237
I
Ijara
– (arab) – mustaqil xo‘jalik yuritish yoki boshqa biror faoliyatni amalga
oshirish maqsadida yer, suv, korxona va
boshqa mulkka egalik qilish
hamda vaqtincha foydalanish uchun to‘lanadigan muayyan haq. I.
mulkka egalik huquqini o‘zgartirmaydi.
Ijara
– ijarachi bilan ijaraga oluvchi o‘rtasida tomonlarning teng huquqliligi
asosida tuzilgan kelishuv, shartnoma. ISh quyidagilarni ko‘zda tutadi;
1) ijaraga olinayotgan
mulk tizimi va qiymatini; 2) ijara to‘lovi
miqdorini; 3) ijara muddatini; 4) ijaraga berilgan mulkni ta’mirlash
va to‘la tiklash bo‘yicha tomonlar majburiyatini; 5)
mulkni
shartnomada kelishilgan holda ijarachiga yetkazishni.
Ikkiyoq-
– bu xo‘jalik operatsiyalarini buxgalteriya hisobining schyotlarida qayd
qilish usulidir. Bunda har bir xo‘jalik operatsiyasi bir vaqtning o‘zida
ikki marta ikkita schyotda aks ettiriladi.
Import
– mahsulotni xorijiy sheriklardan sotib olish va mamlakatga olib kirish.
Import
– (lat.importo–kiritaman)– 1) mamlakat ichiga foydalanish yoki sotish
uchun chetdan olib
kelingan xorijiy mahsulotlar; 2) kapital I.–
xorijdan mamlakatga kelayotgan kapital (kredit, zayom va boshqa);
3) chetdan olib kelingan mahsulotlarning umumiy soni va qiymati.
Inventa-
– bu korxonada qanday mablag‘lar borligini va uning hisob ma’lumotlar
bilan to‘g‘ri kelishini tekshirish hisoblanadi. Inventarizatsiyaning
asosiy maqsadi bo‘lib, buxgalteriya hisobi va nazorat ko‘rsat-
kichlarining ishonchliligini ta’minlash hisoblanadi. Inventarizatsiya
qonunchilikda belgilangan muddatlarda o‘tkaziladi.
Investitsiya – (nem.investitlion, lat. investere–kiyintirmoq)–investor
tomonidan biror
bir faoliyatni amalga oshirish uchun kapital mablag‘larni, sarmoyalarni
joriy qilish, foyda olish maqsadida sarf qilish. I. mamlakat ichida
(ichki investitsiya) va xorijiy mamlakatlarda (tashqi investitsiya)
amalga oshirilishi mumkin. Moliya I.si–qimmatbaho qog‘ozlarni xarid
qilish, pul mablag‘larini jamg‘arish
va boshqalarni, real I.- moddiy
ishlab chiqarishga sarflangan sarmoyalarni o‘z ichiga oladi.
Dostları ilə paylaş: