Kamomad – mol; pul va shu kabilarning tegishli miqdoridan kam chiqqan qismi.
Kassa – 1) pul, qimmatbaho qog‘ozlar saqlanadigan po‘lat sandiq, quti, shkaf;
2) muassasa, korxonalarning pul qabul qilish, pul berish, bilet sotish
va shu kabilar bilan ish yurituvchi, muomala qiluvchi bo‘linmasi;
3) muassasa, korxona va shu kabilardagi bor pul.
Kvota – davlat va xalqaro tashkilotlar tomonidan tovarlarni ishlab chiqarish,
ularni eksport va import qilish yuzasidan cheklanishlarning joriy
etilishi. K. shartlarini buzgan mamlakat yoki korxona iqtisodiy
jihatdan jazolanadi. K. o‘rnatishdan maqsad bozordagi narx-navoni
tartibga solib turishdir.
Kliring – (ingl.clearing. clear–tozalash, ravshanlashtirish)–o‘zaro talab va
majburiyatlarni hisobga olib, amalga oshiriladigan naqd pulsiz hisob-
kitob tizimi. Mamlakat ichidagi K. banklar o‘rtasidagi to‘lovlarni,
naqd pulsiz hisob-kitoblarni o‘z ichiga oladi. Xalqaro hisob-
kitoblarda K. kelishuvlar (kliring kelishuvlari, valuta K.) ko‘rinishida
amalga oshiriladi. Davlatlararo o‘zaro qarzlarini tilla va valutaga
o‘tkazmasdan savdo-sotiq talablariga ko‘ra amalga oshiradilar.
Masalan, paxta tolasi o‘rniga uning qiymatiga teng miqdorda mashina,
asbob-uskuna olish.
Kompanion – biror mulkka birov bilan birgalikda ega bo‘lgan kishi yoki tashkilot.
Kommersant – xususiy savdo bilan shug‘ullanuvchi shaxs
Konditsiya – tovarning shartnomaga asosan belgilangan sifat, andoza, me’yorga
mos bo‘lishi.
Konversiya – (lat.conversio–o‘zgarish) – harbiy ishlab chiqarish va boshqa xil
harbiy faoliyat sohalarining tinchlik maqsadlariga ko‘chirilishi.
Konkuren- – raqobat (q).
tsiya Kontrakt – (lat. contractus-bitim, kelishuv) – mamlakatlar, firma, korxona va
lanma) aktivlar siya
240
boshqalar o‘rtasida o‘zaro huquq va majburiyatlarni belgilash,
o‘zgartirish yoki to‘xtatish to‘g‘risidagi ikki tomonlama yozma
kelishuv, shartnoma.