Tahlilning obyekti, maqsadi va vazifalari belgilab olinadi, tahlil rejasi
tuziladi
2-bosqich
Tahlil obyektini tavsiflaydigan ko‘rsatkichlar tanlanadi, tartiblanadi va tizimlashtiriladi
3-bosqich
Tahlil uchun zarur bo‘lgan axborotlar yig‘iladi va tayyorlanadi
(ishonchliligi tekshiriladi, taqqoslanma ko‘rinishga keltiriladi)
4-bosqich
Xo‘jalik faoliyatining natijalari reja, o‘tgan yil, ilg‘or korxonalar
ko‘rsatkichlari bilan taqqoslanadi
5-bosqich
Omilli tahlil o‘tkaziladi va natijaviy ko‘rsatkichlarga ta’sir etuvchi
birliklar hisob-kitob qilinadi
6-bosqich
Faoliyat samaradorligini oshirishda foydalanilmayotgan va istiqboldagi imkoniyatlar aniqlanadi
7-bosqich
Turli omillar ta’sirini, aniqlangan va ishlatilmayotgan imkoniyatlarni hisobga olib, xo‘jalik faoliyatini baholash amalga oshiriladi va aniq chora-tadbirlar belgilanadi
Tashqi moliyaviy tahlil buxgalteriya hisobi va hisoboti asosida, ichki moliyaviy tahlil buxgalteriya hisobi va hisoboti va tezkor hisobotlar asosida olib boriladi.
Ichki boshqaruv tahlili esa tezkor hisobotlar va boshqaruv hisoboti asosida olib boriladi.
Xo’jalik faoliyati tahlili ning maqsadi bu korxonani hisobotlar orqali o’tgan davrda, tahlil qilinayotgan vaqtda va kelajakda erishilgan va erishiladigan moliyaviy natijalari va moliyaviy holatiga baho berish hamda iqtisodiy tashxis quyidagidan iboratdir.