84
Sanoat namunalari — ishlab chiqarish-texnika maqsadlaridagi
buyumlar va xalq iste’moli tovarlarining tashqi
qiyofasini belgilaydigan
badiiy-konstruktorlik yechimlaridan foydalanish huquqi. Sanoat
namunalariga hajmiy model (avtomobil, stanok, mebel va hokazo) yoki
yassi tasvir-sanoat naqshlari (gazlama, gilam gullari,
shrift shakli va
hokazo) misol bo‘la oladi.
Dasturiy ta’minot — texnik dastur vositalari, avtomatlashtirilgan
boshqarish tizimi bo‘yicha texnik va foydalanish hujjatlari yig‘indisi.
Gudvill — korxonani xarid qilish chog‘ida
yuzaga keladi va sotib
olinayotgan korxona uchun haq hamda uning sof (majburiyatlarini
chegirgan holdagi) aktivlarining baholovchi (bozor) qiymati o‘rtasidagi
farq.
Tashkiliy xarajatlar — yangi xo‘jalik yurituvchi subyektni barpo
etish
xarajatlari, ya’ni ishni boshlash xarajatlari.
Franshizalar — bir korxona tomonidan boshqasiga unga qarashli
aktivlardan, shu jumladan, savdo markalari
va atamalari kabi nomoddiy
aktivlardan foydalanish huquqining berilishi. U bevosita belgilanishi
bo‘yicha mazkur aktivlardan foydalanish hamda taqdim etiladigan
xizmatlar (tovarlar)ning belgilangan sifat
standartlariga rioya qilish
bunday huquq berilishlarining majburiy sharti hisoblanadi.
Mualliflik huquqlari — ilmiy, adabiy, musiqa yoki boshqa asarlarni
nashr qilish, ijro etish yoki boshqa turdagi foydalanish huquqi sanaladi.
Yer va tabiat resurslaridan foydalanish — xo‘jalik yoki boshqa
maqsadlarda yer va boshqa tabiiy resurslardan foydalanishni ta’minlovchi
huquqni anglatadi, ammo yerdan foydalanish
huquqi mazkur yer
uchastkasini mulk qilib olishni bildirmaydi.
Nomoddiy aktivlarni baholashda «Nomoddiy aktivlar» nomli 7-son
BHMA ga asoslanilishi lozim. Nomoddiy aktivlarni baholashda quyidagi
baho (qiymat)lardan foydalaniladi:
Dostları ilə paylaş: