalik yurituvchi subyekt
rahbari xo‘jalik muomalalarini amalga oshirish ruxsatnomasiga va
subyekt nomidan hujjatlarni imzolash huquqiga ega bo‘lgan shaxslar
ro‘yxatining mavjudligi uchun javobgar bo‘ladi.
Korxona bosh buxgalteri rahbar bilan birgalikda tovar-moddiy
boyliklar va pul mablag‘larini qabul qilish hamda berish uchun asos
bo‘ladigan
hujjatlarga, shuningdek, hisob-kitob, kredit va moliyaviy
majburiyatlar hamda xo‘jalik shartnomalariga imzo chekadi. Ushbu
hujjatlarda bosh buxgalterning imzosi bo‘lmasa, u huqiqiy deb
topilmaydi. Hujjatlarga imzo chekish huquqi korxona,
muassasa rahbari-
ning yozma ravishdagi farmoyishi bilan vakolatli shaxslarga berilishi
mumkin. Korxonada moddiy javobgar shaxslarni (kassir, ombor mudiri
va boshqalarni) ishga tayinlash, vazifasini o‘zgartirish va ishdan
bo‘shatish bosh buxgalter bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
Agar korxona bosh buxgalteri o‘zgartirilsa, uning ishlari yangi
tayinlangan bosh buxgalter zimmasiga yuklatiladi.
Ushbu jarayonda
buxgalteriya hisobining holati va hisobot ma’lumotlarining aniqligi
tekshirilib, korxona rahbari tasdiqlaydigan tegishli dalolatnoma tuziladi.
Korxonanng chorak va yillik moliyaviy hisobotlariga rahbar va
bosh buxgalter imzo chekadi. Agarda korxonaning buxgalteriya hisobi
ishlari shartnoma asosida ixtisoslashtirilgan tashkilot yoki mutaxassis
tomonidan yuritilsa, moliyaviy hisobotga korxona
rahbari va buxgalteriya
hisobini yuritadigan mutaxassis imzo chekadi.
Birlamchi hujjatlar, hisob registrlari, buxgalteriya hisoboti
belgilangan tartibga muvofiq majburiy tarzda saqlanishi lozim. Ular
bilan ishlash davrida saqlashni ta’minlash va ularni arxivga o‘z vaqtida
topshirish uchun bosh buxgalter mas’uldir. Buxgalteriya bo‘limi hujjat-
larni
ishlab chiqishi, buxgalteriya registrlarida hisob yozuvlarini oqilona
olib borishi va ular asosida boshqaruv va moilyaviy hisobotlarni hamda
soliq hisob-kitoblarini tuzishni ta’minlashi lozim.
Hujjatlar bilan ishlash davrida saqlashni ta’minlash va ularni arxivga
o‘z vaqtida topshirishga bosh buxgalter mas’uldir.