73
Asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblashda «Asosiy vositalar»
nomli 5-son BHMAga hamda O‘zbekiston Respublikasining Soliq
Kodeksiga amal qilish lozim.
Quyidagi asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblanmaydi:
– yer;
–
mahsuldor hayvonlar, buqa va ho‘kizlar;
– kutubxona fondi;
– budjet tashkilotlari, shu jumladan, ilmiy-tadqiqot,
konstruktorlik
va texnologik tashkilotlarning vositalari;
– belgilangan tartibda konservatsiyaga o‘tkazilgan asosiy vositalar;
– to‘liq amortizatsiyalangan asosiy vositalar.
Uzoq muddatga ijaraga olingan asosiy vositalar bo‘yicha amorti-
zatsiya ajratmalarini ijaraga oluvchi o‘tkazadi. Qisqa muddatli ijarada
esa amortizatsiya ajratmalarini ijaraga beruvchi hisoblaydi.
Amortizatsiyalanuvchi qiymat muntazam
ravishda asosiy vositani
foydali ishlatishning butun davriga taqsimlanadi. Amortizatsiya turli xil
usullarni qo‘llash yo‘li bilan amalga oshiriladi:
Dostları ilə paylaş: