Buxgalteriya hisobi va audit


Moliyaviy tahlil bosqichlari



Yüklə 45,59 Kb.
səhifə10/15
tarix20.05.2022
ölçüsü45,59 Kb.
#58765
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
2 5201877291549858382

Moliyaviy tahlil bosqichlari.
Moliyaviy tahlil o‘tkazish metodikasi quyidagi asosiy bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
1. Dastlabki baholash. Dastlabki baholashda axborotlar ishonchligini baholashni, moliyaviy hisobotlarni o‘qish va uning muhim ko‘rsatkichlar tizimini baholashni, aylanma mablag‘lar va uzoq muddatli aktivlar, o‘z va qarz mablag‘lari bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar tizimini mutlaq ifodasi bilan chuqur tahlil etish orqali aniq xulosalarni shakllantirish nazarda tutiladi.
2. Ekspress-tahlil. Moliyaviy koeffitsiyentlarni aniqlash asosida korxonaning joriy va istiqbolli to‘lovga qobilligini, ish va bozor aktivligini o‘rganish asosida korxonaning moliyaviy ahvoliga baho berishni anglatadi.
Ekspress-tahlilning maqsadi xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy holati, rivojlanish dinamikasini operativ, vizual baholashdan iborat. Ekspress-tahlilni amalga oshirish quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:

  • rasmiy xususiyatlarga ko‘ra hisobotni ko‘rish;

  • auditor xulosasi bilan tanishish;

  • korxona hisob siyosati bilan tanishish;

  • hisobotdagi “og‘riqli”(muammoli) bandlarni aniqlash va ularni dinamik baholash;

  • asosiy ko‘rsatkichlar bilan tanishish;

  • tushuntirish xatini o‘qish;

  • haqqoniy balans ma’lumotlari asosida mulkiy va moliyaviy holatni baholash;

  • tahlil natijalari bo‘yicha xulosalarni shakllantirish.

Ekspress-tahlilda quyidagi muhim o‘zgarishlarga ahamiyat qaratiladi: davr oxiriga balans jamining davr boshiga nisbatan o‘sishiga; aylanma aktivlarning o‘sishi uzoq muddatli aktivlarning o‘sishidan yuqori bo‘lishiga; xususiy kapitalning qarz kapitalidan ortiq bo‘lishiga; xususiy kapitalning o‘sishi qarz kapitalining o‘sishidan yuqori bo‘lishiga; debitorlik va kreditorlik majburiyatlarining o‘sishi bir xilda bo‘lishiga; aylanma aktivlarda o‘z mablag‘lari hissasi yuqori bo‘lishiga; qoplanmagan zarar qatori bo‘lmasligiga va h.k.

Yüklə 45,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin