241
va tezkor bo‘ladi. Moliyaviy L. ijaraga olingan fondning to‘la
qiymatini va ijarachi foydasini qoplashni ko‘zda tutadi. Tezkor L. –
amortizasiya davridan qisqa muddatga tuzilgan kelishuv.
Limit
– xo‘jalik faoliyati turli jihatlari miqdorining cheklanishi, faoliyat
doirasi, chegarasining belgilanishi. L. davlat yoki yirik birlashma
tomonidan o‘z korxonasi uchun o‘rnatiladi.
Litsenziya – (lat.licentia–erkinlik, huquq) – ruxsatnoma; 1) chet mamlakatlardan
mol keltirish yoki chet elga mol chiqarish uchun davlat organlari
tomonidan beriladigan ruxsatnoma; 2) biror narsadan yengil shartlar
bilan yoki bepul foydalanish huquqi; 3) chegaradan mol chiqarish
yoki mol kiritishda boj to‘lovlarini kamaytirish. Patentlangan L. –
ro‘yxatga olinib, guvohnoma berilgan kashfiyotdan foydalanish
huquqini boshqalarga berish.
Luka
– 1494-yili italiyalik matematik, faylasuf va olim Luka Pacholi ikki-
yoqlama yozuv metodini asoslab bergan. Uning «Schyotlar va
yozuvlar to‘g‘risidagi traktatida» (lat. tractatus – muhokama)
yozuvlarni bir vaqtning o‘zida «bermoq» va «ega bo‘lmoq»
schyotlarda aks ettirish va «bermoq» va «ega bo‘lmoq» schyotlarning
summalarining yiq‘indisi o‘zaro teng kelishi kerak deb aytgan. Agar
ular teng kelmasa, bilingki sizning hisob-kitoblaringizda xatolik
mavjud. Buxgalteriya hisobi fanining asoschisi hisoblanadi.
LIFO
– sarf qilingan materiallar qiymatini hisobdan chiqarishning usullaridan
biri bo‘lib LIFO usuli – o‘sib borayotgan inflyatsiya sharoitida vaqt
bo‘yicha oxirgi sotib olingan materiallar qiymatidan kelib chiqqan
holda hisobni yuritishdir.
Dostları ilə paylaş: