Buxgalteriya hisobi


BUXGALTERIYA HISOBINING TASHKILIY-HUQUQIY



Yüklə 0,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/212
tarix30.04.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#105129
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   212
«sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririya

1.2. BUXGALTERIYA HISOBINING TASHKILIY-HUQUQIY
ASOSLARI
Respublikamiz mustaqillikka erishgan vaqtdan boshlab bozor
iqtisodiyoti talablari va moliyaviy hisobotning xalqaro andozalariga
muvofiqlashtirish maqsadida buxgalteriya hisobi tizimi bosqichma-
bosqich isloh qilib kelinmoqda, ushbu islohotni iqtisodiy, fuqarolik-
huquqiy sohada yuz berayotgan jarayonlar va buxgalteriya hisobi bobida
xalqaro miqyosda uyg‘unlashtirish zaruriyati taqozo etdi.
Bozor iqtisodiyoti buxgalteriya hisobi faqat hisob yuritish siyosati
va statistika vazifasini bajarib qolmasdan, balki manfaatdor tomonlarga
rahbari, tashqi investorlar va foydalanuvchilarga asosan
moliyaviy axborotga asoslanadigan samarali axborot tizimi
zarurligi natijasida kelib chiqadi.
Tahlil (baholash) Korxonaning moliyaviy-iqtisodiy holatini yaxshilash maqsa-
dida qaror qabul qilish uchun ilgari qabul qilingan strategiya
va taktikasini baholash hamda tahlil qilish jarayonidir. Tahlil
natijasida korxonada boy berilgan imkoniyatlarni hisoblab
chiqish, mavjud rezervlar hajmini belgilash, uskunalar,
mehnat va xomashyo resurslaridan foydalanish darajasini
oshirish, shuningdek, moddiy resurslar bilan uzluksiz
ta’minlashni yo‘lga qo‘yish.
Hisob
Korxona xo‘jalik faoliyatining hujjatlar asosidagi yalpi,
uzluksiz va o‘zaro bog‘langan ifodasidir.


8
tasarrufida mavjud bo‘lgan moliyaviy resurslardan qanday qilib yaxshiroq
foydalanish to‘g‘risida xolis va asoslangan qaror qabul qilishi uchun
xo‘jalik yurituvchi subyektning faoliyati to‘g‘risida axborot to‘plash,
uni qayta ishlash va uzatish vositasiga aylandi.
Hozirgi paytda buxgalterlar ishiga qo‘yiladigan talablar tubdan
o‘zgarmoqda. Buxgalter korxona rahbariga moliyaviy ahvolning barqa-
rorligini oshirishga imkon beradigan yo‘llarni ko‘rsatib berishi, iqtisodiy
tahlil, umuman korxonaning pul oqimlari va moliyasini boshqarish bilan,
ya’ni moliyaviy menejment bilan shug‘ullanishi kerak. Buning uchun,
eng avvalo, buxgalterlar BHMA larini va hisob ishlariga oid me’yoriy-
huquqiy hujjatlarni bilishlari lozim. Ana shundagina buxgalteriya hisobini
samarali tashkil qilishga erishish mumkin.
Mavjud xalqaro amaliyot buxgalteriya hisobini me’yorlar yordamida
boshqarishning 4 darajali tizimini ko‘zda tutadi.

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin