qo„yib chiqing va eslab qoling! 8.4. Naqd pul zaxirasi bo„yicha operatsiyalar hisobi Ilgari barcha tijorat banklari va ularning filiallari aylanma kassala-
riga limit o„rnatilar edi. Limitdan ortiqcha naqd pullar Markaziy bankka
yoki uning hududiy bosh boshqarmalariga topshirilishi shart edi. Hozirgi
kunda tijorat banklari ortiqcha pul mablag„larini saqlashlari uchun naqd
pul zaxirasi tashkil etiladi. Banklar limitdan ortiqcha naqd pullarini
aylanma kassadan olib, naqd pul zaxirasiga o„tkazishlari mumkin.
Aylanma kassada o„rnatilgan limit miqdoridan ortiqcha naqd pullar
summasi 10102 – «Naqd pullar zaxirasi» hisobvarag„iga kirim qilinganda bir
vaqtning o„zida quyidagi ikkita buxgalteriya o„tkazmalari amalga oshiriladi:
a) 10101 – «Aylanma kassadagi naqd pullar» hisobvarag„idan naqd
pullar chiqim qilinganda:
Debet 17301 – «Tranzit hisobvaraqlari»
Kredit 10101 – «Aylanma kassadagi naqd pullar»
b) 10102 – «Aylanma kassadagi naqd pullar» hisobvarag„iga naqd
pullar kirim qilinganda:
Debet 10102 – «Naqd pullar zaxirasi»
Kredit 17301- «Tranzit hisobvaraqlari»
Banklar har kuni ish boshlashdan avval o„z mijozlaridan yozma
ravishda tushgan kassa buyurtmanomalaridan kelib chiqib, 10101 –
«Aylanma kassadagi naqd pullar» hisobvarag„idagi mablag„ yetarli yoki
yetarli emasligini aniqlaydi. Agar aylanma kassada naqd pul mablag„lari
shu kun uchun kelib tushgan naqd pul buyurtmanomalarini to„lash
uchun yetarli bo„lsa, kassadagi naqd pul hisobidan tegishli operatsiyalar
bajariladi. Lekin kassadagi naqd pullar har doim ham chiqim kassa
operatsiyalarini bajarish uchun yetarli bo„lmaydi.
Agar aylanma kassadagi naqd pul mablag„i yetarli bo„lmasa, u
holda 10102 – Naqd pullar zaxirasi» hisobvarag„idan yetishmagan sum-
ma aylanma kassaga chiqariladi va bir paytning o„zida quyidagi ikkita
buxgalteriya o„tkazmalari amalga oshiriladi:
a) 10102 – «Naqd pullar zaxirasi» hisobvarag„idan naqd pullar chi-
qim qilinganda: