a) «Ustav sarmoyasi» 3-ustunida ta’sis hujjatlarida qayd etilgan ustav
sarmoyasi (fondi) summasi ko‘rsatiladi;
b) «Qo‘shilgan sarmoya» 4-ustunida «Ustav sarmoyasi» hisobvarag‘ining
«Qo‘shilgan sarmoya» ilova hisobvarag‘ida qayd etilgan qo‘shilgan
sarmoya
summasi ko‘rsatiladi;
v) «Zaxira sarmoya» 5-ustunida qonun hujjatlariga muvofiq barpo etilgan
zaxira sarmoya mablag‘lari summasi aks ettiriladi;
g) «Taqsimlanmagan foyda» 6-ustunida yil boshidagi taqsimlanmagan foyda
summasi ko‘rsatiladi;
d) «Qoplanmagan zararlar» 7-ustunida yil boshidagi korxona balansida qayd
etilgan zarar summasi aks ettiriladi.
«Xususiy (aktsiyadorlik) sarmoyaning o‘sishi» moddasi bo‘yicha (020-satr)
xususiy sarmoyaning o‘sish summasi aks ettiriladi.
«Xususiy (aktsiyadorlik) sarmoyaning kamayishi» moddasi bo‘yicha (030-
satr) xususiy sarmoyaning kamayish summasi aks ettiriladi.
«Qimmatli qog‘ozlar emissiyasi» moddasi bo‘yicha (040-satr)
belgilangan
tartibda tegishli emissiyalar summasi aks ettiriladi.
«Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash» moddasi bo‘yicha (050-satr)
asosiy fondlar, nomoddiy aktivlar va boshqa uzoq muddatli aktivlarni qonun
hujjatlarida belgilangan tartibda o‘tkazilgan qayta baholash summasi aks ettiriladi.
«Ustav sarmoyasini shakllantirish chog‘ida ko‘rsdagi farq» moddasi bo‘yicha
(060-satr) buxgalteriya va statistika hisobida «Ustav sarmoyasi» hisobvarag‘ining
«Qo‘shilgan sarmoya» ilova hisobvarag‘ida qo‘shilgan
sarmoya sifatida aks
ettiriladigan, korxona ustav sarmoyasini shakllantirish chog‘ida ta’sis hujjatlarini
ro‘yxatga olish sanasi va mablag‘larni ustav sarmoyasiga haqiqatda kiritish sanasida
Markaziy bank ko‘rslari o‘rtasida yuzaga keladigan ko‘rs farqi aks ettiriladi.
«Zaxiraga ajratmalar» moddasi bo‘yicha (070-satr) barpo etilishi ta’sis
hujjatlari va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan zaxira
fondiga hisoblab yozilgan
mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
«Joriy yilning taqsimlanmagan foydasi (zarari)» moddasi bo‘yicha (080-satr)
hisobot davrida olingan taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar) summasi
ko‘rsatiladi.
«To‘langan dividendlar» moddasi bo‘yicha (090-satr)
oldingi yil uchun
hisobot davri boshidagi taqsimlanmagan foydadan hisoblab yozilgan dividendlar
summasi ko‘rsatiladi.
«Hisobot davri oxiridagi qoldiq» moddasi bo‘yicha (100-satr)
tegishli
ustunlar bo‘yicha «Ustav sarmoyasi» hisobvarag‘ining «Ustav sarmoyasi»,
«Qo‘shilgan sarmoya», «Zaxira sarmoya» ilova hisobvaraqlari bo‘yicha hisobot
davri oxiridagi saldo va taqsimlanmagan foyda summasi ko‘rsatiladi.
«Hisobot davri oxirida ustav sarmoyasiga kiritilgan badallar» moddasi bo‘yicha
(130-satr) muassislar va aktsiyadorlar tomonidan
korxona ustav sarmoyasiga
haqiqatda kiritilgan mablag‘lar summasi ko‘rsatiladi. 120 - 142-satrlarni
aktsiyadorlik jamiyatlari to‘ldiradi.