60. Bozor ulushi deb nimaga aytiladi? a) talab-istaklari, bozordagi xatti-harakatlari, marketing vositalari ta’siriga javoblari bir xil, o‘xshash bo‘lgan iste’molchilar guruhi
b) bozorning bir yoki bir necha o‘xshash tovar taklif etadigan korxonalar egallagan qismi
c) iste’molchilar harid qobiliyati bilan belgilanadigan tovar sotish imkoniyatlari
d) korxonaning bir xil yoki o‘xshash tovarlar sotishdagi hissasi
61. Bozorni segmentlashdan asosiy maqsad nima? a) bozorda ko‘proq tovar sotish
b) iste’molchilarni yaxshiroq bilish
c) iste’molchilarni nimaga ehtiyoji borligi to‘g‘risida kengroq ma’lumot to‘plash
d) raqobatchilarni bozorga ta’sir etish borasida amalga oshirayotgan ishlarini kengroq bilish
62. Bozorni iste’molchilarning jinsi, yoshi, oilaning kattaligi, oila hayotining bosqichlari kabi belgilari bo‘yicha segmentlash qaysi segmentatsiya belgisi asosida amalga oshiriladi? a) geografik segmentatsiya
b) demografik segmentatsiya
c) psixografik segmentatsiya
d) iste’molchi xatti-harakati segmentatsiyasi
63. Ommaviy marketingga xos xususiyat keltirilgan qatorni toping. a) aniqlangan maqsadli bozorda keng ko‘lamli faoliyat olib borish
b) alohida iste’molchilar segmentlarining o‘ziga xos talablarini hisobga olgan holda faoliyat ko‘rsatish
c) ayrim olingan segmentlarning muayan vaqtda ehtiyojlarini hisobga olgan holda faoliyat ko‘rsatish
d) hamma iste’molchilarning umumiy ehtiyojlarini hisobga olgan holda faoliyat ko‘rastish
64. Konsentrlashgan marketingga xos xususiyat keltirilgan qatorni toping. a) aniqlangan maqsadli bozorda keng ko‘lamli faoliyat olib borish
b) hamma iste’molchilarning umumiy ehtiyojlarini hisobga olgan holda faoliyat ko‘rastish
c) ayrim olingan segmentlarning muayan vaqtda ehtiyojlarini hisobga olgan holda faoliyat ko‘rsatish
d) alohida iste’molchilar segmentlarining o‘ziga xos talablarini hisobga olgan holda faoliyat ko‘rsatish