Xususiy kapitalni tasniflash belgilari ierarxik tizimi
Ushbu shakldan ko‘rinib turibdiki, xususiy kapitalni tasniflashning yuqori
bo‘g‘inida uning moddiylik belgisi turadi. Ushbu belgisiga ko‘ra, aktsiyadorlik
jamiyatlarining barcha xususiy kapitalini ikki guruhga, ya’ni moddiy xususiy kapital
va nomoddiy xususiy kapitalga ajratish mumkin.
Moddiy xususiy kapital deganda, aktsiyadorlik jamiyatlarining moddiy
bo‘lgan barcha aktivlari tushiniladi. Aktsiyadorlik jamiyatlarining barcha moddiy
xususiy kapitali barcha aktivlarning bir qismi sifatida buxgalteriya balansining
«AKTIV» qismida joylashadi. Nomoddiy xususiy kapital o‘z ifodasini nomoddiy
aktivlarda topadi. Bu ham buxgalteriya balansining aktiv qismida joylashadi.
Xizmat muddati belgisi bo‘yicha xususiy kapital aktsiyadorlik jamiyatlariga
qancha muddatda iqtisodiy samara berishi, ya’ni foyda keltirish bilan tasniflanadi.
Ushbu belgi bo‘yicha barcha xususiy kapitalni uzoq muddatli va qisqa muddatli
xususiy kapitalga ajratish mumkin. Xizmat muddati belgisi sifatida buxgalteriya
hisobida, odatda bir yillik muddat qabul qilingan. Ushbu muddatga ko‘ra bir yildan
ko‘p xizmat qiladigan xususiy kapital uzoq muddatli, 1 yilgacha amal qiladigan
xususiy kapital esa qisqa muddatli xususiy kapital hisoblanadi.
Uzoq muddatli xususiy kapitalga asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar (patent,
litsenziya, turli huquqlar, yangi g‘oyalar va boshqalar), va bir yildan kam bo‘lmagan
muddatga qo‘yilgan qo‘yilmalar kiradi. Qisqa muddatli xususiy kapitalni
Faoliyatda ishtirok etish darajasi bo‘yicha
Turgan joyi bo‘yicha
Turi yoki ko‘rinish bo‘yicha
Tashkil topish manbasi bo‘yicha
Xizmat muddati bo‘yicha
Moddiyligi bo‘yicha
adabiyotlarda (shu jumladan, 1997 yil 1 yanvardan qo‘llanilib kelinayotgan
buxgalteriya balansida) «aylanma aktivlar» deb ham ataydilar. Ularga ishlab
chiqarish zaxiralari, tovar moddiy boyliklar, pul mablag‘lari va boshqalar kiradi.
Faoliyatda ishtirok etish darajasiga ko‘ra barcha xususiy kapitallar faol va faol
bo‘lmagan xusiyatlarga ega bo‘lishi mumkin. Odatda, aylanma mablag‘lar, asosiy
vositalarning faol qismi (mashina va mexanizmlar) korxona faoliyatida faol ishtirok
etadi va ko‘proq foyda keltiradi. Hisob-kitoblar bo‘yicha boshqa mijozlarda bo‘lgan
xususiy kapital, ya’ni debitorlik qarzlar korxona faoliyatining rivojlanishiga salbiy
ta’sir ko‘rsatadi.
Turgan joyig‘a ko‘ra xususiy kapital ekspluatatsiyadagi, ya’ni
foydalanishdagi va zaxiradagi (konservatsiya qilingan) xususiy kapitalga bo‘linadi.
Foydalanishdagi kapital bu aktsiyadorlik jamiyatlarining moliyaviy-xo‘jalik
faoliyatini yuritishda qatnashayotgan kapitaldir. Zaxiradagi kapital esa vaqtinchalik
qurilishi tugatilmagan binolar, tsexlar, ishlab chiqarishga mo‘ljallanib sotib olingan
lekin, mablag‘ etishmasligi sababli vaqtincha omborda turib qolgan uskuna va
jihozlardan iboratdir.
Turi va ko‘rinish belgisiga ko‘ra xususiy kapital real moddiy-tovar
boyliklaridan iborat bo‘ladi, ya’ni u, bino, inshoatlar, materiallar, tayyor
maxsulotlar, tovarlar, pul mablag‘lari va boshqalar hisobiga shakllanadi. Bular
ham buxgalteriya balansida o‘z aksini topgan.
Aktsiyadorlik jamiyatining xususiy kapitali asosan, quyidagi manbalar
hisobidan shakllanishini kuzatish mumkin, ya’ni: aktsionerlarning mablag‘laridan,
ta’sischilar ulushidan, faoliyatdan olingan foydadan, qaytarib bermaslik sharti bilan
olingan mablag‘lardan va hokazolardan.
|