«sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririya
0410-«Patentlar, nou-xau va litsenziyalar».
0420-«Savdo markalari, tovar belgilari va sanoat namunalari».
0430-«Dasturiy ta’minot».
0440-«Yer va tabiat resurslaridan foydalanish huquqi».
0450-«Tashkiliy xarajatlar».
0460-«Franshizalar».
0470-«Mualliflik huquqlari».
0480-«Gudvill».
0490-«Boshqa nomoddiy aktivlar».
«Nomoddiy aktivlar» nomli 7-son BHMA ga asosan, nomoddiy
aktivning amortizatsiya qiymati uning foydali xizmat muddatidan
oshmagan holda, foydali xizmat muddatini belgilash mumkin bo‘lmagan
paytda 5 yilni hisobga olib (lekin korxonaning faoliyat muddatidan
oshmagan holda) muntazam asosda taqsimlanishi kerak.
Nomoddiy aktivlar bo‘yicha amortizatsiya ajratmalari ular hisoblab
o‘tkazilgan hisobot davrida buxgalteriya hisobi va hisobotida aks
ettiriladi. Nomoddiy aktivlarning ayrim obyektlari bo‘yicha ajratmalar
tegishli summalarni jamg‘arish yo‘li bilan yoki obyektlarning dastlabki
qiymatini kamaytirish yo‘li bilan buxgalteriya hisobida aks ettiriladi.
Quyidagi nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblanmaydi:
– haqiqiy emas (ishlamaydigan) deb topilgan va huquqiy oqibatlar
keltirib chiqarmaydigan nomoddiy aktivlar;
– korxonaga tegishli bo‘lmagan, lekin huquq egasi tomonidan
litsenziya shartnomasi yoki boshqacha shartnoma (tanho bo‘lmagan
litsenziya) bo‘yicha berilgan va balansdan tashqari schyotda hisobga
olinadigan nomoddiy aktivlardan foydalanish huquqi asosida korxona
foydalanayotgan nomoddiy aktivlar;
– korxonaga tegishli tovar belgisiga va xizmat ko‘rsatish belgisiga
egalik huquqi, shuningdek, vaqt o‘tishi bilan ularning iste’mol xususiyati
o‘zgarmaydigan tovar chiqarilgan joy nomiga egalik huquqi;
– gudvill.
Amortizatsiyalanuvchi qiymat muntazam ravishda nomoddiy aktivni
foydali ishlatishning butun davriga taqsimlanadi. Amortizatsiya turli xil
87
usullarni qo‘llash yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bunga, to‘g‘ri chiziqli
usul, kamayib boruvchi qoldiq usuli va hosil qilingan birliklar summasi
amortizatsiyani hisoblab yozish usuli kiradi.