xususiy kapital to‘G‘risidagi hisobot reja Xususiy kap (2)
AKTIV XUSUSIY KAPITAL MAJBURIYATLAR Bu tenglikdan ko‘rinib turibdiki, xususiy kapital har bir xo‘jalik yurituvchi
sub’ektlar faoliyatining mulkiy va moliyaviy holatini ifodalaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 1997 yil 15 yanvaridagi 5-
sonli buyrug‘i bilan tasdio‘langan moliyaviy hisobotning 5-shaklda xususiy
kapitalning tuzilmasi quyidagilardan iboratdir, deb ko‘rsatilgan: ustav kapitali,
qo‘shilgan kapital, rezerv kapitali, taqsimlanmagan foyda, xususiy kapital bilan
qoplanmagan zarar.
Xususiy kapital deganda xo‘jalik yurituvchi sub’ektga tegishli bo‘lgan
mulkning qiymati tushuniladi. Bu kapital jami kapital bilan qarzga olingan
kapitalning o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanishi mumkin, ya’ni
Kx=Kj-Kq. Bunda, Kx-xususiy kapital, Kj-jami kapital, Kq-qarzga olingan kapital.
Xususiy kapitalni buxgalteriya hisobida aks ettirish uchun ularni bir qancha
belgilari bo‘yicha tasniflashni taqozo qiladi. Aksariyat olimlar xususiy kapitalni
tasniflash belgilari sifatida ularning turlarini, xizmat muddatlarini, tashkil etish
manbalarini olish zarur, deb hisoblaydilar.
Ularni tasniflashda moddiylik belgisini, turgan joyi, faoliyatda ishtirok etish
darajasini ham e’tirof etishni maqsadga muvofiqdir. Bundan tashqari, tasniflash
belgilarini ierarxiyasini to‘g‘ri asoslash ham uni o‘rganishda muhim omildir. Chunki
bu tizimni aniq belgilash xususiy kapital elementlarini bosqichma-bosqich birinchi,
ikkinchi va uchinchi darajali schyotlarda aks ettirish, ular to‘g‘risidagi
ma’lumotlarni umumiylikka qarab yig‘ish, jamlash, to‘plashning yaxlit tizimini
yaratishga imkon beradi. Bu esa nazariy va metodologik jihatdan kata ahamiyat kasb
etadi.
Xususiy kapitalni tasniflashning ierarxik tizimi tizimi, bizningcha, quyidagi
ketma-ketlikdan tashkil topishi lozim.