Davlat manfaati nuqtayi nazaridan yondashish tamoyili
Iqtisodiy hodisalarni, xo‘jalik jarayonlari natijalarini baholashda davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik va xalqaro siyosatlarini va qonunchiliklarini inobatga olish
lozimligini tasniflaydi
Ilmiylik
Dialektik bilish nazariyasiga asoslanishi, ishlab chiqarishni rivojlantirishning iqtisodiy qonunlari talablarini hisobga olishi, fan-texnika taraqqiyoti
yutuqlarini, ilg‘or tajribalarni va iqtisodiy tadqiqotning eng yangi usullarini hisobga olishi lozim
Tizimlilik
O‘rganilayotgan obyekt murakkab dinamik tizim va u bir
qator mayda unsurlardan va ularning o‘zaro bog‘lanishidan tashkil topgan deb qaralishi lozim
Kopmlekslik
Tahlil qilinayotgan obyektning barcha birliklari, bo‘g‘inlari va tomonlarini hisobga olish hamda ularning
o‘zaro bog‘liqliklarini atroflicha o‘rganishni taqozo qiladi
Obyektivlik, aniqlik va ishonchlilik
Haqiqatni aks ettiradigan ishonchli va tasdiqlangan tahlil ishonchli, tekshirilgan va real voqelikni aks ettiruvchi ma’lumotlarga asoslanishi zarur. Faqat shundagina tahlil natijalari talabga javob beradi. Shu sababli ham korxonada doimo hisob, nazorat (audit) takomillashtirib borilishi talab etiladi
Ta’sirchanlik
Tahlil ishlab chiqarish jarayonlarining borishiga uning natijalariga bevosita aralashishi, rezervlarni, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni qidirib topishga bevosita
ta’sir ko‘rsatishi lozimligini ifoda etadi
Rejalilik
Bu tamoyilga muvofiq korxonalarda amalga oshiriladigan analitik ishlar rejalashtirilishi, uni bajaruvchilar o‘rtasida taqsimlanishi va nazorat qilib borilishi lozimligini ifoda
etadi
Samaradorlik
Tahlilni o‘tkazish uchun ketgan sarf-xarajatlar bir necha
barobar qoplanishi kerakligini ifoda etadi
Operativlik
Bu tamoyil iqtisodiy tahlilni o‘tkazish, qarorlar qabul qilish va ularni amaliyotga joriy qilishda aniq va
tezkorlikni taqozo qiladi
Demokratik
Tahlilni o‘tkazishga korxonaning keng jamoatchiligini jalb qilish va tahlil natijalarini muhokama qilishda keng
jamoatchilik ishtirokini taqozo qiladi
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyatini tahlil qilish natijasiga asoslanib ilmiy asoslangan qarorlar qabul qilinadi va u tufayli boshqaruv sistemasi boshqariladigan obyektning faoliyatini zaruriyatga qarab o‘zgartiradi. Qabul qilingan qaror boshqaruv jarayonining asosidir. Yangi xo‘jalik yili uchun ishlab chiqilgan reja bu korxonani kelajakda rivojlanishini ta’minlaydigan qarordir. Korxonalarning xo‘jalik faoliya- tini tahlil qilish jarayonida korxonada qabul qilingan biznes-rejalarning asoslanganligi tekshiriladi, rejada ko‘zda tutilmagan imkoniyatlar aniqlanadi. Moliyaviy va boshqaruv tahlili rejalashtirish darajasini talab darajasiga ko‘taradi, uni yana ham ilmiy asoslanganlik darajasini ta’min- laydi. Shuning uchun ham rejalashtirish bilan tahlil o‘rtasidagi bog‘liqlik aniq ko‘rinib turadi. Biznes-reja tuzish korxona faoliyatining tahlili bilan boshlanadi va yakunlanadi. Biznes-rejaning aniq va puxta ishlab chiqilishi korxonalarning iqtisodiy rivojlanishiga zamin yaratib beradi.
Tabiat va jamiyatdagi voqelikni o‘rganuvchi va ularning tadqiq qilish obyekti deb qarovchi alohida fanning o‘zi amal qiladigan tamo- yillari mavjud bo‘ladi. Tamoyillar o‘rganiladigan obyektni bir butunligi, realligi va voqeligini tavsiflaydi. Shu jihatdan tahlilning ham iqtisodiy hodisa va jarayonlarni o‘rganishda o‘zi amal qiladigan tamoyillari bor. Mazkur tamoyillar tahlil fani obyektlarining obyektivligini, mantiqliligini, shakl-mazmunini, miqdor-sifatini va shu kabi jihatlarni tavsiflab real voqelikni yagona tushunchasini hosil qiladi.5 Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida iqtisodiy tahlil fanining boshqaruvdagi o‘rni ortib bormoqda. Iqtisodiy tahlil fani boshqa fanlar zamirida vujudga keldi va ko‘pgina fanlarga nisbatan yangidir. Iqtisodiy tahlil fani mustaqil fan sifatida shakllandi va rivojlandi. Shunga qara- may, respublikamiz mustaqillikka erishganidan keyin iqtisodiy tahlil fani mazmuni va tarkibi jihatidan tubdan o‘zgardi. Rejali iqtisodiyot sharoitida barcha fanlar singari iqtisodiy tahlil fani ham rejaning bajarilishini nazorat qilish, unga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash, yuqoridan ko‘r-ko‘rona tushirilgan rejani asoslashga qaratilgan edi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyaviy tahlil haqiqatdan ham amaliyotda xo‘jalik yurituvchi subyektlarga, mulk va ish egalariga xizmat qiladigan bo‘ldi. Oldinlari korxonalarning xo‘jalik faoliyati yuqori tashkilot va davlat nuqtayi-nazaridan tahlil qilingan bo‘lsa, endilikda bevosita shu korxona, uning mehnat jamoasi va mulk egasi nuqtayi-nazaridan tahlil qilinadigan bo‘ldi, biroq barcha hollarda ham davlatning manfaati hisobga olinadi, chunki bozor iqtisodiyoti sharoitida ham korxona bilan davlat o‘rtasidagi aloqalar erkin ravishda o‘zaro manfaatli iqtisodiy munosabatlarga asoslanadi.
Hozirgi bozor munosabatlari sharoitida iqtisodiy jarayonlar va munosabatlardagi bunday o‘zgarishlar har bir fan va iqtisodiy mexanizmlar mazmunini sifat jihatidan yangilashni, tubdan qayta ko‘rib chiqishni taqozo etmoqda.
Iqtisodiy tahlil xo‘jalik munosabatlaridagi obyektiv zarurat talabidan kelib chiqqan aniq fan bo‘lishiga qaramasdan boshqa fanlardagi umumiy qonuniyatlar, usul-uslublar, tamoyillar kabilarga rioya qiladi, ya’ni ko‘pgina fanlar bilan o‘zaro bog‘liq. Jumladan, iqtisodiy tahlil umumiqtisodiy nazariya fani bilan bevosita aloqadordir, chunki, obyekt- larni iqtisodiy tahlil qilish umumiqtisodiy qonunlarga asoslanadi va umumqabul qilingan kategoriyalardan foydalaniladi. Umumiqtisodiy nazariya fanida kategoriyalar va atamalarning mohiyati hamda mazmuni ochib beriladigan bo‘lsa, iqtisodiy tahlilda esa ushbu kategoriyalar va atamalar fanning usul-uslublaridan foydalangan holda turli tomondan o‘rganiladi. Misol uchun, mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi katego- riyasini oladigan bo‘lsak, umumiqtisodiy nazariya fanida ushbu katego- riyani mohiyati va mazmuni nimadan iborat ekanligi, qanday aniqla- nishi, tarkibi nimalardan iborat bo‘lishini bilib olishimiz mumkin. Iqtiso- diy tahlil fanida esa mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi ko‘rsatki- chini davrlar, ularning tarkibidagi o‘zgarishlar hamda o‘zgarishlarga ta’sir etgan omillar va shu kabilar bo‘yicha tahlil qilishimiz mumkin.
Tabiat, jamiyat va tafakkurni rivojlanishi haqidagi falsafiy ta’limotlardan ham tahlilda foydalaniladi, ya’ni umumiy rivojlanish, o‘rganilayotgan jarayonga dialektik qarash va hokazolar.
Moliyaviy tahlil quyidagilar bilan o‘zaro aloqadordir:
1. Buxgalteriya hisobi va audit.
2. Ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish.
3. Mikro va makroiqtisod.
4. Rejalashtirish (biznes-reja tuzish).
5. Statistika va informatika.
6. Moliya, bank, soliq masalalari
7. Iqtisodiy matematika va kompyuter asoslari
8. Qonun hujjatlari
Buxgalteriya hisobi mulkchilikning va xo‘jalik yuritishning turli shakllaridagi korxonalar faoliyatini yalpi, uzluksiz va hujjatlarga asos- langan holda aks ettirish tizimidir. Tahlilda ushbu tizimda shakllanti- rilgan ma’lumotlardan keng ko‘lamda foydalaniladi. Demak, mazkur fan iqtisodiy tahlilni eng asosiy axborot bazasi bo‘lib hisoblanadi.
Moliya, bank, soliq, investitsiya, qimmatli qog‘ozlar, birja ishi sohalari bilan moliyaviy tahlil bevosita bog‘liq. Chunki, korxonalar faoliyati davlat budjeti bilan majburiy hisob-kitoblar, kredit olish va ularni to‘lash, investitsiyalarni jalb qilish yoki ularni sotish, qimmatli qog‘ozlar bozorida faol ishtirok etish, birja va bozordagi holatni uzluksiz o‘rganish bilan chambarchas bog‘liq. Ushbu faoliyatni iqtisodiy tahlil qilish ularning o‘ziga xos jihatlarini bilishni talab qiladi. Bu esa, iqtisodiy tahlilning samarali bo‘lishida muhim ahamiyatga ega.
Axborot texnologiyalari asosida iqtisodiy tahlil ishlari dasturlanib, kompyuter vositalarida amalga oshiriladi. Bunda iqtisodiy tahlil fanining usul va uslublari, belgilangan maqsad va vazifalar axborot texnologiyalari va informatika fanlari talablari asosida dastur- lanadi. Kompyuterlar yordamida amalga oshirilgan tahlil ishlari o‘ta tez va aniq bajariladi hamda mutaxassislar mehnatini yengillashtirib beradi.
Korxonalarning faoliyatini tahlil qilish yuqori tashkilotlarning bilvosita vazifasi bo‘lib, ular korxonalarning hisobotini tasdiqlaydi hamda ularning ishlab chiqarish va xo‘jalik faoliyatini baholab, tegishli qarorlar qabul qiladi.