Buxgalteriya hisobi va audit



Yüklə 45,59 Kb.
səhifə8/15
tarix20.05.2022
ölçüsü45,59 Kb.
#58765
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
2 5201877291549858382

Ichki moliyaviy tahlil – korxonaning ichki bo‘limlari, xodimlari tomonidan o‘tkazilib o‘rganiladigan masalalarning ko‘lami bilan tashqi moliyaviy tahlildan farq etadi. Ichki moliyaviy tahlilning axborotlar bazasi va o‘rganiladigan masalalarning ko‘lami tashqi moliyaviy tahlilga nisbatan keng hisoblanadi. Uning axborotlar bazasiga faqat chop etiladigan moliyaviy hisobotlargina emas‚ balki moliyaviy hisobning barcha manbalari va hisobdan tashqari manbalarni ham kiritish mumkin. O‘rganiladigan masalalar ko‘lamini boshqaruvchilar va tahlilchilarning qiziqishlari doirasidan kelib chiqib belgilash mumkin. Ushbu tahlil turining o‘ziga xos xususiyatlarini quyidagi jihatlar bilan izohlash mumkin.
Ichki moliyaviy tahlilning o‘ziga xos jihatlari:
- tahlil subyektlarining tor guruhi;
- tahlil natijalari faqat ichki talablarga, korxona boshqaruvi yuzasidan yo‘naltirilganligi;
- teran moliyaviy tahlilni o‘tkazishda axborotlarning keng doirasidan foydalanish imkoniyatining yuqoriligi;
- tahlilni o‘tkazish bo‘yicha normativ metodikalar bilan birgalikda aniq reglamentlari (tartiblari) belgilanmagan usullardan foydalanish imkoniyatlari;
- aniq boshqaruv qarorlarini tayyorlash yuzasidan chuqur moliyaviy tahlilni o‘tkazish imkoniyati mavjudligi;
- boshqaruv apparati talablaridan kelib chiqqan holda analitik ishni tashkil etilishi.
Moliyaviy tahlil mazmuni bo‘yicha to‘liq moliyaviy tahlil va tematik moliyaviy tahlil turlariga ajratiladi.
To‘liq moliyaviy tahlil korxona moliyaviy faoliyatining barcha jihatlarini kompleks o‘rganishni xarakterlaydi. Tematik moliyaviy tahlil korxona moliyaviy faoliyatining alohida jihatlarini va akspektlarini o‘rganishni xarakterlaydi. Tematik moliyaviy tahlil predmetiga: aktivlardan samarali foydalanish, aktivlarni moliyalashtirishda alohida manbalardan optimal foydalanish darajasi, to‘lov layoqati va moliyaviy barqarorlik holati, optimal investitsion faoliyat, kapitalning moliyaviy tuzilishi kabi masalalarni kiritish mumkin.
Moliyaviy tahlilda obyektni qamrab olinishi yuzasidan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning to‘liq (bir butunlikdagi) moliyaviy tahlili, alohida bo‘limlar va birliklar moliyaviy holatining tahlili (iqtisodiy javobgarlik markazlari bo‘yicha) hamda alohida moliyaviy jarayonlar tahlilini tarkiblash mumkin.

Yüklə 45,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin