adabiyotlarda (shu
jumladan, 1997 yil 1 yanvardan qo‘llanilib kelinayotgan
buxgalteriya balansida) «aylanma aktivlar» deb ham ataydilar. Ularga ishlab
chiqarish
zaxiralari, tovar moddiy boyliklar, pul mablag‘lari va boshqalar kiradi.
Faoliyatda ishtirok etish darajasiga ko‘ra barcha xususiy kapitallar faol va faol
bo‘lmagan xusiyatlarga ega bo‘lishi mumkin. Odatda, aylanma mablag‘lar, asosiy
vositalarning faol qismi (mashina va mexanizmlar) korxona faoliyatida faol ishtirok
etadi va ko‘proq foyda keltiradi. Hisob-kitoblar bo‘yicha boshqa mijozlarda bo‘lgan
xususiy kapital, ya’ni debitorlik qarzlar korxona faoliyatining rivojlanishiga salbiy
ta’sir ko‘rsatadi.
Turgan joyig‘a ko‘ra xususiy kapital ekspluatatsiyadagi, ya’ni
foydalanishdagi va zaxiradagi (konservatsiya qilingan) xususiy kapitalga bo‘linadi.
Foydalanishdagi kapital bu aktsiyadorlik jamiyatlarining moliyaviy-xo‘jalik
faoliyatini yuritishda qatnashayotgan kapitaldir. Zaxiradagi kapital esa
vaqtinchalik
qurilishi tugatilmagan binolar, tsexlar, ishlab chiqarishga mo‘ljallanib sotib olingan
lekin, mablag‘ etishmasligi sababli vaqtincha omborda turib qolgan uskuna va
jihozlardan iboratdir.
Turi va ko‘rinish belgisiga ko‘ra xususiy
kapital real moddiy-tovar
boyliklaridan iborat bo‘ladi, ya’ni u, bino, inshoatlar, materiallar,
tayyor
maxsulotlar, tovarlar, pul mablag‘lari va boshqalar hisobiga shakllanadi. Bular
ham buxgalteriya balansida o‘z aksini topgan.
Aktsiyadorlik jamiyatining xususiy kapitali asosan,
quyidagi manbalar
hisobidan shakllanishini kuzatish mumkin, ya’ni: aktsionerlarning mablag‘laridan,
ta’sischilar ulushidan, faoliyatdan olingan foydadan, qaytarib bermaslik sharti bilan
olingan mablag‘lardan va hokazolardan.