Buxgalteriya hisobi va audit Fanidan mustaqil ish


AKTIV XUSUSIY KAPITAL MAJBURIYATLAR



Yüklə 314,81 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix20.11.2023
ölçüsü314,81 Kb.
#166292
1   2   3   4   5   6
xususiy kapital to‘G‘risidagi hisobot reja Xususiy kap (2)

AKTIV XUSUSIY KAPITAL MAJBURIYATLAR 
Bu tenglikdan ko‘rinib turibdiki, xususiy kapital har bir xo‘jalik yurituvchi 
sub’ektlar faoliyatining mulkiy va moliyaviy holatini ifodalaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 1997 yil 15 yanvaridagi 5-
sonli buyrug‘i bilan tasdio‘langan moliyaviy hisobotning 5-shaklda xususiy 
kapitalning tuzilmasi quyidagilardan iboratdir, deb ko‘rsatilgan: ustav kapitali, 
qo‘shilgan kapital, rezerv kapitali, taqsimlanmagan foyda, xususiy kapital bilan 
qoplanmagan zarar. 
Xususiy kapital deganda xo‘jalik yurituvchi sub’ektga tegishli bo‘lgan 
mulkning qiymati tushuniladi. Bu kapital jami kapital bilan qarzga olingan 
kapitalning o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanishi mumkin, ya’ni
Kx=Kj-Kq. 
Bunda, Kx-xususiy kapital, Kj-jami kapital, Kq-qarzga olingan kapital. 
Xususiy kapitalni buxgalteriya hisobida aks ettirish uchun ularni bir qancha 
belgilari bo‘yicha tasniflashni taqozo qiladi. Aksariyat olimlar xususiy kapitalni 
tasniflash belgilari sifatida ularning turlarini, xizmat muddatlarini, tashkil etish 
manbalarini olish zarur, deb hisoblaydilar. 
Ularni tasniflashda moddiylik belgisini, turgan joyi, faoliyatda ishtirok etish 
darajasini ham e’tirof etishni maqsadga muvofiqdir. Bundan tashqari, tasniflash 
belgilarini ierarxiyasini to‘g‘ri asoslash ham uni o‘rganishda muhim omildir. Chunki 
bu tizimni aniq belgilash xususiy kapital elementlarini bosqichma-bosqich birinchi,
ikkinchi va uchinchi darajali schyotlarda aks ettirish, ular to‘g‘risidagi 
ma’lumotlarni umumiylikka qarab yig‘ish, jamlash, to‘plashning yaxlit tizimini 
yaratishga imkon beradi. Bu esa nazariy va metodologik jihatdan kata ahamiyat kasb 
etadi. 
Xususiy kapitalni tasniflashning ierarxik tizimi tizimi, bizningcha, quyidagi 
ketma-ketlikdan tashkil topishi lozim. 



Yüklə 314,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin