Xususiy kapital tushunchasi O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya
hisobi to‘g‘risida”gi qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi,
1996 y., 9-son, 142-m.), O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1998
yil 26 iyulda 17-07/86-son bilan tasdio‘langan (ro‘yxat raqami 475, 1998 yil 14
avgust, Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 1999 y., 5-son) Moliyaviy hisobotlarni
tayyorlash va taqdim etish uchun kontseptual asos va O‘zbekiston
Respublikasi
Moliya vazirligi tomonidan 1998 yil 26 iyulda 17-07/85-son bilan tasdio‘langan
O‘zbekiston Respublikasining “Hisob siyosati va moliyaviy hisobotlar”
Buxgalteriya hisobi milliy standarti (1-son BHMS)da (ro‘yxat raqami 474-son 1998
yil 14 avgust, Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 1999 yil, 5-son) keltirilgan.
Xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobotning manzillar qismida hisobot sanasi,
xo‘jalik yurituvchi sub’ektning nomi, tarmog‘i, mulkchilik shakli, tashkiliy-huquqiy
shakli va to‘liq yuridik manzili, uning tasarrufida mazko‘r xo‘jalik
yurituvchi
sub’ekt bo‘lgan organning nomi, xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobotning
tayyorlanishi chog‘ida foydalanilgan o‘lchov birligi ko‘rsatilishi kerak.
Hisobotda xususiy kapital va uning tarkibiy qismlari to‘g‘risidagi, ustav
kapitali, qo‘shilgan kapital,
rezerv kapital, taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan
zarar) sotib olingan o‘z aktsiyalari va boshqa xususiy kapital elementlari haqidagi
axborot ochib berilishi kerak.
Xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot davri
boshiga va oxiriga bo‘lgan tegishli axborotni ochib berishi kerak.
Hisobotda hisobot davridagi xususiy kapital tarkibida bo‘lgan o‘zgarishlar
haqidagi axborot ochib berilgan bo‘lishi kerak. Buning uchun quyidagilar: qimmatli
qog‘ozlar emissiyasi, uzoq muddatli aktivlarning qayta baholanishi, ustav kapitalini
shakllantirish chog‘ida valyuta ko‘rsidagi farqlar, rezerv kapitalga ajratmalar, joriy
yilning taqsimlanmagan foydasi (zarari), tekinga olingan mol-mulk, pul dividendlari
va aktsiyalar ko‘rinishida to‘lanadigan
dividendlar, shuningdek, xususiy kapitalni
shakllantirishning boshqa manbalari to‘g‘risidagi axborot ochib berilishi lozim.
Xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobotda quyidagilar: chiqarilgan aktsiyalar soni,
aktsiyalarning nominal qiymati, muomaladagi aktsiyalar soni to‘g‘risidagi axborot
ham ochib berilishi kerak.
Xususiy kapital tarkibida ikki hisobot davri o‘rtasidagi o‘zgarishlar moliyaviy
hisobotlarda qabul qilingan va ochib beriladigan baholashning aniq tamoyilidan
kelib chiqqan holda hisobot davri davomidagi sof aktivlarning ko‘payishi yoki
kamayishini aks ettiradi.
Mazko‘r standartda sof aktivlar deganda xo‘jalik yurituvchi sub’ektning o‘z
mablag‘lari bilan ta’minlangan uzoq muddatli va joriy aktivlarning qiymati, ya’ni
xo‘jalik yurituvchi sub’ektning qarz majburiyatlaridan ozod bo‘lgan mol-mulk
qiymati tushuniladi.
Xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobotga bo‘lgan tushuntirishda xo‘jalik
yurituvchi sub’ekt xususiy kapitalining qatnashchining chiqib ketishi, aktsiyadorlik
jamiyati tomonidan aktsiyalarning sotib olinishi yoki sotib olingan aktsiyalarni
bekor
qilinishi, aktsiyalar nominal qiymatining pasayishi yoki boshqa sabablarga
ko‘ra kamayib ketganligi haqidagi ma’lumotlar keltiriladi.
Aktsiyadorlik jamiyatlari xususiy kapital to‘g‘risidagi tushuntirishda
quyidagilar haqidagi axborotni keltiradilar:
a) obuna amalga oshirilishi nazarda tutiladigan aktsiyalarning umumiy soni va
nominal qiymati;
b) nazarda tutilgan miqdorlar bilan taqqoslaganda
obuna amalga oshirilgan
aktsiyalarning umumiy miqdori va nominal qiymati;
v) aktsiyalarga obunaning borishi chog‘ida olingan mablag‘lar umumiy
summasi;
g) ayrim turlar va toifalar bo‘yicha ustav kapitali tarkibidagi aktsiyalar;
d) imtiyozli aktsiyalar bo‘yicha to‘lanmagan jamlangan dividendlar summasi;
e) aktsiyalar ko‘rinishida to‘lanadigan dividendlar, xususan, to‘lanadigan
aktsiyalarning soni va qiymati, shuningdek, ularning turlari yoki toifalari to‘g‘risida;
j) hisobot davrida yuz bergan maydalash yoki qo‘shib yuborishlar va
aktsiyalarning maydalanishi yoki qo‘shib yuborilishigacha va undan keyingi
aktsiyalarning nominal qiymati to‘g‘risidagi.
Aktsiyalarga obunaning borishi chog‘ida olingan mablag‘lar umumiy summasi
tushuntirishda quyidagilar bo‘yicha keltiriladi:
a) aktsiyalar uchun haq sifatida kirim qilingan barcha pul mablag‘lari,
aktsiyalar soni ko‘rsatilgan holda;
b) aktsiyalar uchun to‘lov sifatida kirim qilingan mol-mulkning qiymat bahosi,
aktsiyalar soni ko‘rsatilgan holda;
v) aktsiyalar uchun haq sifatida kirim qilingan chet el valyutasining umumiy
summasi, aktsiyalar soni va hisobda valyuta kirim qilingan ko‘rsi ko‘rsatilgan holda.
Ustav kapitali tarkibidagi aktsiyalar haqidagi axborot tushuntirishda ayrim
turlar va toifalar bo‘yicha keltiriladi:
a)
chiqarilgan aktsiyalar soni, ustav kapitalining to‘lanmagan qismi
ko‘rsatilgan holda;
b) aktsiyaning nominal qiymati;
v) muomalada bo‘lgan aktsiyalar sonida hisobot davri mobaynidagi
o‘zgartirishlar;
g) aktsiyalar bilan bog‘liq huquqlar, imtiyozlar va cheklashlar, shu jumladan
dividendlarning taqsimlanishi va kapitalning qaytarib berilishi bo‘yicha cheklashlar;
d) jamiyatning o‘ziga, uning shu’ba va uyushgan
korxonalariga tegishli
aktsiyalar;
e) ular egalik qilayotgan muassislar ro‘yxati va aktsiyalar soni;
j) ijroiya organi a’zolarining mulki bo‘lgan aktsiyalar soni;
z) optsionlar va boshqa kontraktlarga binoan chiqarish uchun zaxiralashtirilgan
aktsiyalar, ularning muddatlari va summalari ko‘rsatilgan holda;
i) konvertatsiyalanadigan (aktsiyalar yoki obligatsiyalarga) aktsiyalarning soni
va nominal qiymati hamda ushbu aktsiyalarning qarzga oid qimmatli qog‘ozlarga
konvertatsiya qilinishi hollarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan majburiyatlar.
Boshqa barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy hisobotlarga oid
izohlarda quyidagilar to‘g‘risidagi axborotni keltiradilar:
a) egalik qiluvchilar o‘rtasida ustav kapitali ulushining
taqsimlanishi;
b) ushbu ulushlarga tegishli huquqlar, imtiyozlar yoki cheklashlar;
v) ustav kapitali tarkibida egalik qiluvchilar ulushi tarkibidagi o‘zgartirishlar.
Hisobotning xususiy kapital to‘g‘risidagi qismiga oid tushuntirish xati
O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligining 1998 yil 26 iyuldagi 17-07/86-son
buyrug‘i bilan tasdio‘langan (ro‘yxat raqami 474-son, 1998 yil 14 avgust, Me’yoriy
hujjatlar axborotnomasi, 1999 yil, 5-son) O‘zbekiston Respublikasining “Hisob
siyosati va moliyaviy hisobotlar” Buxgalteriya hisobi milliy standarti (1-son
BHMS)da nazarda tutilgan talablarga muvofiq tuziladi.
Dostları ilə paylaş: