Buxgalteriya hisobi va audit fakulteti


mavzu:Xo‘jalik subyektlarida buxgalteriya hisobi va tahlilnı tashkil etish va uning oldiga qo‘yiladigan vazifalar



Yüklə 100,01 Kb.
səhifə4/17
tarix26.02.2023
ölçüsü100,01 Kb.
#85696
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Amaliyot daftari

mavzu:Xo‘jalik subyektlarida buxgalteriya hisobi va tahlilnı tashkil etish va uning oldiga qo‘yiladigan vazifalar


Bozor iqtisodiyoti buxgalteriya hisobi faqat hisob yuritish siyosati va statistika vazifasini bajarib qolmasdan, balki manfaatdor tomonlarga tasarrufida mavjud bo'lgan moliyaviy resurslardan qanday qilib yaxshiroq foydalanish to'g'risida xolis va asoslangan qaror qabul qilishi uchun xo'jalik yurituvchi subyektning faoliyati to'g'risida axborot to'plash, uni qayta ishlash va uzatish vositasiga aylandi.
Hozirgi paytda buxgalterlar ishiga qo'yiladigan talablar tubdan o'zgarmoqda. Buxgalter korxona rahbariga moliyaviy ahvolning barqarorligini oshirishga imkon beradigan yo'llami ko'rsatib berishi, iqtisodiy tahlil, umuman korxonaning pul oqimlari va moliyasini boshqarish bilan, ya'ni moliyaviy menejment bilan shug'ullanishi kerak. Buning uchun, eng avvalo, buxgalterlar BHMA larini va hisob ishlariga oid me'yoriyhuquqiy hujjatlami bilishlari lozim. Ana shundagina buxgalteriya hisobini samarali tashkil qilishga erishish mumkin.
Mavjud xalqaro amaliyot buxgalteriya hisobini me'yorlar yordamida boshqarishning 4 darajali tizimini ko'zda tutadi.
Birinchi daraja - qonun hujjatlari, masalan, «Buxgalteriya hisobi to'g'risida»gi Qonun.
Ikkinchi daraja - asosiy qoidalar majmui, ya'ni buxgalteriya andozalari. Mazkur darajada buxgalteriya tushunchalari va qoidalari shunday belgilanadiki, toki ular buxgalteriya hisobi bilan bog'liq shaxslar tomonidan bir xilda talqin etilsin.
Uchinchi daraja - turli idoralar tomonidan turli tarmoqlar va um.uman mamlakat bo'yicha ishlab chiqiladigan, buxgalteriya hisobini yuritish bo'yicha xilma-xil uslubiy ko'rsatmalar, tavsiyalar.
To'rtinchi daraja - hisob siyosatini belgilash va hujjatlar aylanishini yuritish uchun korxonada chiqarilgan ichki ish hujjatlari.
Hozirgi kunda mamlakatimizda buxgalteriya hisobi me'yoriy boshqaruvining ana shu to'rt darajali tizimini jahon andozalari talablari darajasida tashkil qilishga harakat qilinmoqda. Ma'lumki, jahon amaliyotiga mos keladigan «Buxgalteriya hisobi to'g'risida»gi Qonunsiz milliy hisob tizirnini yetarli darajada qayta qurish mumkin emas. 1996-yil 30-avgustda qabul qilingan ushbu qonun, eng avvalo, buxgalteriya hisobini tashkil etish, buxgalteriya hujjatlari va registrlari, aktivlar va majburiyatlarni inventarizatsiya qilish va baholashning asosiy tamoyillari va qoidalari, o'z va qarzga olingan kapital hisobi, moliyaviy hisobotlar oldiga qo'yilgan asosiy vazifalar, maqsad va talablami belgilab beradi. Bundan tashqari, mazkur Qonun buxgalteriya hisobini yuritishda xo'jalik yurituvchi subyektlaming huquqi, burchi va mas'uliyatlarini, shuningdek, moliyaviy hisobotlami topshirish va chop etish bo'yicha qo'yiladigan talablami belgilab beradi. Xususiy kapital ustav fondidan (ustav kapitalidan), qo‘shilgan, zaxira kapitalidan va taqsimlanmagan foydadan tarkib topadi.
Ustav fondi (ustav kapitali) ta’sis hujjatlarida belgilangan hissalarning (pulda ifodalangan holdagi) yig‘indisini aks ettiradi. Ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissalar shaklida kiritiladigan moddiy va nomoddiy aktivlar ta’sischilar (ishtirokchilar) o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra baholanadi, qonunda nazarda tutilgan hollarda esa, baholovchi tashkilot tomonidan baholanishi kerak.
Xalqaro standartlar bo‘yicha tuziladigan moliyaviy hisobotga doir talablar moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarida belgilanadi.
Buxgalteriya hisobi subyekti moliyaviy hisobotni tuzishda mustaqil balansga ajratilgan o‘z vakolatxonalarining, filiallarining va boshqa tarkibiy bo‘linmalarining buxgalteriya balanslarini hamda boshqa hisobot shakllarini kiritishi kerak.
Moliyaviy hisobot hisobot yili boshidan ortib boruvchi yakun bilan tuziladi.
Moliyaviy hisobotning tarkibi va mazmuni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
Хo’jaliklarda mavjud pul mablag’laridan maqsadli foydalanish va ularni samarali boshqarish, shuningdek, olinadigan mablag’lar va majburiyatlarni o’z vaqtida so’ndirish buxgalteriya hisobi orqali nazorat qilinadi. Shu boisdan, ushbu nazoratni to’g’ri va o’z vaqtida tashkil etishda uning oldiga bir qator vazifalarni bajarishni taqozo etadi. Ular quyidagilardan iborat:
• pul mablag’lari va hisob–kitob operatsiyalarini o’z vaqtida tegishli hujjatlarda to’g’ri rasmiylashtirib borish;
• kassadagi kirim va chiqim qilinayotgan mablag’larni to’g’ri rasmiylashtirish hamda ularni kassa daftarida qayd qilib borish;
• kassadagi naqd pul mablag’lari va unga ekvivalent bo’lgan pul hujjatlari, qimmatli qog’ozlarning butligini kundalik nazorat qilib borish;
• pul mablag’laridan to’gri foydalanish va ularning maqsadli sarflanishini doimiy nazorat qilish;
• budjet, budjetdan tashqari mablag’lar, banklar, xodimlar va boshqa tashkilotlar, xaridor va buyurtmachilar bilan shartnomada belgilangan to’lov shakllariga amal qilib borishni nazorat qilish;
• qarzlarni qaytarish muddatidan o’tkazib yubormaslik maqsadida debitor va kreditorlar o’rtasidagi o’zaro hisob – kitoblarni o’z vaqtida taqqoslama dalolatnomalar bilan rasmiylashtirish hamda uni so’ndirish bo’yicha chora-tadbirlar ko’rish;
• xo’jalikning pul mablag’lari harakatini oldindan prognozlash va pul oqimini me’yorlashtirish bo’yicha tegishli tadbirlar ishlab chiqishda iboratdir.
Kassadagi naqd xorijiy valuta qoldig’i vaqti-vaqti bilan so’mga nisbatan qaytadan baholanib turiladi. Ijobiy va salbiy kurs farqi 5020 «Chet el valutasidagi pul mablag’lari» schyotida tegishli 9540 «Valutalar kurslari farqlaridan foydalar» yoki 9620 «Valutalar kurslari farqlaridan zararlar» schyotlari bilan bog’liqlikda aks ettiriladi.
Hozirgi vaqtda materiallarni baholashda quyidagi usullar qo’llanilmoqda:
- erkin bozor (shartnoma) yoki davlat tomonidan tartibga solinadigan (preyskurant) ulgurji baholar. Bu narx tovar jo’natish shartnomalarini tuzishda korxona tomonidan mustaqil belgilanadi va mol yuboruvchi va mol oluvchi bilan hisob – kitoblar olib borishda mol yuboruvchining to’lov hujjatlarida ko’rsatilib molning chiqarilish (sotish) narxi shaklida foydalaniladi;
- nomenklatura hisob bahosi bo’yicha. Bu sotib olingan (tayyorlangan) materiallarning reja tannarxi, o’rtacha sotib olish narxlari va b. bo’lishi mumkin. Barcha hollarda ham baho asosida shartnoma yoki preyskurant baholari bo’lib, ustiga rejalashtirilgan (hisoblangan) transport – tayyorlov xarajatlarini qo’shib belgilaydi. Bu baholar mavjud materiallarni va ularning harakatini joriy va operativ hisobga olishda qo’llaniladi.

Yüklə 100,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin