shakllari jamiyatni tashkil etish to‘g‘risidagi shartnoma yoki jamiyat ustavida,
qo‘shimcha aktsiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlar pulini to‘lash ularni
joylashtirish to‘g‘risidagi qarorda ko‘rsatiladi.
Aktsiyador ta’sis yig‘ilishi belgilangan muddatlarda, ammo jamiyat
ro‘yxatdan o‘tgandan keyin bir yildan kechiqmay aktsiyalarning to‘liq pulini to‘lashi
kerak. Aktsiyalarni sotib olish muddati o‘tganidan keyin aktsiyadorlar jamiyati
ularni o‘z ixtiyoriga qarab sotishga haqli.
Amaldagi qonunlarga muvofiq hissalarga bo‘lingan ustav kapitaliga ega
bo‘lgan jamiyat ma’suliyati cheklangan jamiyat deb ataladi. Bunday jamiyat ustav
kapitalidagi bo‘lingan hissalar miqdori ta’sis hujjatlarida belgilab qo‘yiladi, uning
ishtirokchilari majburiyatlar bo‘yicha faqat o‘z mulki doirasida javob beradi.
Ma’suliyati cheklangan jamiyatning ustav kapitali faqat muassislarning
hissalari hisobiga tashkil topadi va uning ko‘payishi yoki kamayishi hammaning
roziligi bilan hissa qo‘shuvchilarning ko‘payishi yoki kamayishi bilan yuz berishi
mumkin.
Jamiyat ishtirokchisi o‘z hissasini jamiyat ro‘yxatga olingan sanadan keyin
bir yil davomida to‘lashi lozim.
Qo‘shma korxona O‘zbekiston hamda xorij korxonalari hissalari asosida
tashkil topadi. Qo‘shma korxonaning ustav kapitaliga hissa tariqasida tabiat
resurslaridan, intellektual mulkdan foydalanish huquqi, nou-xau, moddiy va pul
vositalari, shu jumladan, chet el valyutasi berilishi mumkin.
Korxonada qo‘shilgan kapital tarkibiga quyidagilar kiradi: emission daromad va
ustav kapitalini shakllantirish bo‘yicha ko‘rsdagi farq.
Amaldagi qonunchilikka binoan korxonada rezerv kapitali tashkil etiladi.
Uning miqdori jamiyat ustav kapitalining 15 foizidan kam bo‘lmasligi kerak. Rezerv
kapitali har yili sof foydadan ajratmalar o‘tkazish yo‘li bilan jamiyat ustavida
belgilangan miqdorga etguncha tashkil etiladi. Rezerv kapitali korxona ko‘rgan
zararini qoplash, imtiyozli aktsiyalar uchun dividend to‘lash, aktsiyadorlar talabiga
ko‘ra aktsiyalarni qayta sotib olish uchun ishlatiladi. Shu bilan birgalikda rezerv
kapitali hisobvaraqlari uzoq muddatli aktivlarni qayta baholashda yuzaga keladigan
inflyatsion rezervlarga muvofiq foyda hisobidan tashkil qilinadigan rezerv hisobi
uchun mo‘ljallangan.
Taqsimlanmagan foyda bu hisobot davri yakunida xo‘jalik yurituvchi sub’ekt
ixtiyorida qoladigan sof foyda (foydaning bir qismi)dir.
Dostları ilə paylaş: