Buxgalteriya hisobi va audit


Moliyaviy tahlilning asosiy bosqichlari:8



Yüklə 45,59 Kb.
səhifə7/15
tarix20.05.2022
ölçüsü45,59 Kb.
#58765
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
2 5201877291549858382

Moliyaviy tahlilning asosiy bosqichlari:8
1. Tahlilning maqsadini aniqlash va o’nga yondoshish yo’llarini belgilash. Bu bosqichda koxonani ko’rsatkichlari ularning xalq xo’jaligi, tarmoq bo’yicha miqdorlariga, o’tgan davr va rejadagi xajmlariga. Boshqa turdagi korxonalar ko’rsatkichlariga solishtirish.
2. Tahlil uchun qilingan axborotlar sifatiga baho berish. Bu bosqichda axborotlarning to’g’riligini hisobotlardagi ko’rsatkichlarning tahlil talablariga javob bera olishligi tekshiriladi.
3. Tahlilning usullaridan foydalangan holda tahlil o’tkazish va uning natijalarini rasmiylashtirish. Ushbu bosqichda bevosita tahlil o’tkaziladi va unda uning usullari majmuasidan foydalaniladi, tegishli xulosa.
Tahlilni tashkil etish shakli sifatida ichki moliyaviy tahlilni tashkil etilishi va tashqi moliyaviy tahlilni tashkil etilishini tarkiblash maqsadga muvofiqdir.
Tashqi moliyaviy tahlil cheklangan axborotlarni aks ettiruvchi moliyaviy hisobot shakllari asosida xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy holatini o‘rganishni xarakterlaydi va korxona erishgan natijalarining barcha sirlarini ochib berish imkonini bermaydi. Ushbu tahlil ichki axborot bazasidan foydalanish imkoniga ega bo‘lmagan, korxona faoliyati bilan qiziquvchi kontragentlar, mulk egalari yoki davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Tashqi moliyaviy tahlilning ahamiyatli jihatlari quyidagilar bilan xarakterlanadi:
- tahlil subyektlari va axborot foydalanuvchilarining ko‘pligi;
- tahlilchilarning maqsadi va qiziqishlarining turli tumanligi;
- hisobga olish va hisobotlarning normativ qoidalari, tahlil etishning rasmiy jihatlarining belgilanganligi;
- tahlilning faqat chop etiladigan moliyaviy hisobot shakllaridagi axborotlar bazasiga tayangan holda o‘tkalishi;
- qo‘yiladigan analitik masalalarning cheklanganligi;
- axborot foydalanuvchilar uchun korxona faoliyati yuzasidan tahlil natijalaridan foydalanishning maksimal ochiqligi.
Tashqi moliyaviy tahlilning asosiy jihatlari moliyaviy hisobot ma’lumotlari asosida korxona aktivlari, o‘z mablag‘lari manbai va majburiyatlarining o‘zgarishi, to‘lov layoqati va likvidlilik darajasi, moliyaviy holati va barqarorligi, bozor va ish aktivligi, moliyaviy va iqtisodiy salohiyati, iqtisodiy mustahkamligi va nochorligi, foyda va rentabellik darajasi, pul oqimi va xususiy kapitalning o‘zgarishlari, korxonaning iqtisodiy reytingini aniqlashga qaratiladi.

Yüklə 45,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin