Ustav kapitali
- huquqlar va imtiyozlar olish uchun korxona muassislari
tomonidan ta’sis hujjatlariga muvofiq qo‘shilgan (to‘langan) hamda korxonaning
xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan moddiy boyliklar, pul
mablag‘lari va xarajatlar majmuidir.
Ustav kapitalini tashkil qilish amaldagi qonunlar va ta’sis hujjatlari asosida
amalga oshiriladi.
Ustav kapitaliga hissa shaklida qo‘shiladigan moddiy va nomoddiy aktivlar
ta’sischilar kelishuviga yoki yuridik shaxs ijroiya organining qaroriga ko‘ra
baholanadi va hisobga olinadi.
Bugungi kunda respublikamizda turli mulkchilik shaklidagi korxonalar o‘z
faoliyatlarini amalga oshirib kelmoqda. Bularga davlat mulki shaklidagi,
aktsiyadorlik
jamiyati shaklidagi, ma’suliyati cheklangan jamiyat shaklidagi,
qo‘shma korxona shaklidagi va boshqa korxonalar kiradi.
Davlat korxonasining ustav kapitali - davlat tomonidan korxonaning doimiy
tasarrufiga tekinga berilgan moddiy va pul mablag‘lari summasidir. Ustav kapitali
hisobiga asosiy va aylanma mablag‘lar shakllanadi.
Korxonaga asosiy vosita mavjud ishlab chiqarish hajmiga va ishlab
chiqarishga xizmat ko‘rsatish ob’ektlariga qarab, aylanma mablag‘lar esa
normativlar asosida beriladi. Normativ yuqori tashkilot tomonidan belgilanadi,
ammo ularni taqsimlashni korxonaning o‘zi mustaqil amalga oshiradi.
Amaldagi tartibga ko‘ra korxona ustav kapitali miqdori uning ta’sis
hujjatlarida qayd etilgan miqdoriga muvofiq bo‘lishi kerak. Davlat korxonasi uchun
yuqori turgan tashkilotning korxonani tashkil etish va uning balansiga ustav
kapitalini o‘tkazish to‘g‘risidagi buyrug‘i ta’sis hujjati hisoblanadi.
Ba’zi hollarda davlat korxonasining ustav kapitali hajmi o‘zgarishi mumkin.
Ustav kapitali miqdorini faqatgina yuqori tashkilot o‘zgartirishi mumkin.
Aktsiyadorlik jamiyati ustav kapitali uning aktsiyadorlari
sotib oladigan
aktsiyalarining nominal qiymatidan iborat bo‘ladi. Bunda chiqariladigan jami
aktsiyalarning nominal qiymati bir xil bo‘lishi mumkin.
Aktsiyadorlik jamiyatining ustav kapitali miqdori ko‘payishi yoki kamayishi
mumkin. Ustav kapitalini ko‘paytirish qo‘shimcha aktsiyalarni joylashtirish yo‘li
bilan amalga oshirilishi mumkin. Jamiyat tomonidan qo‘shimcha aktsiyalar faqat
jamiyat ustavida belgilangan e’lon qilingan aktsiyalar miqdori doirasida
joylashtirilishi mumkin.
Aktsiyadorlik jamiyati ustav kapitalini kamaytirish favqulodda hollarda yuz
beradi va uni ko‘paytirishdagi singari tartibda amalga oshiriladi.
Ustav kapitali
miqdorining kamayishi aktsiyalar umumiy sonining qisqarishi bilan bog‘liq bo‘ladi,
shu jumladan, jamiyatning o‘zi haqini keyinchalik to‘lash bilan aktsiyalarni sotib
olishi ham shu hisobga kiradi.
Amaldagi qonunlarga binoan aktsiyadorlik jamiyati ustav kapitaliga hissa
tariqasida pul bilan baholanadigan va ta’sischilar tomonidan jamiyat aktsiyalari
haqini to‘lash uchun kiritiladigan moddiy boylik, mulkiy yoki o‘zga huquqlarni
to‘lashlari mumkin. Jamiyat ta’sis etilayotganda uning aktsiyalari pulini to‘lash
shakllari jamiyatni tashkil etish to‘g‘risidagi shartnoma
yoki jamiyat ustavida,
qo‘shimcha aktsiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlar pulini to‘lash ularni
joylashtirish to‘g‘risidagi qarorda ko‘rsatiladi.
Aktsiyador ta’sis yig‘ilishi belgilangan muddatlarda, ammo jamiyat
ro‘yxatdan o‘tgandan keyin bir yildan kechiqmay aktsiyalarning to‘liq pulini to‘lashi
kerak. Aktsiyalarni sotib olish muddati o‘tganidan keyin aktsiyadorlar jamiyati
ularni o‘z ixtiyoriga qarab sotishga haqli.
Amaldagi qonunlarga muvofiq hissalarga bo‘lingan
ustav kapitaliga ega
bo‘lgan jamiyat ma’suliyati cheklangan jamiyat deb ataladi. Bunday jamiyat ustav
kapitalidagi bo‘lingan hissalar miqdori ta’sis hujjatlarida belgilab qo‘yiladi, uning
ishtirokchilari majburiyatlar bo‘yicha faqat o‘z mulki doirasida javob beradi.
Ma’suliyati cheklangan jamiyatning ustav kapitali faqat muassislarning
hissalari hisobiga tashkil topadi va uning ko‘payishi yoki kamayishi hammaning
roziligi bilan hissa qo‘shuvchilarning ko‘payishi yoki kamayishi bilan yuz berishi
mumkin.
Jamiyat ishtirokchisi o‘z hissasini jamiyat ro‘yxatga olingan sanadan keyin
bir yil davomida to‘lashi lozim.
Qo‘shma korxona O‘zbekiston hamda xorij korxonalari hissalari asosida
tashkil topadi. Qo‘shma korxonaning ustav kapitaliga hissa tariqasida tabiat
resurslaridan, intellektual
mulkdan foydalanish huquqi, nou-xau, moddiy va pul
vositalari, shu jumladan, chet el valyutasi berilishi mumkin.
Korxonada qo‘shilgan kapital tarkibiga quyidagilar kiradi: emission daromad va
ustav kapitalini shakllantirish bo‘yicha ko‘rsdagi farq.
Amaldagi qonunchilikka binoan korxonada rezerv kapitali tashkil etiladi.
Uning miqdori jamiyat ustav kapitalining 15 foizidan kam bo‘lmasligi kerak. Rezerv
kapitali har yili sof foydadan ajratmalar o‘tkazish yo‘li bilan jamiyat ustavida
belgilangan miqdorga etguncha tashkil etiladi. Rezerv kapitali korxona ko‘rgan
zararini qoplash, imtiyozli aktsiyalar uchun dividend to‘lash, aktsiyadorlar talabiga
ko‘ra aktsiyalarni qayta sotib olish uchun ishlatiladi.
Shu bilan birgalikda rezerv
kapitali hisobvaraqlari uzoq muddatli aktivlarni qayta baholashda yuzaga keladigan
inflyatsion rezervlarga muvofiq foyda hisobidan tashkil qilinadigan rezerv hisobi
uchun mo‘ljallangan.
Taqsimlanmagan foyda bu hisobot davri yakunida xo‘jalik yurituvchi sub’ekt
ixtiyorida qoladigan sof foyda (foydaning bir qismi)dir.
Dostları ilə paylaş: